Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet15/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Fonemalar tasnifi
B va a fonemalarini bir-biriga solishtirsangiz, ular bir qator belgilari bilan farqlanganini ko‘rasiz. Birinchidan, b fonemasini talaffuz etganda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi labning labga tegishidan hosil bo‘lgan to‘siqqa urilib, uni yorib portlab chiqadi. A fonemasini talaffuz qilayotganda esa o‘pkadan chiqayotgan havo hech yerda to‘siqqa uchramaydi. Demak, fonemalar o‘rtasidagi birinchi farqlanish to‘siqqa uchrash-uchramaslik belgisi ekan.
Ikkinchidan, b fonemasini talaffuz qilganingizda shovqinga ovoz qo‘shiladi. A fonemasi esa faqat ovozdan iborat. Ko‘rinadiki, b va a lar o‘rtasidagi ikkinchi farqlovchi belgi shovqin belgisidir. Bu belgi b da bor, a da yo‘q.
Uchinchidan, a so‘z ichida kelib, bo‘g‘in hosil qiladi. В esa bunday xususiyatga ega emas. Demak, fonemalarni farqlash uchun xizmat qiladi- gan belgilardan yana biri bo‘g‘in hosil qilish-qilmaslik belgisidir.
Yuqorida sanab o‘tgan belgilarga ko‘ra fonemalar ikki katta guruhga bo‘linadi:
1) unli fonemalar; 2) undosh fonemalar.
Unli fonemalar talaffuz qilinayotganda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to‘siqqa uchramaydi.
Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida oltita unli fonema mavjud: i, u, e, о, o‘, a.
Talaffuz qilinayotganda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi ma'lum to‘siqqa uchraydigan, shovqin ishtirok etadigan va bo‘gin hosil qilolmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi.
UNLILAR TASNIFI
i, u, e, о', o, a unlilarini talaffuz qilib ko‘ring. Ularning bir guruhini (u, о', о,) talaffuz qilganingizda lab oldinga qarab cho‘chchayadi, a, e, i unli tovushlarini talaffuz qilganingizda esa lab o‘z holicha qoladi. Demak, unlilarning bir guruhida lab ishtirok etadi, boshqalarida esa qatnashmaydi.
Bundan tashqari, a unlisini talaffuz etganingizda og‘iz katta ochiladi. Til gorizontal holda pastki jag‘ ustida yotadi. i, u unlilarini talaffuz etganingizda esa, og‘iz ozgina ochiladi, tilning o‘rtasi esa yuqori tanglayga qarab ko‘tariladi. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki belgi:
a) labning ishtiroki;
b) og‘izning ochilish darajasi (tilning ko‘tarilishi darajasi) hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo‘ladi. Bunga ko‘ra unlilar dastlab ikkiga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar (u, о'); 2) lablanmagan unlilar (e, a, i). Bu jihatdan о unlisi oraliq holatda qoladi.
Og‘izning ochilish darajasi belgisiga ko‘ra esa uch darajaga bo‘linadi:
a) tor unlilar (til o‘rtasining tanglayga tomon yuqori ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun yuqori ko‘tarilish yoki yuqori tor ham deyiladi): u, i;
b) o‘rta tor yoki o‘rta keng unlilar: e, o‘;
d) keng unlilar (quyi ko‘tarilish yoki quyi tor): a, o.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling