Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA


Download 0.49 Mb.
bet21/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining о'n uchinchi sessiyasida
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan
Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda.O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilsin.
2-mоdda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bebaho ma'naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
4-mashq.Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering.
Yurtimizning hamma joylarida kichkinagina, kishini hayratda qoldiradigan darajada yoqimli sayraydigan malla rang qushcha — bulbul uchraydi.
Bulbul qirg‘oq bo‘ylaridagi to‘qayzor, butazorlarda, suvi ko‘p bo‘lgan bog‘ va qishloqlarda, tog‘lardagi o‘rmonzorlarda yashaydi. U Arabiston yarimorolining janubida qishlab, aprelning oxirida yurtimizga uchib keladi. Yozda O‘zbekistonda yashab, sentabrda yana uchib ketadi.
Bulbul — tabiatning noyob in'omidir. Uni himoya qilish kerak. (P. Yusupova)
Savollar
1. Grafika nimalarni o‘rgatadi?
2.O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
3.O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?


11- MAVZU: Talaffuz me’yorlari Urg’u, bo’g’in va ularning turlari.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling