Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


NUTQIY FAOLIYAT(O`zbek tilining tovush tizimi)


Download 0.49 Mb.
bet8/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

NUTQIY FAOLIYAT(O`zbek tilining tovush tizimi)
Inson doimo o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamida boshqariladi. Olamni bilish jarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a'zolarimiz (tana, ta'm-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a'zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.
Tana, ta'm-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a'zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga — nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P.Pavlov birinchi signal sistemasi, ikkinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
Ko‘rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta'kidlaganlar.
Har bir shaxs ma'lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jamiyat a'zolari o‘zaro doimo aloqada bo‘ladilar. Bin obyektiv olamda o‘z sezgi a'zolari orqali his etgan ma'lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush to‘lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so‘zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so‘zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a'zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi.
So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi.
Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki guruhga bo‘linadi. Xat yo‘llovchi shartli ravishda so‘zlovchi, uni qabul qiluvchi (o‘quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi.
Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e'tiborga olgan holda mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'lum jamiyat a'zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo’lishi, voqelanishi — nutqdir.
Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqelik, mohiyat — hodisa zidlanishini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi.
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.
1-mashq. O‘qing! Quyida berilgan savollarga javob bering.
Mathur sangqil, mathur rasako’n.
Savollar
1. Yuqoridagi harflar qatoiiarida qanday maqol yashiringan?
2. Yuqoridagi harflarni turlicha joylashtirish asosida yana qanday gaplar tuzish mumkin?

2-mashq. M, R, L, N, NG, E, A, O, U, O‘, I, T, S, K, Q, X, В


Savol va topshiriqlar
1. Yuqoridagi harflarning turli kombinatsiyalaridan bir necha gap tuzing.
2. Berilgan harflar ifodalagan tovushlarni unli va undoshlarga ajrating. Ularning o‘zaro farqini aniqlang.
3. Faqat undoshlardan yoki faqat unlilardan so‘z hosil qilib bo‘ladimi? Buning sababi nimada?

3-mashq. А, В, V, G, D, Z, I, L, M, N, О, P, R, S, T, U.


Topshiriqlar
1. Yugoridagi harflardan foydalangan holda turli so‘zlar hosil qiling. 2. So‘z boshida qaysi undoshlarni keltirib bo‘lmasligini aniqlang va uning sababini tushuntiring.

4-mashq. b, k undoshlarini turli xil unlilar bilan keltirib so‘zlar hosil qiling.


5-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing. Qushlar va hayvonlarning nimaga insonlarga o‘xshab gapira olmasligi haqida o‘ylab ko‘ring.
Ispaniyaning Grenada shahri aholisi to‘rt kun mobaynida nima bo‘layotganini tushunishmadi. Shaharning turli ko‘chalarida biror sababsiz politsiyachilarning hushtagi qattiq chalinardi, ammo ko‘chada na tartibbuzarlar bor, na politsiyachilar. Hech kim ko‘rinmasdi.
Mashina haydovchilariga qiyin bo‘ldi: shiddat bilan chalingan hushtak shoferlarni tinimsiz to‘xtashga majbur qilardi.
Sirli politsiyachi hatto avtobuslar va piyodalar harakatiga ham xalaqit berardi. Beshinchi kun hamma narsa ma'lum bo‘ldi: ko‘rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan to‘tiqush bajarayotgan ekan...
Qarg‘alar ham, zog‘chalar ham, zag‘izg‘onlar ham gaplashishni bilishadi. Soykalar ham, qorayaloqlar ham va hattoki... kanareykalar ham odamlarga o‘xshab gaplashishadi.
O‘rgatilgan it amrimizni bajarib o‘tirsa, yotsa, biz bilan yonma-yon yursa, «Ovozingni chiqar!» deganimizda vovullasa, biz hayron bo‘lmaymiz-ku. Hamma biladiki, itni shunga o‘rgatganmiz. Itni o‘rgatish juda oson emas — undan nima talab qilayotganimizni u darrov tushunib yetmaydi.
Ammo qat'iy talablarimiz va o‘rgatishimiz natijasida u buyrug‘imizni bajara boshlaydi. Shunda u qandaydir shirinlik mukofot oladi. Ikkinchi marta ham, uchinchi, beshinchi, o‘ninchi marta mukofot oladi.
Nihoyat, itda bog‘lanish sodir bo‘ladi: agar, deylik «o‘tir» desak (so‘z mazmunini u tushunmaydi, faqat shu so‘zning tovushinigina eshitadi), o‘tiradi, mukofotga shirinlik oladi. Shu boisdan buyruqni jon deb bajaradi.
Keyin shirinlik berilmaydigan bo‘ladi, lekin it buyruqni bajaraveradi, chunki u o‘rganib qolgan, u muayyan so‘zlarni eshitib, muayyan harakatni bajaraveradi.
Xuddi shu gapni to‘tiqushlar haqida ham aytsa bo‘ladi. Masalan, to‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismni ko‘p marta qaytarishadi. To‘ti uni eshitib, eslab qoladi, chunki uning xotirasi juda ajoyib. Keyin bir kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so‘zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi (deylik biror bo‘lak qand yoki shunga o‘xshash narsa). To‘tida refleks boshlanadi: o‘rganib olgan so‘zni qaytarsa shirinlik oladi.
Tez orada qushdan iltimos qilishga hojat qolmaydi, uning o‘zi sovg‘a olish umidida o‘z ismini aytaveradi. Keyin bu odat tusiga kiradi va muko- fotsiz ham to‘ti gapiraveradi.
(«Turkiston» gazetasidan)
Savollar
1. Inson olamni qanday biladi?
2. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari deganda nimani tushunasiz?
3. Nutqiy faoliyat nima va u qanday amalga oshadi?
4. Til nima uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi?

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling