Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Sinekdoxa yunoncha synekdoche — birgalikda anglash so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi


Download 0.49 Mb.
bet80/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Sinekdoxa yunoncha synekdoche — birgalikda anglash so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi.
Ma’no ko‘chishning bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega.


Savol va topshiriqlar
1. Sinekdoxa ko‘chma ma’no hosil qilishning qanday usuli?
2. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada?
3. Sinekdoxaga uchta misol topib, ko‘chma ma’no hosil bo‘lish sababini tushuntiring.

1-mashq. Quyidagi hodisaning sinekdoxa ekanligini isbotlab bering.


Qo‘l, oyoq, bosh, tish, burun, chakka so‘zlari orqali sinekdoxa usuli bilan qanday ma’no hosil bo‘layotganini misollar yordamida tushuntiring.
Namuna:
Olma guli — gul emas, taqsam chakkamda turmas. (Qo‘shiqdan)

2-mashq. Olma archiyotib qo‘lini kesib olmoq, yig‘ilishga mo‘ylovni chaqirib kelmoq, g‘ildirakni yurgizmoq, cho‘loqqa achinish bilan qaramoq birikmalaridagi ma’no ko‘chish usulini izohlang. O‘zingiz ham sinekdoxa usuli bilan ma’no ko‘chishiga misollar keltiring.


3-mashq. Boborahim Mashrabning «Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajada egma qoshima» baytida keltirilgan «egma qosh» iborasining nima uchun sinekdoxaga misol bo‘la olishini isbotlang. So‘ng mumtoz she’riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad kabi atamalarning yor, dildor ma’nolarida ishlatilganligiga misollar keltirib, ularning ma’nolari ustida fikr yuriting.


VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYAТI
1-topshiriq. Stolning oyog‘i birikmasidagi oyoq so‘zining ma’nosini tushuntiring. So‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini ayting. Тo‘g‘ri va ko‘chma ma’nolar o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi.
Yuqoridagi ikki gapda qo‘llanilgan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamay­digan narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lasiz. Birinchisida «elektr toki orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbob»ni, ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi.
Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon va zamonda ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajaradi. Ana shu vazifaviy bir xillikka ko‘ra ilgari yog‘ga pilik tekkizish orqali yoritiladigan shishasiz, ochiq asbob nomi keyinchalik asos qismga shisha o‘rnatilgan yoritgich asbobni, keyinroq esa elektr tokidan foydalanishga o‘tilgandan so‘ng lampochkalarni ham ifodalash uchun qo‘llaniladi. Natijada chiroq so‘zi bir-biriga o‘xshamaydigan xilma-xil yorituvchi vositalarga nisbatan qo‘llanila boshlandi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling