Nazariy va amaliy dars ishlanmalari
- MAVZU: Fonetik o‘zgarishlar
Download 0.49 Mb.
|
2020-21 Ona tili majmua 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv mashg`ulotining shakli
- O`quv mashg`ulotining maqsadi
- O`qitish usu l va texnikalari Amaliy O`qitish vositalari
- O`qitish shakllari Ommaviy O`qiti sh sharoit lar i
- Monitoring va baholash Test Amaliy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi
8- MAVZU: Fonetik o‘zgarishlar.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi
Amaliy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi
Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yo‘li bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l. Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so‘zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi. Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turii fonetik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan, oq so‘zi asosiga -gach qo‘shimchasini qo‘shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so‘ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o‘tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi. Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro ta'siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. 1-mashq.Ko‘chiring. Fonetik hodisalarning ostiga chizing. Sariq — sarg‘ay, o‘g‘il — o‘g‘lim, singil — singli, sust — susay, taroq-im — tarog‘im, o‘rtoq-im — o‘rtog‘im, bilak-i — bilagi, tirgak-i — tirgagi, sarimsoq-i — sarimsog‘i, turpoq-i — tuprog‘i, kirpik-im — kiprigim. 2-mashq.Matnni ko‘chiring, qanday fonetik hodisalar borligini aniqlab, ularning tagiga chizing. Imlo qoidasiga muvofiq qanday yozilishi lozimligini ko‘rsating. 1. To‘yxonaga savzi to‘g‘ragani chiqdik. 2. Bir borakan, bir yo‘g‘akan, qadim zamonda bir cholminan kampir bo‘lganakan. 3. Cho‘nchagimga yusso‘m solib, ko‘chaga chiqtim. 4. Devol ustida muchicha turipti. 3-mashq. Maqollarni ifodali o‘qing. So‘zlardagi fonetik hodisalarni aniqlang. Orqada turgan do‘stdan oldinda turgan dushman yaxshi. (Gruzin maqoli) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. (Ingliz maqoli) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. (Tatar maqoli) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. (Pushtun maqoli) Aqlli xalqqa intilsa, nodon o‘z qarindosh-urug‘lariga intiladi. (Qirg‘iz maqoli) Ozodlik — obodlik (Tojik maqoli) Do‘stiik shishaga monand, sinsa — ulay olmaysan. (Rus maqoli) Kishilarga muhabbat — eng yaxshi davlat. (Arab maqoli) Yakkani bo‘ri yer. (Qoraqalpoq maqoli) Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand bo‘lasan. (Adigey maqoli) Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas. (Gruzin maqoli) Aqlli qariya — oqib turgan daryo. (Qozoq maqoli). Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas. (Xitoy maqoli) Baxt kulgu bor uyga kiradi. (Yapon maqoli) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. (Polyak maqoli) 4-mashq. Quyida berilgan so‘zlarda ro‘y bergan fonetik o‘zgarishlarning turini aniqlang, ularni ustunchalarga joylashtiring. qorin — qornim, yurak — yuragi, o‘g‘il — o‘g‘lim, shahar — shahrim, ulug‘ — ulg‘ay, undan — unga, mening — sening, og‘iz — og‘zim, ko‘ngil — ko‘nglim.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling