Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet126/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Ma’lumotnoma
Ushbuni ko‘rsatuvchi Rahimberdi Ahmedov, haqiqatan ham, Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 21-o‘rta maktabning 10-sinfida o‘qiydi.
Ma’lumotnoma tegishli joyga ko‘rsatish uchun berildi.

Maktab direktori: M. Ravshanov


Kotiba: Q. Abdullayeva

2017-yil 3-sentabr




MA’LUMOTNOMA
Sohiba Oripova Samarqand shahar Istiqlol ko‘chasi, 13-uy, 37-xonadonda yashaydi.
Ma’lumotnoma Samarqand davlat universitetiga taqdim etishuchun berildi.

«Istiqlol» mahalla fuqarolar


yig‘ini raisi: (imzo) Y. Shokirov

Kotibi: (imzo) A. Xolmatov


O‘quvchilarga berilgan namunalar asosida ariza, tavsifnoma,ishonchnoma,
ma’lumotnoma yozish topshiriladi.

Uyga vazifa. Oila a’zolaridan biriga tavsifnoma yozib kelish.




Ariza
Ariza biror muassasa, tashkilot, xo’jalik yoki rahbar xodim nomiga iltimos, taklif hamda shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. Hujjatlar ichida ariza ijtimoiy hayotimizdagi eng ko’p qo’llaniladigan rasmiy hujjatdir.
Oliy o’quv yurtlari, kollejlar va litseylarda talabalar uyidan joy olish to’g’risida, bir fakultetdan boshqasiga yoki bir institutdan boshqa turdosh institutga o’tkazish paytida, akademta’til olish jarayonida yoziladigan arizalar keng tarqalgan.
Ishlab chiqarishda esa ishga qabul qilish yoki ishdan bo’shash haqidagi, boshqa vazifaga o’tkazish, mehnat yoki o’quv ta’tillari so’rash to’g’risidagi arizalar ko’p qo’llaniladi.
Tuzilishiga ko’ra arizalar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Oddiy arizalarda iltimoslar izohsiz va ilova-hujjatlarsiz taqdim etiladi. Murakkab ariza matni katta bo’lishi bilan birga, iltimos, taklif va shikoyatlarga izohlar batafsil bayon etiladi va unga ilovalar qilinishi ham mumkin.
Arizalar quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Ariza taqdim etiladigan muassasa, tashkilot, xo’jalikning nomi yoki rahbar xodimning unvoni, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi.
2. Ariza beruvchining vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi (zarur o’rinda ariza beruvchining turarjoyi ko’rsatilishi mumkin).
3. Hujjat nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (zarur bo’lganda).
6. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun, oy) qog’ozning chap tomonida yoziladi.
7. Ariza yozuvchining imzosi.
8. Ariza yozuvchining ismi va otasi ismining bosh harflari qayd etilib, familiyasi to’liq keltiriladi.
9. Odatda, ariza bir nusxada va ruchka bilan yoziladi.
Namuna
Quyida berilgan ariza namunalariga e’tibor bering, zaruriy qismlar joylashishini yodda saqlang.

Toshkent yuridik kolleji direktori U.B.Olimovga Fuqarolik huquqi yo’nalishining II kurs talabasi Nazirjon Yo’ldoshevdan




Ariza
Men «Mehr nuri» jamg’armasi e’lon qilgan tanlovda yuqori natijalarga erishib, imtiyozli o’rinni qo’lga kiritdim. Shu sababdan «Mehr nuri» jamg’armasi menga Amerika Qo’shma Shtatlarida o’qish uchun yo’llanma berishga qaror qildi.
O’qishni Amerika Qo’shma Shtatlari Kaliforniya universitetining yuridik fakultetida davom ettirish uchun ruxsat berishingizni so’rayman.
2017-yil 25-sentabr (imzo) N.Yo’ldoshev



1-mashq. Ariza yozishda foydalaniladigan quyidagi qoliplashgan birikmalarni esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
... qabul qilishingizni so’rayman, ... ta’minlashingizni so’rayman, ... ozod etishingizni so’rayman, ... ruxsat berishingizni so’rayman, ... iqtisod fakultetiga o’tkazishingizni so’rayman.

2-mashq. Nuqtalar o’rniga mashqqa ilova qilingan so’zlardan foydalanib, iltimosingizni (taklifingizni) ariza shaklida izohlang.


Kasalligim tufayli ... so’rayman. Diplom ishi yuzasidan qo’shimcha materiallar yig’ish uchun ... so’rayman. Moddiy jihatdan qiynalganligim tufayli ... so’rayman. Maktablardan biriga ... so’rayman.
Ilova: akademta’til berishingizni, ona tili va adabiyot o’qituvchisi qilib yuborishingizni, yordam berishingizni, biror xo’jalikka yuborishingizni.

3-mashq. Bu ariza kim nomiga yozilgan. O’ylang va ayting. Arizani zaruriy qismlar asosida to’ldiring.


Meni matematika fakultetidan informatika fakultetiga o’tkazishingizni so’rayman.
H.Abrayev

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling