Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet117/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga shul haqdakim, u haqiqatan ham hozirgi kunda Z.Said ko’chasi uy 86 da istiqomat qiladi va oilasida 4 nafar bolasi bor.
Imzo

Holbuki, o’zbek tilining gap tuzish me’yorlariga ko’ra bu hujjat shunday yozilishi kerak edi:




Ma’lumotnoma
Bu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga uning haqiqatan ham hozir Z.Said ko’chasi, 86-uyda yashashi va oilasida 4 farzandi borligini tasdiqlab berildi.
Imzo

O’zbek tilining qonun-qoidalarini buzib, unga hurmatsizlik va beparvolik bilan yozilayotgan yuqoridagi kabi ma’lumotnomalar, arizalar, qarorlar va boshqa yozishmalar nutq madaniyatidan bexabarlik oqibatidir. Bu xil yozishmalarda ham fikrning ravshan va tushunarli ifodalanishi uchun ularni to’g’ri yozishga amal qilish kerak.




Ommabop nutq
Ommabop nutq ma’lum davrga xos siyosiy-ijtimoiy voqea-hodisalarga munosabatni, dunyoqarashni ifodalaydi. So’zlovchi yoki yozuvchi (publitsist) davrning dolzarb masalalari bo’yicha o’z qarashlarini, fikrlarini ifodalar ekan, boshqalarni ham shunga ishonishga, o’z fikriga qo’shilishga undaydi, da’vat qiladi. Shuning uchun ommabop nutqda chuqur falsafiy mushohada o’tkir zakovat va baquvvat mantiq bilan uyg’unlashib ketadi, yuksak pafos, rang-barang his-tuyg’ular butun nutqqa katta ta’sirchanlik baxsh etadi. Qadimgi grek notiqlari nazarda tutgan yuqori uslubdagi notiqlik, odamlarga bo’ron, daraxtlarni qo’porib, uchirib olib ketganidek kuchli ta’sir qiladigan, ularni yuksak ideallar va maqsadlar sari yo’naltiradigan nutq mana shu publitsistik nutqdir. Bu nutq bir yoki sanoqli bir necha shaxsga emas, jamoatchilikka, ommaga qaratiladi. Ommabop nutqda emotsionallik va ekspressivlikning boy ohangdorligi, gap bo’laklarining takrori, matnni tuzishda gaplarni savol-javob tarzida joylashtirish, sinonimika kabi nutq tuzish vositalaridan o’tkirlik bilan foydalaniladi, mantiq, fikrlarni asoslash kuchli bo’ladi. Ommabop nutqning ham turli ko’rinishlari bor: rasmiy ommabop, siyosiy-ijtimoiy ommabop, ilmiy ommabop va badiiy ommabop kabi. Rasmiy yozishmalar, ishqog’ozlar bilan birga ommabop nutqning barcha ko’rinishlari yagona adabiy til qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishi, aniq va ravshanlik, gap tuzilmalarida ham bosh bo’laklarning o’z joyida turishiga e’tibor berish (inversiya, takror, tugallanmagan gap andozalaridan qochish), qaydlov kabi xususiyatlar ko’rinib turadi va shuning uchun ko’pincha rasmiy va ommabop nutq bir uslubga birlashtirilib, rasmiy-ommabop nutq deb yuritiladi. Lekin ommabop nutqning siyosiy-ijtimoiy hamda badiiy ko’rinishlari ajralib turuvchi xususiyatlarga ega: siyosiy-ijtimoiy nutq zamonning, davrning eng dolzarb, muhim va yechimi ommaning, xalqning kundalik va ertangi hayoti bilan bog’lanadigan muammolarini o’quvchi e’tiboriga havola qiladi hamda shu qo’yilayotgan masalani yoritishda muallif nuqtayi nazarini, uning ommaga murojaatini, uni ishontirgan holda shu masalani birga yechishga da’vatini ifodalaydi. Hozirgi matbuotimiz sahifalarida bunday nutq namunalari ko’plab uchraydi, shulardan ikkita misol keltiramiz. Ularning ikkovida ham o’z yurti, yurt ahli manfaatlari uchun qayg’urish namoyon:
Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, turli tijorat xabarlari, bank- tijorat e’lonlari va «O’qishga marhamat» mazmunidagi har xil e’lonlar hozir ko’payib ketgan va barchasi mohiyatiga ko’ra e’lon mazmunida.
Nutqning hamma vaqt zamon ruhiga mos ommabop bo’lishida ommaviy kommunikatsiya vositalari – matbuot, radio va televideniyening yaqindan hamkorligi va ta’siri muhim rol o’ynaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling