Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


TOVUSHLARNING FARQLOVCHI VA BIRLASHTIRUVCHI BELGILARI


Download 0.49 Mb.
bet13/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

TOVUSHLARNING FARQLOVCHI VA BIRLASHTIRUVCHI BELGILARI
Topshiriq. To’r, tor, tur, ter so‘zlarini bir-biridan farqlash uchun qaysi tovushning muhim o‘rin tutayotganini aniqlang va buning sababini tushuntirib bering.
Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulatsion (talaffuz) belgilariga ega bo‘ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki bu belgilarni to‘la hisobga olgandagina, u yoki bu tovushning xususiyatiga to‘g‘ri javob berilgan bo‘ladi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko‘pchiligi muhim sanalmaydi.
Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga taqqoslanganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina ahamiyatli bo’ladi.
Bizning bilish faoliyatimizning asosini qiyoslash tashkil etadi. Bilish jarayonimizda yangi bilayotgan narsamizni oldin bilgan narsaga qiyoslaymiz, zidlaymiz va ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlami topishga hara­kat qilamiz. Shuning uchun bilish faoliyatida zidlashlarning ahamiyati katta.
Faraz qilingki, oldingizda ikkita egizak bola. Ular bir-biriga nihoyatda o‘xshash. Faqat bittasining chap yuzida kichkina xoli bor. Ana shu xol ikkisini bir-biridan farqlovchi belgi sanaladi. Qolgan belgilari esa har ikkisida bir xil. Bu ikki boladan birining ismi Hasan, ikkinchisiniki esa Husan. Qarangki, ismlarning tovush tarkibi ham bir-biriga naqadar o‘xshash. Faqat birinchi bo‘g‘in unlisi bittasida a, ikkinchisida и ekanligi bilan farqlanadi. Demak, yuqoridagi ikki so‘z birinchi bo‘g‘indagi unlilar bilan bir-biridan farq qiladi. Qolgan tovushlar esa har ikkisida bir xil. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar, ularning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi.
Masalan, t va d tovushlarini olaylik. Birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga, ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til oldilik, portlovchilik belgilari), har ikki­sida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli-jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, birinchi va ikkinchi belgilar ular o‘rta- sidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa farqlovchi belgi hisoblanadi.
Fonemalarni belgilashda yaqin, o‘zaro o‘xshash tovushlarni bir-biriga zidlash va ular o‘rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling