Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot
Bir nechta boshlovchi vokal mashqlar
Download 378 Kb.
|
OVOZ A
Bir nechta boshlovchi vokal mashqlar
1. Mashg‘ulotlarga jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni tekshirish. «Va», «ma» yoki «da» bo‘g‘inlari aytiladi. Biror tovushni nafasni chiqarib bo‘lguncha aytish. Tovush pasayishi bilan nafas chiqarishni kuchaytirish. Tovushning go‘zalligi va ravonligini kuzatish. Nafas uzluksiz bo‘lsin, aks holda, ovoz titrab qoladi. Bu mashq qo‘shiq nafasini his qilishga yordam beradi, tovushning ravonligi, go‘zalligini ta’minlaydi. Vokalni muqobillashning barcha jarayonlari sinab ko‘riladi. 2. Bir notada bir unlini dastlab forte, so‘ngra pianoda kuylanadi. Tovushning ravonligi va sifatiga, nafas nazoratiga e’tibor beriladi. Uzluksiz, ravon nafas olinadi. Qo‘shiq aytganda tananing to‘g‘ri holati, ko‘krak kengligi, halqum erkinligi nazorat qilinadi. 3. Barcha unlilarni bir notada (a, o, i, e, u, o‘), shoshmay, bir nafasda kuylash. Tovush sifati, ravonligi nazorat qilinadi. Unlilarni tartibiga ko‘ra talaffuz qilish qulaylik, ravonlikni ta’minlaydi. 4. «M» tovushini xirgoyi qilish til tomirini to‘g‘ri holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Og‘izni oching, so‘ngra lablarni yaqinlashtirib, «m» tovushini cho‘zib talaffuz qiling. Lab yuzasi yengil titrashi zarur. Agar til tomiri ko‘tarilgan bo‘lsa, bunday his sezilmaydi. 5. «Ma, mo, mi, me, mu, mo‘» bo‘g‘inlari bir maromda xirgoyi qilinadi, unlilar esa ulab yuboriladi. Og‘izning tabiiyligi, halqum erkinligi, nafasning uzviyligiga e’tibor beriladi. Mashq tayanchni his qilishga, tovushni «oldinga surishga» yordam beradi. 6. «M» tovushi ko‘p qo‘llanadigan so‘zlarni xirgoyi qiling. 7. Boshlovchi qo‘shiqchilar uchun «l» undoshi talaffuzi yaxshi yordam beradi. Bir notada yoki yaqin intervalda la, lo, li, le, lu, lo‘ bo‘g‘inlarini talaffuz qiling. 8. Qulay bo‘g‘inda sodda, nim parda mashqlarda xirgoyi qiling. Dastlab har bir notada bo‘g‘inni talaffuz qiling, aniq va tiniqligi ustida ishlang, so‘ngra birinchi notada bo‘g‘in, keyingisida unlini talaffuz qiling. Download 378 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling