Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet4/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

2-mashq. Matnni o'qib, undagi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring. O‘zbek tilining taraqqiyoti haqida bilganlaringizni yozing.
Til — inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi
kuchi, bu faoliyat natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar
o ‘rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot ≪oldi-berdisi≫ning timsolsiz
ta ’minlovchisi. U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtashatn inaqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.
Mustaqil O ‘zbekiston davlati erkinlikning dastlabki yillaridanoq o‘zbek tilining muhofazasi va taraqqiyoti uchun barcha qonuniy asoslarni yaratdi. Chorak asrdan oshdiki, o ‘zbek tili davlat tili sifatida o'ttiz ikki milliondan ortiq nufusning nufuzli tili maqomida rivoj topib bormoqda.0 ‘zbek tili istiqlol bois misli ko’rilmagan taraqqiyot yo'lidan bormoqda, jamiyatimizning tubdan yangilanishi, ko‘lamli islohotlar tilimizning
yanada boyishiga omil boimoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida yuz berayotgan
o‘zgarishlaming ta ’siridan ham tilimiz tashqarida emas, muayyan bir jamiyat yoki xalq doirasidagina emas, balki bugungi globallashuv zamonida jamiyatlar va xalqlar hayotida minglab yangidan yangi tushuncha-tasavvurlar paydo bo‘lmoqda va ular hech qanday to ‘siqni pisand qilmay, sur’at bilan dunyoning turli burchaklariga yetib bormoqda.Dunyoning qaysi bir burchidagi til bo‘lmasin, uning lug‘at tarkibi mahalliy, mintaqaviy va global miqyoslardagi ana shunday turfa o‘zgarishlarga muvofiq ravishda kengayib, muntazam o ‘zgarib bormoqda va bu, albatta, tabiiy bir holatdir. So‘nggi paytlarda, olimlaming hisob-kitoblariga ko‘ra, insoniyat tasarrufidagi bilimlar hajmi har o‘n yilda ikki barobarga ortib bormoqda va bu holat ham til lug‘at tarkibining jadal sur’atlar bilan
boyib borishiga olib kelmoqda.
Ma’lumki, tilning taraqqiyoti uning lug‘at boyligida, bu boylikning ko‘payishi, so‘zlar m a’no tarkibining ko‘lamdorlik kasb etishida, muayyan morfologik va sintaktik shakllarning rang-baranglashishi hamda me’yorlashishi kabi bir qancha jarayonlarda namoyon b o ‘ladi. (N. Mahmudov)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling