Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet18/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

TURKISTON YULDUZI
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston o‘lkasining hur fikrli kishilaridan biri edi.
Behbudiy 1875-yili Samarqand shahrida dunyoga keldi. Keyinchalik Mahmudxo‘ja Behbudiy arab, fors, rus va butun turkiy tillarning yetuk bilimdoni, yuksak didli yozuvchi, bilimdon o‘qituvchi, jamoat arbobi va qiyossiz olim sifatida nom qozondi. O‘rta Osiyo xalqlarining faxri bo‘lgan bu buyuk alloma bizga o‘zbek va tojik tillarida yozilgan «Muntaxabi jo‘g‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya»), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar uchun kitqb»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Madhali jo‘g‘rofiyayi rusiy» («Rossiyaning qisqacha geografiyasi») singari o‘lmas asarlarni tuhfa qilib qoldirdi. Behbudiy tomonidan qilingan ishlarni sanay bersak, ularning adog‘iga yetmaymiz: u o‘z hovlisida bepul maktab ochib, xalq bolalarini o‘qitdi.
«Behbudiy nashriyoti»ni tashkil qilib, o‘zbekcha darsliklarni chop ettirdi. Samarqand xalqi uchun maxsus kutubxona va qiroatxona ochdi. 1912-yili «Padarkush» pyesasini yozib, Qo‘qon, Buxoro, Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Namangan teatrlarida namoyish qildi. Behbudiyning isyonkorligini yaxshi bilgan Buxoro amiri 1919-yili uni Shahrisabzda qo‘lga olib, xalqning haqiqiy farzandini «xalq dushmani» tamg‘asi bilan o‘ldirtirib yubordi.(N.Karimov)


9- MAVZU: Matndagi tovush o‘zgarishi hodisasini aniqlash..
Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Mavzu bo’yicha mashq va topshiriqlar ishlash.
3. Mavzuni mustahkamlash.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling