OVOZ VA ESHITISH
Qo‘shiq aytish chog‘ida oddiy nutqdagi kabi ham tovushni hosil qiluvchi, ham qabul qiluvchi a’zolar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ma’lumki, go‘dakligida (bir yoshgacha) eshitish qobiliyatini to‘la yo‘qotgan bola eshitish a’zolarining kasalligi natijasida faqat gung emas, balki soqov ham bo‘lib qoladi.
Tashqi muhitdan sog‘lom eshitish organlari orqali qabul qilinayotgan ovoz qo‘zg‘atgichlar ovoz organlari ishini boshqaruvchi asab tolalari uchun ham qo‘zg‘atuvchilar hisoblanadi. Kar bolada ovoz hamda nutq markazlarini qo‘zg‘atuvchilar bo‘lmaydi, shuning uchun ovoz apparati ishlamaydi. Eshitish va ovoz o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama bo‘ladi. Eshitish ishtirokisiz ovoz shakllanmasligi bilan bir qatorda, eshitish ham ovoz a’zolari ishtirokisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ovoz organlari faoliyati orqali eshitish idroki hosil bo‘ladi. Nutq, musiqa bir-ikki qo‘shiqni eshitish asnosida ularni ichimizda bir necha ovoz chiqarib, takrorlaymiz, shundan keyingina ularni idrok etamiz. Vokal ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishida unda ishtirok etayotgan a’zolarning ishi jilovlanadi. Ortiqcha harakatlar qisqartiriladi, keraklilari mustahkamlanib takomillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |