Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


- MAVZU: O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi


Download 0.49 Mb.
bet5/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

3- MAVZU: Ozbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi.
Nazariy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Nazariy mashg`ulot.

Ma’ruza mashg`ulotining rejasi



1. Mavzu haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Mavzu bo’yicha mashq va topshiriqlar ishlash.
3. Mavzuni mustahkamlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga yangi mavzuning ilmiy tomonlarini tushuntirish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Mavzuni bayon qilish va savollar berish;
- Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- Mavzuni tushunib oladilar, savollar beradilar;
- O’quvchilar mavzu yuzasidan bahs-munozara qiladilar.
- Tushunmagan qoidalarini so’rab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Nazariy, aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Nazariy dars mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(10 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
- mavzu bo’yicha savollar beriladi;
-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar tarqatiladi.

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)

2.1. Yangi mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 2-3-4-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-mashq. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunidan olingan bandlarni o‘qib, ular haqida suhbatlashing.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
2-mashq. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobidan olingan parchani o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu — millatning ruhidir. ...Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o‘ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo‘yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so‘ng mamlakatimizda o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lmish ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi. Nihoyat, 1989-yilning 21-oktabrida o‘zbek tili O‘zbekistonning Davlat tili sifatida rasman e'lon qilindi. Buning natijasida o‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlarida ham qo‘llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi. Ana shu nuqtayi nazardan bu qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.
«Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o‘tgach, respublikamiz hayotida katta o‘zgarish ro‘y berdi. Ajdodlarimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mustaqillik qo‘lga kiritildi. Dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq davlati mustaqil respublikamizni rasman e'tirof etdi va u bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Qisqa muddat ichida respublikamizning jahon hamjamiyati o‘rtasidagi obro‘-e'tibori oshdi. O‘zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi.
Ana shunday sharoitda mustaqillik qo‘lga kiritilgunga qadar qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonunning ko‘p moddalari o‘z kuchini yo‘qotdi yoki tahrirtalab bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham amaldagi Qonunni isloh qilish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Natijada 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, unda o‘zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqeyi hisobga olindi. Bu Qonunda O‘zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati o‘zining aniq ifodasini topdi. O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu narsa respublika hududidagi boshqa tillarning faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi, O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarining o‘z ona tillarida erkin aloqa qilishlari uchun aslo monelik qilmaydi. Qonunning 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi. Bu esa yangi Qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi.
...1992-yil 7-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
3-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing. Birinchi guruhga o‘zbek tiliga qarindosh bo‘lgan, ikkinchi guruhga esa qarindosh bo‘lmagan tillarni joylashtiring.
Rus, ingliz, qozoq, fransuz, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur, qoraqalpoq, xitoy, tatar, hind, arab, koreys, ukrain.
4-mashq. Maqollarni ko‘chiring. Ularda ilgari surilgan g‘oya to‘g‘risida so‘zlab bering.
1. Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni — so‘z. 2. Til — aql o‘lchovi. 3. Yaxshi so‘z — yurakka malham, yomon so‘z — yurakka g‘am. 4. Tilingda bo‘lsa boling, kulib turar iqboling.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling