Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari


Download 499.7 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi499.7 Kb.
#1581322
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi Temirov Muxammad




Telekommunikatsiya texnologiyalari:
Teleradioeshittirish

050-19 guruhi


Temirov Muxammadning
Individual loyiha fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Radioeshittirish va TV studiyalarining tovush
Izolyatsiyasi.
Tashkent 2023

Radioeshittirish va televidenie studiyalarining tovush izolyatsiyalari



Tovush eshittirishning sifati ko‘p jihatdan eshittirish olib borilayotgan studiyaning akustik sifatlariga bog‘liq.
Yuqori sifatli tovush eshittirishni olish uchun maxsus akustik ishlov berilgan xonalar – studiyalar jihozlanadi. Belgilanishi bo‘yicha ular; radioeshittirish va televidenie studiyalariga bo‘linadi. Radioeshittirish studiyalari katta, o‘rtacha va kichik konsert, kamer musiqasi, nutq, hamda adabiy-dramatik studiyalarga bo‘linadi. Televidenie studiyalari ham shunday belgilanadi, faqat adabiy-dramatik studiyalar o‘rniga postanovka studiyalari deb ataladi.
Radioeshittirish va televidenie studiyalarining o‘lchamlari va shakli berilgan ijrochilar soni bo‘yicha “Oltin kesim” nisbat-laridan foydalanib, chiziqli o‘lchamlari: uzunligi ℓ, e’ni b va balandligi h tanlanadi.
Ko‘p hollarda studiyaning shakli konstruktiv nutai nazaridan to‘g‘ri to‘rt burchakli tanlanadi. Studiyaning o‘lchamlari alohida proporsiyalarni talab etmaydi. Studiyaning plani kvadratga yaqin bo‘lmasligining o‘zi yetarli, balandligi esa, studiyaning plandagi eng kichik o‘lchami yarmisidan katta bo‘lishi kerak. Bunda studiya o‘lchamlarining nisbati 5:3:2 yoki 2,6:1,6:1, ya’ni ℓ : b : h = 2,6:1,6:1. Xona uzunligi, eni va balandligi o‘lchamlarining bu nisbatlardan keskin farqlanishi akustik defektlarga olib kelishi mumkin. Studiyaning balandligi qurilish-arxitekturasining talablari bilan aniqlanadi: bir tomondan, studiyaning asosiy o‘lchamlari arxitektura proporsionalligi talablarini qondiradigan nisbatda bo‘lishi; ikkinchi tomondan studiya kompleksini bir binoda joylashtirganda balandligi bir-biri bilan va bino qavatlari balandligi bilan ham kelishtirilgan bo‘lishi kerak. Studiyaning tanlangan poli yuzasi va balandligi bo‘yicha uning hajmi va umumiy yuzasini aniqlash mumkin.
Radioeshittirish va televidenie studiyalarning klassifi-katsiyalari 1- jadvalda keltirilgan.
1-jadval



Studiyaning nomi



Studiyaning belgilanishi

Studiya polining yuzasi, m2

Studiyaning balandligi, m

Ijrochilar soni, Nopt.

Katta TV studiya

O‘rtacha TV studiya


Kichik TV studiya

Musiqa, adabiy-dramatik eshittirishlar va ko‘p sonli ijrochilar ishtirokidagi murakkab dekoratsiyali sahnalarni tasvirga tushirish uchun

Musiqa, adabiy-dramatik eshittirishlar va dekoratsiyasi murakkab bo‘lmagan kam sonli ijrochilar ishtirokidagi sahnalarni tasvirga tushirish uchun


Adabiy- musiqa, kichik adabiy-dramatik eshittirishlar va


dekoratsiyasi murakkab

1000
600
450

300
200


150
100


50-80

15
11,0
10,0

8,6
7,0


6,5
5,-6,0


4,-5,0

400
250
200

120
50


30
20


10-15




Diktor TV studiyasi
Diktor telekommentator studiyasi

bo‘lmagan kam sonli ijrochilar ishtirokidagi sahnalarni tasvirga tushirish, ijtimoiy-siyosiy, adabiy, eksponat va modellarni namoyish etish uchun

Diktor yoki notiqni (o‘rta yoki yirik planda) ko‘rsatish uchun


Axborot eshittirishlari (diktorni ko‘rsatmasdan)


Katta musiqa (katta simfonik orkestr, xor va


b.q. ijrosidagi) tinglovchilar ishtirokidagi
eshittirishlar

Simfonik muzika (kichik


sonli orkestr ijrosida), estrada va djaz muzikasini

60-80

12-15
650-1000

750


4,2-4,5

2,6-2,8
11,0-13,0

12


2-4

1-2
200-250

150





Radioeshit. katta konsert studiyasi


RE katta KS (tinglovchilarsiz)

O‘rtacha RE konsert studiyasi


Kichik musiqa RE studiyasi RE kamer studiyasi

yozish uchun

Katta bo‘lmagan orkestr va xor ijrolarini yozish uchun


Kamer muzikasini ijro etish, solist-vokalistlar, kichik muzika eshittiri- shlari uchun


Katta radio spektakllarni yaratish va uzatish uchun


Badiiy o‘qishlar, kichik radio spektakllar uchun


Informatsion eshittirishlar, so‘ngi axborot


Adabiy-dramatik yozuvlarda maxsus effeklar yaratish uchun



350-450

250-300

150
150-200

100
26-30



8,5-10

8,0-8,3

6
6-6,5

5
3,2-3,5



40-65

30-35

10-15
20-30

10-15
2-4






Katta ADS studiya


O‘rtacha ADS


Nutq studiyasi

Tovush so‘ndirilgan studiya



Fonogrammalarni qayta yozish, programma fragmentlarini konservatsiyalash uchun yozish

Reverberatsiyasi o‘zgaruvchan jarangdor effektlarni yaratish uchun


Ekspertiza o‘tkazish uchun



50

30-40
50


30-40


4

3,5
4


3,5


6-10

1-2
-


-


Yuqori sifatli tovushlarni olish uchun studiyalar tashqi shovqinlardan yetarlicha himoyalangan bo‘lishi zarur.
Har qanday studiyaning akustik asosiy xarakteristikasi bu- reverberatsiya vaqtidir. Standart reverberatsiya vaqti deb, so‘nayotgan tovush energiyasining statsionar qiymatidan 106 marta kamayishigacha o‘tgan vaqtga aytiladi, bu tovush energiyasining 60 dB gacha kamayishiga teng. Kichik reverberatsiya vaqti tovushni ma’yuslantiradi va ijrochidan baland ovoz talab etadi. Juda katta reverberatsiya vaqti tovushning «yog‘ilib ketishiga sababchi bo‘ladi, natijada bir bo‘g‘in ikkinchisiga qo‘shilib so‘z aniqligi, ravonligi pasayadi, musiqa ohanglari buziladi.
Tovush jaranglashi tabiiy bo‘lgan vaqtni optimal reverberatsiya vaqti deb ataladi. Optimal reverberatsiya vaqti ijro etiladigan musiqa asarlariga bog‘liq. 2-jadvalda studiyalarning optimal reverberatsiya vaqti va uning chastota xarakteristikasi berilgan.

Optimal reverberatsiya vaqti va uning chastota xarakteristikasi



Studiya turi

Hajm, m3

Topt 500, s

Chastota
xarakteristikasining ko‘rinishi

Nutq (televizion, radioeshittirish) studiyasi

Radioeshittirish konsert studiyasi




Radioeshittirish katta konsert studiyasi
Adabiy-dramatik blok
Tovush so‘ndiril- gan adabiy- drama-tik blok

Tovush


50-70

≤ 3000


≥3000

500-800

100-150

100-150


0,4-0,5

lgT = - 0,374+1/6 lgV


1,7-1,8

0,-0,6

0,2-0,25

3,0-3,5


Gorizontal-chiziqli
Gorizontal-chiziqli , 125 Gs chastotada 50% gacha oshishi mumkin

Gorizontal-chiziqli, 125 Gs chastotada 20-


30% oshishi mumkin

100-5000 Gs


polosada gorizontal- chiziqli

Gorizontal-chiziqli


150-3000 Gs
polosada past va yuqori chastotalarda biroz pasayish bilan, gorizontal-chiziqli

so‘ndirilmagan adabiy-dramatik blok
TV
telepostanovkalar studiyasi

TV maket-diktor studiyasi



≥3000

200-400


0,7-0,8

0,5


Gorizontal-chiziqli Gorizontal-chiziqli



Nutq studiyalarga bo‘lgan talab ijrochi tovushi tembrini o‘zgartirmay nutqning yuqori aniqligini saqlashdan iborat. Shuning uchun bunday studiyalar kichik reverberatsiya vaqtiga ega (0,5...0,6 s). Musiqa eshittirishlari uchun mo‘ljallangan studiya-larning reverberatsiya vaqti ancha yuqori (1,5...2,0 s). Turli dasturlar uchun optimal reverberatsiya vaqtini tanlash va shu yo‘l bilan optimal tovush yangrashini ta’minlash uchun reverberatsiya vaqtini o‘zgartirib turishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun hozirgi vaqtda sun’iy reverberatsiya qurilmalari keng qo‘llaniladi.



Download 499.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling