Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot


Download 378 Kb.
bet1/14
Sana01.12.2021
Hajmi378 Kb.
#178250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OVOZ A


OVOZ A’ZOLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan barcha a’zolar jamlanib, ovoz a’zolarini hosil qiladi. Uning tarkibiga og‘iz va burun bo‘shlig‘i, halqum, tovush paychalari, traxeya, bronx, o‘pka, nafas mushaklari bilan ko‘krak qafasi va diafragma, qorin sohasi mushagi va boshqalar kiradi.


1- rasm.

Ovoz hosil qilish a’zolari.
1- halqum,

2- qizilo‘ngach,

3- bronxlar tarmog‘i,

4- o‘pka,

5- diafragma.

Bulardan tashqari, ovoz hosil qilishda asab tizimi, harakatlantiruvchi va ta’sirchan asablar mavjud bo‘lgan bosh miyaning tegishli asab markazlari, bu markazlarni yuqorida ko‘rsatilgan a’zolar bilan birlashtiruvchi nervlar ham ishtirok etadi. Harakatlanuvchi nervlar orqali bosh miyadan bu a’zolarga buyruq beriladi (efferent aloqa), ta’sirchan asablar orqali esa ishlayotgan a’zolar ahvoli haqidagi ma’lumot keladi (afferent aloqa). Aslida ovoz hosil qilishda ishtirok etuvchi a’zolar markaziy asab tizimining buyrug‘ini bajaruvchilar hisoblanadi. Ovoz hosil qiluvchi a’zolar ishni markaziy asab tizimidan ayricha tasavvur qilib bo‘lmaydi, u ularni nihoyatda murakkab bo‘lgan psixofizik jarayon bo‘lmish qo‘shiq aytish jarayonida yaxlit a’zo qilib birlashtiradi.




Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling