Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet16/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

UNDOSHLAR TASNIFI
Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va til muhim ahamiyatga ega. O‘pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to‘siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ba'zi hollarda unga jarang ham qo‘shiladi.
Masalan, «b» undoshining talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo lablar to‘sig‘iga uchraydi. «P» undoshining hosil bo‘lishida ham shunday holat bor, lekin uning «b» dan farqi talaffuzida jarang ishtirok qilmaydi.
O‘zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, у, к, 1, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng.
Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, 1, r;
b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
II.Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, у, r, 1, sh, g‘, x, h;
d) qorishiqlar: ch.
III.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, y, g‘, 1, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l yon tovush, r titroq tovush sanaladi.

1-mashq. Matnni o‘qing, so‘zlarning tarkibida kelayotgan unli va undosh tovushlarga tasnif bering.


Insoniyat qadimdan go‘zallikni ulug‘lab kelgan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Ulug‘bek, Temur Malik, Bobur, Alisher Navoiy singari buyuk yurtdoshlarimiz haqida gap ketganida, biz hech qachon ulardan jismoniy go‘zalliklarni qidirmaymiz, balki ulardagi ma'naviy go‘zalliklardan bahra olamiz.
Har qanday go‘zallik zamirida mehnat yotadi. Inson o‘zining hayotiy kuchini mehnat qilish jarayonida ko‘rsatmasa, mehnatni quvonch va baxt manbayi deb bilmaydigan bo‘lsa, yayrab-yayrab ishlamasa, bu mehnat unga huzur bag‘ishlay olmaydi.
Insoniyat baxti yo‘lida ter to‘kmay turib, haqiqiy go‘zallikka erishib bo‘lmaydi.
(«Gulxan»dan)
2-mashq.K tovushi bilan boshlanib, k tovushi bilan tugaydigan so‘zlar charxpalagi ostida yashirinib yotgan leksik birliklarni topib, ular tarkibida kelayotgan tovushlarni izohlang.
Ochqich:
1. Tanlov so‘zining ma'nodoshi.
2. Uy parrandalarini saqlash uchun quriladigan kichkina uycha.
3. Bug‘doy chiqindisi.
4. Darkor so‘zining ma'nodoshi.
5. Tuproq qotishmasi.
6. Ochilmagan paxta.
7. Yordam so‘zining ma'nodoshi.
Eslatma: Hamma so‘zlar beshta tovushdan iborat bo‘lib, «k» tovushi bilan boshlanib, «k» tovushida tugaydi.
3-mashq.«Ismoil Somoniy maqbarasi» mavzusida hikoyacha tuzing. Hikoyachadagi so‘zlar tarkibida kelayotgan undosh tovushlarga diqqat qiling.
4-mashq. Hikmatlarni o‘qing. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib yozing.
Tabiiy qonunlar o‘zgarmas va mangudir. Inson tabiatiga xos tabiiy qonunlarning soni 12 ta:
1. Minnatdorlik. 2. Adolatparvarlik. 3. O‘zaro yon bosish va iltifot. 4. Kechirimlilik. 5. Ezgu kelajak haqida o‘ylar. 6. Haqoratga dosh beroimaslik, mag‘rurlik. 7. Beg‘arazlik. 8. Buyumlardan foydalanishdagi tenglik. 9. Taqdirga ishonish. 10. Egalik huquqi. 11. Hakamga itoat etish. 12. O‘z-o‘ziga hakamlik qilolmaslik.
5-mashq. She'rni o‘qing, til undoshlarini aniqlab, ularni izohlang.
Muruvvat-u ma'rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi.

Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz,


Zamon keldi Vatan bag‘rin gokzal bo‘ston etaylik biz.

Ming-ming shukur, kelib davron istiqbolga erishdik biz,


Xarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz...

Iymon niri oqib turar bir gavhar bor qonimizda,


Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda...

Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz,


Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz...
(A. Oripov)



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling