Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU: Nutq tovushlarining uch tomoni.Tovushlarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilari


Download 0.49 Mb.
bet12/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

6- MAVZU: Nutq tovushlarining uch tomoni.Tovushlarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilari.
Nazariy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Nazariy mashg`ulot.

Ma’ruza mashg`ulotining rejasi



1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Mavzu bo’yicha mashq va topshiriqlar ishlash.
3. Mavzuni mustahkamlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga yangi mavzuning ilmiy tomonlarini tushuntirish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Mavzuni bayon qilish va savollar berish;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Mavzuni tushunib oladilar, savollar beradilar;
- O’quvchilar mavzu yuzasidan bahs-munozara qiladilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Nazariy , aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Nazariy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
- masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Topshiriq. Biron-bir musiqa asbobidan chiqayotgan tovushga taqlid qilib ko‘ring. So‘ngra uning o‘zini chaling. Ikkala tovushning o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
Kundalik hayotingizda har xil tovushlarni eshitasiz: mashinalar signali, hayvonlarning qichqirig‘i, parrandalarning sayrashi, suvning shildirashi va boshqalar. Havo to‘lqinlari orqali qulog‘imiz bilan eshitiladigan barcha hodisalarga tovush deymiz. Inson tomonidan talaffuz qilinadigan tovushlar ham ana shunday tovushlar sirasiga kiradi.
Har qanday tovush malum tashqi ta'sir yordamida havo oqimining tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, ip yoki simni tarang tortib, uni qo‘lingiz bilan chertsangiz havoni tebratadi va tovush chiqadi.
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bolgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi.
Tabiiy tovushlardan inson tovushlarining farqi shundaki, u inson nutq a'zolari harakati yordamida ma'lum maqsadda ketma-ket talaffuz qilinadi. Bu esa har qanday nutq tovushining uch tomoni mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Birinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a'zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a'zolarni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma'lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo‘ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o‘rganiladi.
Uchinchidan, nutq tovushlari ma'lum maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma'lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma'noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma'nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so‘zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi.
Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi.
Demak, yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir.
Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e'tiborga olinadi.
Masalan, к tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va o‘pkadan chiqayotgan havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu tovushning nutq a'zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, к ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilshunoslik) belgi deb ham yuritiladi.
1-mashq.Matnni o‘qing. Nutq tovushlarining so‘zdagi o‘rinlariga diqqat qiling. Ularning o‘rinlarini almashtirsak, ma'noning butunlay o‘zgarib ketishi sabablarini tushuntiring.
«Еу ... Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing qalaydir? Nechuk kunlarga qolding?
Ey ... Temurlarning, o‘g‘uzlarning ... shonli beshiklari! Qani u chiqdig‘ing yuksak o‘rinlar? Qullik chuqurlarig‘a nedan tushding?!
Dunyoni «urho»lari bilan titratgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani? Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun tovushlari chiqmaydir?
Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘lgan botir turklaring qani? Nechun chekindilar? Nechuk ketdilar? Kurash maydonlarin o‘zgalarga nechun qo‘ydilar? Nechun... nechun...nechun..?
Gapur menga, ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi?
Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovro‘poning ulug‘ xoqonlarini sen yubormadingmi? Ey, xoqonlar o‘chog‘i? Ey qahramonlar tug‘oyi! Qani u chaqmoq chaqishli botir xoqonlaring? Qani avvalgi o‘q yurushli, otli beklaring? Nechuk «urho»lari eshitilmaydur?
Dunyo xalqini bo‘ysundirmagan saltanatlaring nechun buzuldi?
Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan xoqonlig‘ing nechun kuchi o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qoldi?
Yo‘q... yo‘q... Tangri haqi uchun, yo‘q!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun yer yuzida sakson millo‘n bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Chingizlarning, Temurlarning qonidir.
Bularning kuchlari sening kuchingdir!
Ey Ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Qayg‘urma! Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri yo‘qolmamishdir.
Yolg‘iz...Oh, yolg‘iz... tarqalamishdur».
(Abdurauf Fitrat)
Savol va topshiriqlar
1. Tovushlarning akustik tomoni deganda nimani tushunasiz?
2. Tovushlarning talaffuz tomonini tushuntirib bering.
3. Tovushlarning vazifaviy tomoni haqida so‘zlang.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling