Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet11/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

FONEMA VA HARF
Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar ketma-ketligidan tashkil topadi.
Fonemaning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Bir fonemaga bir harfni to‘g‘ri keltirishga harakat qilinadi.
Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug‘at tuzishda ma'lum izchillikka amal qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi.
Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida har bir unli fonema alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo‘lsa, undoshlarda fonemalarda ikki harf orqali ifodalash hollari uchraydi: sh, ch, ng kabi.

1-mashq. Quyidagi matnda berilgan tanlama so‘zlarning tovush tizimini tahlil qiling. So‘zlarning qanday yozilayotganligiga diqqat qiling.


Boshliqlar bu mushkul muammoni yechish uchun bosh qotirib o‘tirgan- larida, o‘tov eshigi oldida qurolli yigit Shiroq degan bir cho‘ponning kirishga ijozat so‘rayotganini bildirdi.
— Shiroq? — deb qoshini chimirdi Rustak. — Kim u?
— Shiroq bizning urug‘dan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar.
— Undoq bo‘lsa chaqir bu yoqqa o‘sha dono cholni. Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta'zim qildi.
— Ijozat beringlar, men ham qatoringizda o‘tirib o‘zfikrimni aytsam. Nima to‘g‘rida gaplashayotganingizni bilaman.
— O‘tir, o‘tir, gapingga quloq solamiz.
— Eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalaridan ham ko‘p, ularni jangga chorlab, yengish mahol, ammo ularni qirib tashlash uchun bir yo‘l bor. Quloq soling...
(Mirkarim Osim. «Shiroq»)

2-mashq. Nutqda jarangli undoshlarning jarangsizlanishi natijasida yuzaga keladigan omofonlarini toping va misollarni davom ettiring. Ularning qanday harflar orqali ifoda etilayotganligiga e'tibor qiling.


Erkin yettiga yetdi. Tursun tomda tursin. Guvoh sudga ketdi, qo‘ shnim sutga ketdi...

3-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi gapni o‘qing. Ma'naviy jasorat nima ekanligi haqida bahslashing. Unli va undosh tovushlarni topib, ularni ifodalovchi harflarga e'tibor qiling.


Eng buyuk jasorat bu - ma'naviy jasoratdir.
4-mashq. «Fonetika»ga oid quyidagi topishmoqlarning javobini toping va yodda saqlang. «D-t», «g-к», «z-s», «b-р» tovushlari o‘rta­sidagi o‘xshash va farqli tomonlarini toping, ularni izohlang.

1. Yetti da bor,


«Yettov»da yo‘q.
«Ikki»da bor.
«Ikkov»da yo‘q.

2. Bir so‘zda bir xil undosh


Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar
Ular qanday tovushlar?

3. «Arra»da ikkita bor,


«Yalla»da ham shuncha bor,
Yana qaysi so‘zlarda
Shu holat bo‘lar takror?

4. O‘pkadan chiqqan havo


Og‘zimiz bo‘shlig‘ida
To‘siqlarga uchrashar,
Ko‘p tovush hosil qilar.

5. So‘z oxirida kelsam


P yozmang, — qilar nido.
В holimcha yozmasangiz
Qilasiz katta xato.

6. Jarangli tovushlarning


Jarangsiz juftlari bor.
Toping, ularning qanday
Bir-biridan farqi bor?

7. Bo‘g‘izda hosil bo‘lar


Nomi ne deb atalar?
Til uchi milkka tegib
Havo yo‘lini to‘sar.
(R. Sirojiddinov)

5-mashq. «Ma'naviyat — qalbim quyoshi» mavzusida matn tuzing. Matndagi unli va undosh tovushlarni toping. Ularning talaffuzi va tuzilishiga diqqat qiling. Tovushlarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlariga e'tibor bering.





Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling