Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


URG‘U VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI


Download 0.49 Mb.
bet23/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

URG‘U VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
So‘zlarning bo‘g‘inlardan tashkil topishini aytib o‘tgan edik. Talaffuzda bo‘g‘inlar bir xil talaffuz qilinmaydi.
Ikki va undan ortiq bo‘ginlardan tashkil topgan so‘zlarning talaffuzida bo‘ginlardan biri ma'lum sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etiladi. Bu hodisa so‘z urg‘usi hisoblanadi.
Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, uni zeriktirmaydi. Turkiy, jumladan, o‘zbek tilida urg‘u o‘rniga ko‘ra ko‘chib yuruvchi urg‘u sanaladi. Masalan:
о'rik, о'rikzor — о’rikzorlar — о’rikzorlarga.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida urg‘u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi va so‘zni gap tarkibida boshqa so‘zdan ajratish hamda so‘z fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi.
O‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urgku barqaror o‘ringa ega. Bu urg‘uning o‘sha tillardagi ahamiyati bilan bog‘liqdir. Masalan: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va h.k.
Urg‘u ma'no farqlash uchun ham xizmat qiladi.
bog‘lar — bog‘lar, hozir — hozir, yangi — yangi, etik — etik, akademik — akademik
Urg‘u ikkiga bo‘linadi: 1. So‘z urg‘usi. 2. Ma'no (frazaviy) urg‘usi. So‘z urg‘usi so‘zdagi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. Akademik litsey, akademik shoir.
Ma'no urg‘usi gapdagi ma'lum bir so‘zning boshqalariga nisbatan ta'kidlab, ajratib aytilishini ta'minlaydi. Masalan:
Samarqandda (boshqa biron-birshaharda emas) afsonaviy obidalar ko‘p.
So‘zdagi bo‘g‘inlarning, gapdagi so‘zlarniiig boshqalardan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi.

1-mashq. Quyida keltirilgan gaplardagi tagiga chizilgait so‘zlarning urg‘usini qo‘yib ko‘chiring.


1. Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. (H. Olimjon)
2. Texnik ishlar shuncha ko‘payib ketdiki, bosh qashishga vaqt yo‘q.
3. Masal, asosan, epik asar turlaridan bo‘lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar hayvonlar va o‘simliklarga ko‘chiriladi.
4. Ey hurmatli, arzimni bir tinglasalar,
Mening hech bir gunohim yo‘q.
Menga g‘azab qilmasalar.
5. Olma eksa bog‘iga har kim,
Mehmoniga ol, ye, demasmi?
«Olma» mening mehmondo‘st xalqim
Odatiga yot so‘z emasmi?
6. Qani, ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag‘rimni ohang,
Nechuk kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak rubob, senga shuncha g‘am.
7. Jahonda ikki dilbarning biri sensan, biri Laylo,
Jahonda ikki oshiqning biri menman, biri Majnun.

2-mashq. Matnni ko‘chirib oling. Birinchi va ikkinchi gapdagi so‘zlarning qaysi bo‘g‘inlariga urg‘u tushayotganligini toping va qo‘ying.


Rivoyat qilishlaricha, Mashrabning onasi unga homiladorligida qo‘shnilarning uzumidan so‘ramasdan yemoqchi bo‘ladi. Shu payt ona qornidan: «Onajon, luqmayi haromni yemang, bog‘ning egasini rozi qilib, keyin uzumni yeng», degan ovoz eshitilibdi. Hali tug‘ilmagan Mashrab haromdan hazar qilgan. U tug‘ilgandan so‘ng ham shu e'tiqodida qoldi. Shoir ko‘z ochib g‘addor muhtojlikni ko‘rdi. Qashshoqlik va benavolik, xo‘rlik va nohaqlik shoir qalbini iztirobga solaverdi. U qancha yuksaklikka intilgan sari, haqiqat undan yiroqlashdi. Gumrohlik va adolatsizlik, firib-u nayrang shoirni tig‘ yalang‘ochlab qarshi oldi. Shoir nohaqlikka qarshi chiday olmadi, u yovuzlikni, johillikni, adovatni parchalash uchun kurashdi. Qalandar qiyofasida, darvesh qiyofasida: boshda kuloh, egnida xirqa, qo‘lida aso, yelkasida xurjun bilan haq va adolat izlab yurt kezdi. Mudroq qalblarni bir chaqin bo‘lib uyg‘otdi. O‘z vujudiga qarshi isyon ko‘tardi.(Rivoyatlardan)

3-mashq. «Halollik nima?» mavzusida matn tuzing va matndan ayrim so‘zlarni tanlab, ularga tushayotgan urg‘uni belgilang.


KROSSVORD IXTIROCHISI HAQIDA
Kunlardan bir kuni Janubiy Afrikadagi Keptaun shahar ro‘znomasining muharriri mahalliy qamoqxonadan maktub oldi. Unda g‘alati to‘rtbur- chaklar — kvadratlar tasvirlangan bo‘lib, har bir katak ichiga bittadan harf joylashtirilgan edi.
— Janob, — deb yozgandi xat muallifi, — men qamoqda o‘tirib bir o‘yin topdim. Uni krossvord deb atadim. Agar lozim topsangiz, buni ro‘znomangizda e'lon qilsangiz ...
Muharrir avvaliga maktubga e'tibor bermadi, kechqurun do‘stlari bilan yig‘ilgan paytida shunchaki ermak uchun xatni ularga olib ko‘rsatgan edi, yangilikka o‘ch odamlar mazkur o‘yinning mohiyatini tushunib yetib, qamoqxonadagi mahbusning aql-zakovatiga qoyil qolishdi.
Muharrirga esa qamoqxonaga borib, krossvord ixtirochisi bilan tanishishga to‘g‘ri keldi. Ma'lum bo‘lishicha, u avtomobil halokatiga uchrab qamalgan Viktor Orveli ismli kishi ekan. Krossvord ro‘znomada bosilib chiqqach, unga hamma qiziqib qoldi. O‘yin butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi.
Krossvord boshqotirmaning bir turi bo‘lib, u ingliz tilida kross — «krest» va vvord — «so‘z» degan ma'nolarni bildiradi.(«Bu kim? U nima? Bolalar ensiklopediyasi»dan)

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling