Mavzu: sifaт va uning uslubiyaтi
Download 20.02 Kb.
|
ma\'ruza ona tili
Mavzu: SIFAТ VA UNING USLUBIYAТI Dars maqsadi: o‘quvchilarda sifat va uning xususiyatlari haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. R e j a: * Sifat haqida umumiy o‘rta ta’limda olingan bilimlarni eslash. * Sifat ma’nodoshlari uslubiyati. * Sifat ma’nodoshlaridan nutqda o‘rinli foydalanish. 1-topshiriq. Тug‘ilgan yurtingiz haqida sifatlardan foydalangan holda kichik hikoya yozing. Qaysi sifatlardan foydalanganingizni va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting. 2-topshiriq. Matndan sifatlarni toping. Ularning qanday belgilarni ifodalayotganini aniqlang. Oh sukunat portlar saharda, Kun nurida yonib, yaraqlab Chopib kirar sovuq shaharga Yalangoyoq yashil daraxtlar. (Shavkat Rahmon) Sinfingizdagi mavjud narsalar: stol, stul; devorga osilgan taxta; o‘quv qurollaringiz, kitob, daftar, qalam, ruchka va boshqalarning hammasi ma’lum belgilarga (rang, hajm, shakl — xususiyat kabi) ega. Masalan, stol ko‘k, sariq; baland, past, katta-kichik singari hajm-shaklga ega. Ana shunday belgilarni ifodalovchi so‘zlarning sifat hisoblanishi haqida o‘rta umumiy ta’limda ma’lumot olgansiz. Ma’lum belgi bir necha so‘zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: katta, ulug‘, ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, bejirim va boshq. Bunday so‘zlar muayyan bir umumiy ma’no asosida birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma’lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishida, ma’lum uslubga xoslanishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, odam so‘zi katta, buyuk, ulkan, ulug‘ sifatlarini qabul qila oladi, lekin gigant sifati odam bilan bog‘lana olmaydi. Chunki u qurilishlarda binolarning shakl-belgisini ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug‘, buyuk so‘zlari shakl belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan ma’nodosh bo‘lib keladi. Ulkan, gigant so‘zlarida esa bunday ma’no yo‘qligi uchun ular bilan ma’nodoshlikni hosil qila olmaydi. Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi so‘zlovchining nutqiy mahoratini ko‘rsatadi. Savol va topshiriqlar 1. Sifat deganda nimani tushunasiz? 2. Sifatlar sinonimiyasiga misollar keltiring. 3. Sifatlar sinonimiyasining nutqda tanlanish imkoniyati haqida gapiring. MAVZU: SIFAТ DARAJALARINING USLUBIY XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: sifat darajalaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil qilish. R e j a: * Sifatlarda belgining darajalanishi haqida. * Sifatlarda belgining darajalanishini ifodalovchi vositalar. Тopshiriq. Qora sifati bildirgan rangning turli darajalarini va ular qanday ifodalanishini ko‘rsating (kuchsiz, kuchli). Sifatlar belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri (oq, ko‘k kabi) yoki bir belgini qiyoslab, darajalab ko‘rsatishi ham mumkin. Masalan, ko‘kish, ko‘kimtir, ko‘m-ko‘k, to‘q ko‘k, och ko‘k va boshq. Bulardan ko‘k belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalab uning me’yorda ekanligini; ko‘kish, ko‘kimtir, ko‘k belgining me’yordan kam ekanligini, ko‘klik haqidagi tasavvurimizga yetmaganligini, ko‘m-ko‘k, to‘q ko‘k sifatlari esa belgining me’yordan ortiq, kuchli ekanligini bildiradi. Odatda, sifatlarning uch darajasi ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja. Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy darajadagi sifatlar sanaladi. Bunday sifatlarda maxsus daraja hosil qiluvchi vosita bo‘lmaydi. Shirin, go‘zal, oq, qora singari sifatlar oddiy darajaga mansubdir. Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. Bunday sifatlar 1. Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi oxirgi undoshning m yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh qo‘shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko‘m-ko‘k; sariq — sap-sariq, qizil — qiр-qizil kabi; 2. Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan: achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi; 3. Sifat oldidan juda, g‘oyat, nihoyatda, behad singari so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda) yaxshi kabi. Belgining mo‘ljaldan kamligini, kuchsizligini ifodalaydigan sifatlar ozaytirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. Bunday sifatlar quyidagi yo‘llar bilan hosil qilinadi: 1) sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni keltirish yo‘li bilan: to‘la — sal to‘la, achchiq — ozgina achchiq; 2) sifat oxiriga — roq, — (i)sh, (i)mtir qo‘shimchalarini qo‘shish orqali: sariq— sariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir) kabi. Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari bilan sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qizil, och qizil kabi. Savol va topshiriqlar 1. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz? 2. Sifatning qanday darajalarini bilasiz? 3. Uchta sifat topib, uni turli daraja shakllarida keltiring. Ma’no farqini tushuntiring. MAVZU: OLMOSHLARNING MA’NO XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: olmoshlarning ma’no xususiyatlari haqidagi talabalarning bilimlarini mustahkamlash. R e j a: * Olmosh va uning vazifalari. * Olmoshlarning ma’no turlari. Тopshiriq. «Mingta siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi», «Sen ham, siz ham bir og‘izdan chiqadi» maqollarining tarkibida kelayotgan olmoshlarning uslubiy xossalarini izohlang. Siz ham olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing. Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. Uning ismi Muhammad, otasining ismi esa Ahmaddir. Bu gapda Beruniy atoqli oti o‘rnida Uning so‘zi almashib, atoqli ot ifodalagan ma’noni anglatadi. Yoki: «Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, yomonlik qilma. Bu hech qachon yodingdan chiqmasin». Mazkur gapda esa bu so‘zi oldingi butun gap o‘rnida almashib kelyapti. Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi. Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z, gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan, Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning jahlini chiqardi. Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi. Bu gaplarning birinchisida gul (ot) o‘rnida u, ikkinchisida pushti (sifat) o‘rnida ana shu, uchinchi gapda uza boshladi (fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda va bog‘lovchi o‘rnida bu olmoshi almashinib kelyapti. Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun «ichi bo‘sh so‘zlar» deb ham yuritiladi. Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday ma’noni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi. Buni quyidagi jadvalda ko‘ring: Savol va topshiriqlar 1. Olmosh deganda qanday so‘z turkumini tushunasiz? 2. Ot, sifat, son, ravish, fe’llarning har biri o‘rnida almashib kelgan olmoshlarga misollar keltiring. 3. Yordamchi so‘zlar va gap o‘rnida qo‘llangan olmoshlarga misollar keltiring. 4. Olmoshlarning ma’no turlarini ayting. Download 20.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling