Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


QO‘SHIMCHALARDA ZID MA'NOLILIK


Download 0.49 Mb.
bet49/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

QO‘SHIMCHALARDA ZID MA'NOLILIK
Nutqni ravon, ta'sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor bo‘lib chiqishida zid ma'noli qo‘shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. Masalan, -li qo‘shimchasi -siz, be- no- qo‘shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo‘yiladi. Aqlli — aqlsiz, iboli — beibo, o‘rinli — noo‘rin kabi.
Bunday qo‘shimchalar, asosan, sifat so‘z turkumida ishlatiladi. Ser- qo‘shimchasi be- qo‘shimchasiga, бя-qo‘shimchasi -siz qo‘shimchasiga, bo- qo‘shimchasi -siz у a be- qo‘shimchalariga, -dor qo‘shimchasi -siz уз. йе-qo‘shimchalariga nisbatan zid ma'nolidir.
Bunday qo‘shimchalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: biror belgi- xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo‘shimchalar (-li, bo-, ser-, ba-, -dor); shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo‘shimchalar (-siz, be-, no-).
Masalan:
badavlat — davlatsiz
shirador — beshira, shirasiz
sero‘t — o‘tsiz
baobro‘ — beobro‘, obro‘siz
ko‘ngilli — ko‘ngilsiz
Qo‘shimchalar shakldoshligi, ma'nodoshligi va zid ma'noliligi nutqni ko‘rkam qiladi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, uning uslubiy jihatdan rang-barang bo‘lishini ta'minlaydi, ta'sirchanligini oshiradi.

7-mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shimchalarga xos xususiyatlarni aniqlang va tushuntirib bering.


Odobni beodobdan o‘rgan. Bemaza qovunning urug‘i ko‘p. Do‘stsiz boshim — tuzsiz oshim. Aqlsiz do‘stdan aqlli dushman afzal. Serdaraxt qishloqni suv olmas. Oriyatsiz odamdan qoch. Sababsiz kulgi — yomon tarbiya natijasidir. Mevasiz shox osmonga tirmashur, mevali shox yerga engashur.
O‘z nafsini mag‘lub etgan marddir,
G‘iybatlardan uzoq ketolgan marddir.
Nomard tegib o‘tar yiqilganlarga,
Ojizlar qo‘lini tutolgan marddir.(Rudakiy)
8-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying va gap­larni ko‘chirib yozing. Qo‘shimchalardagi zid ma'noliliklarni izohlang.
Bola... uy — bozor, bola... uy — mozor. Samara... o‘tgan yoshlik umrni uzaytiradi. Samar... o‘tgan vaqtingga achin. Hisob... do‘st ayrilmas. Hisob... boylik topma, aql top. Vijdon... bo‘lish chinakam insoniylik belgisidir. Vijdon... do‘st boshga kulfat keltiradi. Aql..., keng fikrlovchi bo‘ling, har bir ishning ketini o‘ylab turib amalga oshiring. Aql...lik balosiga yo‘liq- mang, и sizni xonavayron qiladi.
9-mashq. O‘zbek xalq maqollaridan zid ma'noli qo‘shimchalar ishlalilgan misollar toping va izohlang. Ularni daftaringizga ko‘chirib yozing.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling