9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish jarayonida nizo
9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish 1. Ishlab chiqarishda nizo. Nizo haqida tushuncha. 2. Nizo turlati va ularning kelib chiqish sabablari. 3. Nizo jarayonining modeli. 4 Xodimlarni boshqarishda nizolarni oldini olish. Mavzudagi muammolar: 1. Nizolarning kelib chiqish sabablari. 2. Rahbarning nizoni bartaraf qilishdagi tutgan o‘rni. O‘zbek tilining izohli lug‘atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: “Nizo – bu o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug‘ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq”. Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o‘zaro janjallar sodir bo‘ladi. Odamlar janjal haqida o‘ylaganlarida dushmanlik, qo‘rqitish, bosqinchlik, tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi. Boshqarish jarayonida nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o‘rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kelaolmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir. Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi “ruhiy iqlim”ni yomonlashtiradi, kadrlar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. SHuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg‘unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Nizo qanday xarakterga ega bo‘lmasin va u qay darajada katta bo‘lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudgi keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak. Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, “ruhiy iqlim” yaxshi bo‘lgan hamda intizom ancha yuqori bo‘lgan joyda faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‘z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko‘zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilish, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‘lishi mumkin. Jamoa a’zolarining printsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar turli sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan: mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni; haq to‘lashning takomillashtirilmagani; yomon mehnat sharoitlarini; mehnat haqidagi qonunlarni buzishni; rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini; o‘zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasini va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Jamoa a’zolari orasida nizolarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling