Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU: O‘zbek yozuvi tarixi. Yozuv tamoyillari. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi


Download 0.49 Mb.
bet20/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

10- MAVZU: O‘zbek yozuvi tarixi. Yozuv tamoyillari. Tovushlarning yozuvdagi ifodasi.
Nazariy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Nazariy mashg`ulot.

Ma’ruza mashg`ulotining rejasi



1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Mavzu bo’yicha mashq va topshiriqlar ishlash.
3. Mavzuni mustahkamlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga yangi mavzuning ilmiy tomonlarini tushuntirish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Mavzuni bayon qilish va savollar berish;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Mavzuni tushunib oladilar, savollar beradilar;
- O’quvchilar mavzu yuzasidan bahs-munozara qiladilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Nazariy , aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Nazariy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 2-3-4-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. «Ilm o‘rganishdan murod mansab uchun emas, balki xalq va Vatan oldidagi burchni oqlash uchundir» jumlasini kirill yozuvida yozib ko‘ring. Ikkala yozuv o‘rtasidagi farqni aniqlang.
Inson nutqi ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Yozma nutq og‘zaki nutqni maxsus belgilar tizimi yordamida ifodalash demakdir. Og‘zaki nutqda tovushlardan, yozma nutqda esa harflardan foydalanamiz. Yozma nutq yozuvning kelib chiqishi va uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham o‘tmishda bir qancha yozuv turlaridan foydalangan. Avesto, urxun-enasoy, sug‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlari shular jumlasidandir. Bu yozuvlarda xalqimizning tarixi, urf- odatlari, madaniyati va san'atiga aloqador bo‘lgan qimmatli ma'lumotlar saqlanib qolgan.
O‘zbek xalqi 1930-yilga qadar bir necha yuz yillar davomida arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Forobiy singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go‘zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan.
1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940-yilning may oyidan boshlab esa rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi amalda tatbiq etildi.
Mustaqillik barcha sohalarda bo‘lgani singari yozuv borasida ham milliy davlatchilik siyosatini yurgizish imkoniyatlarini yaratdi.
1993-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
1995-yilnirtg 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni e'lon qilindi.
1-mashq. Avesto, sug‘d, urxun-enasoy, uyg‘ur yozuvlari bitilgan qanday madaniy obidalarni bilasiz? Shular haqida so‘zlab bering.
2-mashq. «Turon — sherlar o‘lkasi» mavzusida kichik matn tuzing. Xalqimiz lotin vozuvidan yana qachon foydalanganligini so‘zlab bering.
3-mashq. Matnni ko‘chirib yozing. Kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapiring.
Кўзи ожиз бир одам тим қоронғи тунда қўлида чироқ ва елкасида кўза билан кўчада борарди. Ҳар нарсага бурнини суқиб юрувчи бир одам унинг қаршисидан чиқиб қолибди ва аҳволни кўриб сўқирга дебди:
— Эй, нодон! Тун билан кундузни ажратолмайсан-у, яна қўлингда чироқ тутиб олганингга ўлайми!? Чироқнинг сенга нима фойдаси бор?
Кўзи ожиз қаҳ-қаҳ уриб кулиб юборибди ва жавоб қилибди:
— Чироқни ўзим учун кўтариб юрганим йўқ. Сенга ўхшаш дили кўр ва ақли қосирлар менга туртиниб кетиб, кўзамни синдириб қўймасин деб, уни ушлаб юрибман.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling