Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
Nazorat savollari
1.Korporativ nizo tushunchasi. 2.Korporativ nizolar sabablari va qatnashchilari. 3.Korporativ nizolarning vujudga kelish sabablari. 4.Menejment va aksiyadorlar nizosi. 5.Korporativ nizo turlari. XXII BOB. KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASH 22.1. Korporativ boshqaruv modellarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi Tegishli tarzdagi korporativ boshqaruv butun biznes-jarayonlar majmunini optimallashtiradi va natijada kompaniya foydasini oshirishga xizmat qiladi. Ko‘plab kichik va yirik kompaniyalar uchun korporativ boshqaruv modellari zaruriy ehtiyoj hisoblanmaydi. Ularning korporativ boshqaruv sohasidagi birlamchi vazifasi amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini yaxshilash hisoblanadi. Korporativ hulq-atvor Kodeksida bayon qilingan modellarni joriy qilish korxonalar tomonidan aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari ishini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi qator qo‘mitalar tashkil qilishni, xodimlar shtati ro‘yxatiga direktorlar Kengashi va uning qo‘mitalari faoliyatiga ko‘maklashuvchi korporativ kotib lavozimini kiritishni, Direktorlar kengashi tarkibiga mustaqil direktorlar kiritishni talab qiladi. Shu sababli hamma korxonalar ham bu modellarni huddi yirik kompaniyalar kabi miqyosda joriy qila olmaydi. Kichik kompaniyalar uchun bunday xarajatlar iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki xizmat ko‘rsatish xarajatlari kodeksda joriy qilish talab qilingan boshqaruv organlari faoliyatidan olinadigan daromad miqdoridan solishtirib bo‘lmaydigan darajada baland. Yirik korporatsiyalar modellarni joriy qilishdan shuning uchun ham ko‘proq manfaatdorki, ular birjalarda joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisobiga moliyalashtiriladi va tashqi investorlarni jalb qiladi, kompaniyalar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investorlarni qidiradi yoki banklar tomonidan kreditlanadi. Bunday kompaniyalarda korporativ boshqaruv o‘ziga xosliklari baribir mavjud, ya’ni kompaniya ta’sischilari tezkor boshqaruvda ishtirok etadi va mulkning bir yerda to‘planishidan manfaatdor bo‘ladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarda korporativ boshqaruv amaliyoti va uni joriy qilish darajasi xuddi shunday farqlarni ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, aytib o‘tish joizki, korporativ boshqaruv modellarini joriy qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi faqat faoliyat miqyosini kengaytirayotgan, nisbatan yirik kompaniyalarda mavjud. Biroq bozor mexanizmining, raqobatning rivojlanishi, yangi investorlarni izlab topish kompaniyani ichki o‘sishga, demak, o‘zi bilan bir xillar orasida mos ravishda faoliyat yuritishga rag‘batlantiruvchi tashqi omillar hisoblanadi. Lekin shunga qaramay, modellarni joriy qilish muammolari joriy qilib bo‘lingan korporativ boshqaruv modellariga amal qilish muammolarining ostida qolib ketadi va davlat, davlatlararo va transmilliy maqomga ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar kundalik amaliyotda joriy qilingan modellarga rioya qilishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Korporativ boshqaruv tegishli amaliyotini ishlab chiqish uchun o‘ziga xos kurash korporativ boshqaruvning ayrim mezonlari bo‘yicha ham, kompaniya faoliyati umumiy samaradorligi bo‘yicha ham yirik kompaniyalar reytingini tuzishda o‘z aksini topadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling