Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet91/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Nazorat savollari

  1. Biznes-injiniring qanday ta’riflanadi?

  2. Biznes-injiniring texnologiyasining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  3. Biznes-injiniring jarayonini qanday asosiy elementlar tashkil etadi?

  4. Biznes-injiniring qanday bosqichlardan iborat?

  5. Biznes-model nima?



XXI BOB. KORPORATIV NIZOLAR


21.1. Korporativ nizo tushunchasi
Har qanday nizoning mohiyatini tomonlar o’rtasida kelishuvning yo’qligi sifatida ta’riflash mumkin. Korporativ munosabatlar subyektlari o’rtasida manfaatlar muvozanatining yo’qligi korporativ nizolarga sabab bo’lishi mumkin.
Korporativ nizolardeganda jamiyat aksiyadorlari o’ratasida, jamiyat aksiyadorlari va menejerlari o’rtasida, investorlar (potenstial aksiyadorlar) va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan, quyidagi oqibatlardan biriga olib keladigan kelishmovchiliklar va tortishuvlar tushuniladi:

  • amaldagi qonunchilik me’yorlari, jamiyat nizomi yoki ichki hujjatlari, aksiyadorlar yoki ularning guruhlari huquqlarining buzilishi;

  • jamiyat va uning boshqaruv organlariga qabul qilingan qarorlar bo’yicha da’volar;

  • amaldagi boshqaruv organlari vakolatlarini muddatidan oldin to’xtatish;

  • aksiyadorlar tarkibida jiddiy o’zgarishlar.

Korporatsiyalar faoliyatining o’ziga xosliklari tufayli nizolar vujudga kelishi uchun quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin.
Aksiyadorlik mulkida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar kapitallarning murakkab tarzda chigallashib ketishi va mos ravishda, manfaatdor tomonlar doirasining doimiy bo’lmasligini nazarda tutadi.
Korporatsiya menejmenti, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasida belgilanadigan munosabatlar tizimiga turli iqtisodiy subyektlar guruhlari tomonidan ijozat beriladi:

  1. Davlat va korporatsiya o’tasidagi munosabatlarga davlat tomonidan ijozat beriladi va u davlat-hukumat xarakteriga ega bo’ladi.

  2. Menejment va aksiyadorlar o’rtasidagi aloqalarning muayyan jihatlari korporatsiya boshqaruv organlari tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida qabul qilingan qo’shimcha bitim va kelishuvlar bilan tartibga solinishi mumkin.

  3. Menejment va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi munosabatlar turli yo’nalishdagi xarakterga ega bo’lib, manfaatdor shaxslarning korporatsiya uchun ichki yoki tashqi muhitga mansubligiga bog’liq bo’ladi. Ular qonun hujjatlari va jamiyatning ichki reglamenti bilan tartibga solinadi.

Zamonaviy iqtisodiyotda korporativ munosabatlar subyektlari o’rtasida vujudga kelayotgan jiddiy qarama-qarshiliklar va ixtiloflar mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanishiga investistiyalar oqimining kirib kelishiga to’sqinlik qilmoqda.
Barcha nizolar xilma-xilligini quyidagi to’rt turga ajratish mumkin:

  1. Yirik (majoritar) va mayda (minoritar) aksiyadorlar munosabatlari nizosi.

  2. Ichki aksiyadorlar (insayder) va tashqi aksiyadorlar (autsayder) nizosi.

  3. Menejment (aksiyalarsiz yoki aksiyalar kichik paketiga ega) va aksiyadorlar nizosi.

  4. Chetdan «nodo’stona qo’shib olish tashabbuskorlari» tarafdorlari va aksiyadorlar nizosi.

Ko’rib chiqilgan korporativ nizolar turlari ichida quyidagi xillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Qonunchilik me’yorlarining buzilishi korporativ huquq me’yorlari va jarayonlarini tasodifan buzish bilan bog’liq bo’lib, aksiyadorlar tomonidan ularning manfaatlariga tajovuz sifatida qabul qilinadi.

  2. Qo’shib olish – aksiyadorlar guruhining (chetdan investorning) korxona ustidan nazorat o’rnatish jarayonida yuzaga keladigan nizolar.

  3. Dividendlar bo’yicha nizolar – yirik va mayda aksiyadorlar o’tasida korxona foydasidan foydalanish borasida yuzaga keladigan nizolar.

  4. Menejerlar bilan nizolar – aksiyadorlik jamiyatining menejerlari va aksiyadorlar o’rtasida kompaniyani boshqarish samaradorligi va menejerlar harakatlari vijdonanligi bo’yicha yuzaga keladigan nizolar.

  5. Raqobat – aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati va raqobatbardoshligiga putur etkazishga yo’naltirilgan nizolar.

  6. Korporativ shantaj - minoritar aksiyadorlar ishtirokidagi, aksiyadorlik jamiyati yoki uning yirik aksiyadorlarini minoritariylardan ularga tegishli aksiyalar paketini bozor qiymatidan qimmat narxja sotib olish yoki nizoni to’xtatish uchun voz kechish muzdi to’lashga undashga yo’naltirilgan nizolar.

Shuningdek, korporatsiya tomonidan aksiyadorlar huquqlarining buzilishiga olib keladigan asosiy harakatlar aniqlandi:

  1. Aksiyadorlar cheklangan doirasida joylashtiriladigan aksiyalar qo’shimcha emissiyasi (ko’pincha bozor narxidan past yoki ushbu kompaniya uchun etarli darajada iste’mol qiymatiga ega bo’lmagan aktivlar bilan to’lash kuzatiladi).

  2. Kompaniyaning startegik aktivlarini aksiyadorlar nazorati ostida bo’lmagan firmalarga o’tkazish yo’li bilan ajratib qo’yish (ko’pincha qayta tashkil qilingan muassasalar yordamida).

  3. Affilyastiyalangan shaxslar guruhi tomonidan nazorat paketini qo’lga kiritish maqsadida aksiyalar paketini «maydalash».

  4. Aksiyadorlarga qaytarib sotib olishda imtiyozli huquqlar bermagan holda nizom kapitalidan ancha katta bo’lgan miqdordagi summada qo’shimcha emissiya chiqarish.

  5. Aksiyadorlar bilan muvofiqlashtirish bo’yicha zarur jarayonlarni o’tkazmagan holda aksiyalar yirik paketlarini sotib yuborish.

  6. Mayda aksiyadorlarni chiqarib yuborishga yo’naltirilgan aksiyalarni konsolidastiyalash jarayonini amalga oshirish.

Sanab o’tilgan harakatlar aksiyadorlashtirishning u vositasida aksiyalarni xarid qilishda pul mablag’lari ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri investistiyalar shaklini oladigan mexanizm sifatidagi asosiy mazmuniga putur etkazadi.
Barcha nizolar xilma-xilligini tahlil qilib xulosa chiqarish mumkinki, korporativ boshqaruv muammolari asosan mulk egalaridan bittasi uning mulkiy huquqlaridan emas, balki boshqaruv funktsiyalaridan kelib chiqadigan ustunliklarni qo’lga kiritishi bilan bog’liq.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling