Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot


Ovoz a’zolaridan kasbiy foydalanish gigiyenasi va


Download 378 Kb.
bet10/14
Sana01.12.2021
Hajmi378 Kb.
#178250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OVOZ A

Ovoz a’zolaridan kasbiy foydalanish gigiyenasi va

madaniyati bo‘yicha ma’lumotlar

Ovoz a’zolari surunkali kasal bo‘lgan kishilar qo‘shiqchi, pedagog, yurist singari ovoz bilan bog‘liq kasblarni egallamagani ma’qul. Negaki, aynan shu holat ularni yaxshi kasb egasi bo‘lishlariga to‘sqinlik qiladi. Negaki, ovoz a’zolarining tez-tez kasal bo‘lib turishi ularning, ayniqsa, yosh pedagoglar va qo‘shiqchilar imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Ammo ovozning kasbiy yaroqliligi nafaqat ovoz a’zolarining yaxshi holatiga, balki yurak-qon tomir, asab, mushak, nafas tizimi, qorin, eshitish va ko‘rish, xotira kabilarining holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan ovoz a’zolari me’yorda, ovozning o‘zida esa muammo bo‘lishi mumkin. Bunda ovoz a’zolari vazifasining buzilishi sabablarini qidirish kerak bo‘ladi, sabab esa ko‘p bo‘lishi mumkin. Negaki, yuqorida sanab o‘tilgan tizimlar kishilar oldida chiqish qilayotgan odam tanasi ishida ishtirok etadi. Shuning uchun ovoz bilan bog‘liq kasbga tayyorlovchi o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishda ularning tibbiy ko‘rsatkichlariga jiddiy e’tibor berish zarur bo‘ladi. Ovozni me’yorda rivojlanishi va undan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi patologik o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun foniator abituriyentlarning tomoq a’zolariga e’tibor berishi lozim bo‘ladi.



Bodomsimon bez. Katta bodomsimon bezlar yumshoq tebratkichlarning ayrim qismlari harakatini qiyinlashtiradi, bu to‘g‘ri talaffuzga xalaqit beradi. Kasallangan bodomsimon bez tomoq, traxeyani tez-tez og‘rib qolishiga olib keladi.


Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling