Ovoz a’zolari haqida qisqacha ma’lumot


Download 378 Kb.
bet13/14
Sana01.12.2021
Hajmi378 Kb.
#178250
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OVOZ A

Nafas mashqlari

1. Burun orqali tez nafas olish va chiqarish (6 marta).

2. Burun bilan tez nafas olib, og‘izdan chiqarish (6 marta). Bu ovoz a’zolarini o‘ziga xos «uqalash» bo‘ladi.

3. Og‘iz bilan nafas olib, burundan chiqarish (6 marta).

4. Panja bilan burunning bir teshigini berkitib, sekin nafas olib, ikkinchisidan chiqarish (6+6 marta).

5. Burundan nafas olib lablar orasidan chiqarish. Nafas chiqarilganda havo lablar orasidan turtib chiqariladi. Bu mashq lablar mushagini va nafas jadalligini ta’minlaydi.

6. Lunjlar shar singari ishshiriladi. Havo «lablarni cho‘chchaytirib» keskin chiqariladi. Bu mashq jag‘lar va lab mushaklarini faollashtiradi va artikulyatsiyaga katta yordam beradi.

7. Ovozsiz «e» tovushini talaffuz qiling. Bu tovushning yuzaroq va yuqori tishlar ildizida talaffuz qiling (esnagandek). Mashq qattiq va yumshoq tanglaylar mushaklarini faollashtiradi.

8. Boshni o‘ng va chap elkaga qo‘llar qarishligini yengib egiladi. Kaftlar jag‘larga qo‘yiladi va harakat qiyinlashtiriladi. Nafas erkin.

9. Lablar orasida havo simiraladi. Havo o‘pkaga to‘lgunga qadar nasos bilan simirilgandek olinadi, so‘ngra lablar orasidan butun havo qaytarib chiqariladi. Bosh aylanishidan qo‘rqmaslik kerak. Dastlab mashq 15 sekund bajariladi, so‘ngra mashq davomiyligi uzaytirilaveriladi: 15, 30,60 sekund va hokazo.

10. Qulay vaziyatda «xirgoyi» qiling (30 sekund). Lablardagi tebranishni his qilish uchun tishlarga yaqinlashtirib xirgoyi qiling. Lablar siqiladi, tishlar esa ochiq bo‘ladi. «Xirgoyidan» avval og‘iz ochiladi, so‘ngra faqat lablar yumiladi, chuqur nafas olib, xirgoyi qilinadi.

11. Xirgoyidan keyin bo‘sh tomoq orqali tovush cho‘zib talaffuz qilinadi. Lablar va tishlarga yaqinlashtiriladi. Tovush chuqurlashtirilmaydi:


M____ ________

N____ ________

Z______________

V______________


Ikkinchi bo‘g‘izga urg‘u qo‘yib, xuddi shunday tovush cho‘ziladi. Ikkinchi bo‘g‘in aniqroq talaffuz qilinadi:

ma – ma’, na – na’, va – va’

ma – mo’, na – no’, va – vo’

ma – mu’, na – nu’, va – vu’

ma – me’, na – ne’, va – ve’

ma – mi’, na – ni’, va – vi’

Erkin va qulay talaffuz qilishga intiling. Har bir juftlikdan avval nafas oling.

12. O‘tiring va bir paytda keskin nafas olib, «ox, ax» deng. Shoshilmang, asta ayting. Osoyishta nafas oling. O‘tirganda nafasni chiqaring, turganda nafas oling.

13. Yuzingizni yengil uqalang. Panjalar bilan yuqori tishlar ildizini va yonoqlarni bosib chiqing. Burunni pastdan yuqoriga va yon tomonlarga qarab uqalab chiqing. Uqalashdan keyin esnoq bo‘lsa, bu yaxshi. Tomoq to‘qimalari kislorod bilan yaxshi ta’minlanayotgan bo‘lsa, u sog‘lomdir, mushaklar faolligi esa kislorod yetkazish berishga xizmat qiladi.


Download 378 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling