Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet30/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-mashqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Qaymoq, burun, о'rin so‘zlariga egalik qo‘shimchalarini qo‘shing. O‘zakda sodir bo‘layotgan o‘zgarish haqida so‘zlab bering.
1. a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi о aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, qayna — qaynoq, sayra — sayroqi.
Shuningdek, о'qi — о'quvchi, sovi — sovuq, to‘qi — to'quvchi so‘zlarida i unlisi и ga aylanishi mumkin.
2. K k va Q q harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, ular g va g’ ga aylanadi: yurak — yuragi, bilak — bilagim, tilak — tilagim; buloq — bulog‘im, quloq — qulog‘ing, qishloq — qishlog‘i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.
3. Singil, o‘rin, ko‘ngil, og’il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.
4. U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.
5. Parvo, obro', mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta у tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro’yim, mavqeyim kabi.
6. -boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorvoz, bog‘bon kabi.
7. -dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, quyultir, kestir kabi.
8. -ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil aytiladi va yoziladi ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek, borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi.
Eslatma: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha so‘zlari bunga kirmaydi.

1-mashq. So‘zlarni o‘qing. Asosda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni belgilang.


Angla, sanoqsiz, yashovchan, pasaymoq, susaymoq, yig‘loqi, dumaloq, qaynoq, sayroqi, so‘roqsiz, o‘rna, qulog‘i, bo‘yog‘i, tomog‘i, tilagi, yuragi, shahrimiz, ko‘ngli, singlisi, mening, undan, bunday, ekkani, eshikka, bog‘ga, boqquncha, ekkuncha, chohga.

2-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning asos qismida bo‘layotgan tovush o‘zgarishlarini belgilang.


Birovning narsasini so‘roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Xalqimizning tilagi bitta — tinchlik. Shahrimiz qiyofasi mustaqillik yillarida keskin o‘zgarib ketdi. O‘zbekiston — Vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni bobolarimiz orzu qilishgan, xolos. O‘zbekistonning xalqaro obro‘yi kundan kunga oshib bormoqda. Dam olish kuni bog‘ga ko‘chat ek­kani bordik. Sportchilarimizning olimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki hamma- mizni quvontirdi. Xalqimizning erki o‘z qo‘lida.
Savol va topshiriqlar
1. Egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda qanday so‘zlarda tovush o‘zgarishlari ro‘y beradi?
2. Kelishik qo‘shimchalarining qo‘shilishi natijasida asosda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida so‘zlab bering.
3. Ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shing. Tovush o‘zgarishlariga diqqat qiling.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling