Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet9/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Tovush va fonema
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda boiakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi.
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma'noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir.
Masalan, tosh-tom so‘zlarini sh va m farqlaydi. Demak, sh va m alohida-alohida fonemalardir. Yoki tosh-tesh zidligida о va e; tosh-qosh zidligida t va q ma'noni farqlash uchun xizmat qiladi, shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi.
Ko‘rinadiki, bir fonema bir necha tovushlar orqali ro‘yobga chiqadi. Fonemalarni sanash mumkin. Ular cheksiz ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Bu esa tovushlar miqdorining cheksiz ekanligini ko‘rsatadi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma'noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.
Fonemalar so‘zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so‘z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o‘ynaydi.
Loto o‘yinini ko‘z oldingizga keltiring. Unda sanoqli donalar bor. Lekin shu donalarni turli tartibda joylashtirish orqali xilma-xil shakllar yasaysiz. Xuddi shunga o‘xshash, fonemalar ham sanoqli, lekin uni xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so‘zlar hosil qilinadi. Sut, tus, ust so‘zlarining tovush tomoniga e'tibor bering. Ularning hammasi uchta bir xil tovushlarning turlicha ketma-ket joylashuvidan tashkil topgan. Garchi yuqoridagi so‘zlarning tovush tarkibi bir xil bo‘lsa ham, lekin ular turli tartibda jovlashib uchta so‘zning ifoda tomonini hosil qiladi.
Ko‘rinadiki. so‘zlarning moddiy tomoni uchun uning nechta fonemadan tashkil topganigina emas, balki ularning qanday tartibda joylashuvi ham katta ahamiyatga ega.
6-mashq. B—p, d—t jarangli, jarangsiz undosh juftlarining so‘z boshi va oxirida o‘qilishiga e'tibor berib so‘zlarni o‘qing. So‘z ma'nolari- ning yozuv hamda talaffuzdagi farqini tushuntiring. Ajratilgan so‘z juft­larining ma'nodoshini toping.
Bir—pir, hol—pol, bayt —payt, band — pand, bob — bop, yod — yot, sud — sut, dor — tor, dori — tori, dog‘—tog‘, dil — til
7-mashq.H. Solihovaning «E'tirof» she'ridan olingan parchani ifodali o‘qing, tagiga chizilgan unli va undosh tovushlarni tahlil qiling.
Shu kunlarda keng jahonda. oqib keldi e'tirof,
Istiqlolning jamoliga boqib keldi e'tirof.
Turkistonning peshonasin o‘pib keldi e'tirof,
Oltin boshli bu xalqni topib keldi e'tirof.
To’marisning mardligi ham bugun bo‘ldi e'tirof,
Oftobingdan darig‘ tutma Turkistonni, e'tirof.
Ming yillarning duolari seni endi qo‘llasin,
Turkistonning tojisidir O‘zbekiston e'tirof.
8-mashq. Uyga vazifa. «Vatan ostonadan boshlanadi», «Ona — ulug‘ zot» mavzularintng biri bo‘yieha ijodiy insho yozing.
Savollar
1. Tovush deb nimaga aytiladi?
2. Fonema nima?
3. Tovushlar ketma-ketligi deganda nimcini tushunasiz?

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling