Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Amaliy dars mashg`ulot rejasi


Download 0.49 Mb.
bet22/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Ma’ruza mashg`ulotining rejasi



1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Mavzu bo’yicha mashq va topshiriqlar ishlash.
3. Mavzuni mustahkamlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga yangi mavzuning ilmiy tomonlarini tushuntirish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Mavzuni bayon qilish va savollar berish;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Mavzuni tushunib oladilar, savollar beradilar;
- O’quvchilar mavzu yuzasidan bahs-munozara qiladilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy , aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Amaliy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 2-3-4-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Mehnatdan qochish xor-u zorlik keltiradi. Ushbu gapni o‘qing. Undagi urg‘uli o‘rinlarni, pauzalarni toping va izohlang.
Og‘zaki nutq oqimi bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og‘zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori ustiga qo‘yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo‘ladi va bu birliklar nutqimiz ta'sirchanligini ta'minlaydi.
Ustsegment birliklar urg‘u, to‘xtam (pauza), nutqning emotsional bo‘yog‘i (darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon) kabilarni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ko‘rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Og‘zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat bo‘ladi. Ko‘pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo‘shilib, nutqimizni yana ham ta'sirli, bo‘yoqdor qilishga xizmat qiladi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling