Prezidentimning besh muhim tashabbusi


Download 19 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi19 Kb.
#1571852
Bog'liq
Tadbir senariysi to`garak


7-maktab o`quvchilari o’rtasidagi “Prezidentimning besh muhim tashabbusi” bellashuv shartlari
1-shart Qiziqarli blits savollar yoki ha ,yo’q sharti.
Izoh:Ushbu shartda har bir jamoa a’zolariga 10 tadan savollar beriladi, jamoa a’zolari faqatgina ha yoki yo’q deb javob beradilar!
Misol uchun: savol :Power tugmasi kompyuterni o`chiradimi Javob:ha
Baholash:har bir savol uchun 1 ball beriladi! Bir jamoa umumiy 10 ball olishi mumkin!
2-shart. Begona so’zni top.
Izoh:Ushbu shartda jamoalarga bir hil savol beriladi(umumiy 3 ta savol) va ishtirokchilar jamoa bilan kelishib yozma tarzda javob beradilar (har bir berilgan savol uchun 30 soniya vaqt beriladi)!
Misol uchun: savol: kompyuterning asosiy qurilmalari orasidan ortiqchasini toping? Monitor ,klaviatura,printer,sistemali blok
Javob: begona so’z printer bu kompyuterning qo’shimcha qurilmasi hisoblanadi.
Baholash:birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga har bir to`g`ri javobi uchun 5ball, ikkinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga esa har bir to`g`ri javobi uchun 4 ball bilan baholanadi!
3-shart Krasvord
Izoh:ushbu shartda jamoalarga bir hil savoldan iborat krasvord beriladi, ushbu shart uchun umumiy 5 daqiqa vaqt beriladi!
Baholash:birinchi bo’lib topshiriqni bajargan jamoa 10 ball, ikkinchi bo’lib topshiriqni bajargan jamoa 6 ball bilan baholanadi!
4-shart Bir xil ikkita emodjini toping?
Izoh: ushbu shartda jamoalarga bir hil savol beriladi(umumiy 1 ta savol) hamda savolni javobi berilgan tasvirda yashiringan (buning uchun 1 daqiqa vaqt beriladi)!
Baholash: birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga 5ball, ikkinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga esa 3 ball bilan baholanadi!

5-shart Hisoblashni bajaring?
Izoh: ushbu shartda jamoalarga bir hil ko`rinishdagi savol beriladi(umumiy 1 ta savol) hamda savolni javobi berilgan tasvirda yashiringan (buning uchun 3 daqiqa vaqt beriladi)!
Baholash: birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga 10 ball, ikkinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga esa 6 ball bilan baholanadi!
Qo’shimcha baholash.
6-shart zakovat savollari
Izoh:Ushbu shartda jamoalarga bir hil savol beriladi(umumiy 10 ta savol) va ishtirokchilar jamoa bilan kelishib yozma tarzda javob beradilar (har bir berilgan savol uchun 60 soniya vaqt beriladi)!
Baholash:birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga 3 ball, ikkinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga esa 2 ball bilan baholanadi!

7-shart Kompyuterda quyidagi amalni bajaring
Izoh:Ushbu shartda jamoalarga o`xshash topshiriq beriladi va ishtirokchilar jamoa bilan kelishib kompyuterda qog`ozda berilgan topshiriqni bajarib berishadi (topshiriq uchun 5 daqiqa vaqt beriladi)!
Baholash:birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga 20 ball, ikkinchi bo’lib to’g’ri javob bergan jamoaga esa 10 ball bilan baholanadi!
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling