Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU: Fonetik o‘zgarishlar


Download 0.49 Mb.
bet17/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

8- MAVZU: Fonetik o‘zgarishlar.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. O’quvchilarning olgan bilimlari test asosida sinovdan o’tkaziladi.
2. Testlar va nazariy savollar asosida.



O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilar bilimlarini sinovdan o’tkazish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Testlarni tarqatadi va ishlashni tushuntiradi;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Testni ishlaydilar;
- Nazariy savollarga javob yozadilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy

O`qitish vositalari

Testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Test



Amaliy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
- masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yo‘li bilan turli xil ma'noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.
Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so‘zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a'zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi.
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turii fonetik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Masalan, oq so‘zi asosiga -gach qo‘shimchasini qo‘shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so‘ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o‘tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro ta'siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.
1-mashq.Ko‘chiring. Fonetik hodisalarning ostiga chizing.
Sariq — sarg‘ay, o‘g‘il — o‘g‘lim, singil — singli, sust — susay, taroq-im — tarog‘im, o‘rtoq-im — o‘rtog‘im, bilak-i — bilagi, tirgak-i — tirgagi, sarimsoq-i — sarimsog‘i, turpoq-i — tuprog‘i, kirpik-im — kiprigim.
2-mashq.Matnni ko‘chiring, qanday fonetik hodisalar borligini aniqlab, ularning tagiga chizing. Imlo qoidasiga muvofiq qanday yozilishi lozimligini ko‘rsating.
1. To‘yxonaga savzi to‘g‘ragani chiqdik. 2. Bir borakan, bir yo‘g‘akan, qadim zamonda bir cholminan kampir bo‘lganakan. 3. Cho‘nchagimga yusso‘m solib, ko‘chaga chiqtim. 4. Devol ustida muchicha turipti.
3-mashq. Maqollarni ifodali o‘qing. So‘zlardagi fonetik hodisalarni aniqlang.
Orqada turgan do‘stdan oldinda turgan dushman yaxshi. (Gruzin maqoli) Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. (Ingliz maqoli) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. (Tatar maqoli) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. (Pushtun maqoli) Aqlli xalqqa intilsa, nodon o‘z qarindosh-urug‘lariga intiladi. (Qirg‘iz maqoli) Ozodlik — obodlik (Tojik maqoli) Do‘stiik shishaga monand, sinsa — ulay olmaysan. (Rus maqoli) Kishilarga muhabbat — eng yaxshi davlat. (Arab maqoli) Yakkani bo‘ri yer. (Qoraqalpoq maqoli) Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand bo‘lasan. (Adigey maqoli) Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas. (Gruzin maqoli) Aqlli qariya — oqib turgan daryo. (Qozoq maqoli). Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas. (Xitoy maqoli) Baxt kulgu bor uyga kiradi. (Yapon maqoli) Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. (Polyak maqoli)
4-mashq. Quyida berilgan so‘zlarda ro‘y bergan fonetik o‘zgarishlarning turini aniqlang, ularni ustunchalarga joylashtiring.
qorin — qornim, yurak — yuragi, o‘g‘il — o‘g‘lim, shahar — shahrim, ulug‘ — ulg‘ay, undan — unga, mening — sening, og‘iz — og‘zim, ko‘ngil — ko‘nglim.

Tovush orttirilishi

Tovush tushishi

Tovush almashinishi













Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling