Nikohni haqiqiy emas deb topish shart-sharoitlari


Download 116 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi116 Kb.
#1782571
Bog'liq
nikohni haqiqiy emas deb topish shart-sharoitlari


Nikohni haqiqiy emas deb topish shart-sharoitlari
Reja:



  1. Nikohdan ajratish to`g`risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko`rish asoslari

  2. Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi ishlarni ko`rish

Nikohdan ajratish to`g`risidagi ishlarni sudda va sudsiz ko`rish asoslari

Ko`p yillik tarixga ega bo`lgan o`zbek xalqi kadimdan ota-bobolar an`analariga sodik bo`lgan holda axlok prinsiplariga asoslangan oilani mustahkamlash, ona va bolalar manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish va har qaysi bolaga baxtli bolalikni ta`minlash, kishilarda oila oldida mas`ul bo`lish xissini tarbiyalash-nikoh va oila to`g`risidagi qonunchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblangan.


Sudlarning faoliyati O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoidalar asosida oilani har tomonlama himoyalashga, bolalarni Vatanga va oilaga sadokat ruhida ijtimoiy tarbiyaga mos holda to`g`ri tarbiyalashga, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish nikoh va oila munosabatlari borasidagi qonunlarni mustahkamlashga, fuqarolarni oila va jamiyat oldida javobgarlik xissida tarbiyalashga qaratilgan. Bu vazifalar nikohdan ajralish tartibi to`g`risida Oila kodeksi, «O`zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko`rishda qonunlarni qo`llash amaliyoti to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori buvazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga qaratilgandir.1
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasida belgilanganidek, nikoh er-xotinning hayotligida ulardan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq ajralish yo`li bilan tugatilishi mumkin. Sud ajralish to`g`risida ariza bergan er va xotinni yarashtirish uchun barcha choralarni ko`rishga majbur.

Bunday toifadagi ishlarni ko`rishda sudlar oilaning daxlsizligiga, milliy xususiyatlarga e`tibor berishlari lozim.


Amaldagi nikohdan ajralish to`g`risidagi qonunlarni shariat huquqiy me`yorlariga to`g`ri kelishini quyidagilardan anglash mumkin. Masalan, Shariatga ko`ra oila nikoh qilish bilan tuzilishi va agar er-xotinlardan birontasining vafot qilishidan keyin boshqa qandaydir sabablarga asosan hayotligida ajralishga to`g`ri kelsa talok qilish bilan buzilishi ko`rsatilgan.2
Sud va er-xotinning kelgusida birgalikda oilaviy turmush olib borish va oilani saqlab qolish imkoniyati yo`q deb topgandagina nikohdan ajratilishi mumkin.
Voyaga yetmagan farzandlari bo`lmagan er va xotinning ajralishlikka o`zaro roziliklari bo`lgan taqdirda, agar ular o`rtasida mulk to`g`risida va bir-birlarining ta`minoti uchun aliment undirilishi to`g`risida da`vo bo`lmasa, nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi (ZAGS)da bekor qilinishi mumkin.
Belgilangan tartibda bedarak yo`qolgan deb topilgan shaxslar, ruhiy kasallik yoki aqli zaif bo`lganligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek, kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga hukm qilingan shaxslar bilan bo`lgan nikoh ham fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida, ammo nizo bo`lgan taqdirda, bunday nikoh sud tartibida ko`rib hal qilinadi.
Demak nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlar ikki guruhga: birinchidan, nizosiz bo`lganligi tufayli fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ko`riladigan ajralish to`g`risidagi ishlar va ikkinchidan, ajraluvchilar o`rtasida nizo bo`lgani tufayli umumiy da`vo ishi tartibida sudda ko`riladigan ajralish to`g`risidagi ishlarga bo`linadi.
Ajralish to`g`risidagi ishlarning ikki guruhga bo`linishiga asos-er va xotinning ajralishga bo`lgan huquqlarini nizoli yoki nizosiz (ma`muriy tartibda) bo`lishligidir. Er va xotin ajralishga bo`lgan huquqlarini fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ikki holda birinchidan, ajralish uchun er va xotinning o`zaro rozi bo`lganlarida va ikkinchidan, ajraluvchi er va xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo`lmaganida-amalga oshiradilar.
Ajralishga bo`lgan huquqning nizosiz bo`lishligi tufayli fuqarolik holati dalodatnomalarini yozish organlarida ajralish huquqini beradigan boshqa yuridik faktlar ham bor. Bunday ishlarining ayrimlarini alohida tartibda ko`riladigan ishlar turkumiga kiritsa, ham asosli bo`ladi. Bular tubandagilar: birinchidan, er yoki xotinning belgilangan tartibda, daraksiz yo`qolgan deb tanilishi fakti: ikkinchidan, er yoki xotinning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tanilishi fakti: uchinchidan, er yoki xotinning jinoyat qilganligi uchun kamida uch yil muddatga hukm qilinishi fakti bo`ladi.
Ammo yuqorida ko`rsatilgan faktlar uz-uzicha ajralishga bo`lgan huquqning nizosiz bo`lishligini va binobarin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga ajralish to`g`risida murojaat qilish mumkinligini bildiradigan asoslar bo`lib hisoblanmaydi. qonun fuqarolik dalolatnomalarini qayd qilish organida bekor qilinishi uchun yana qo`shimcha shartlarni ham belgilaydi.nikohni qayd qilish organida ajralishni rasmiylashtirish uchun qamoqda bo`lgan er yoki xotinning arizasi yoki muomalaga layoqatsiz tarafning vasiysi tomonidan berilgan bolalar to`g`risidagi, er va xotinning umumiy mulki bo`lgan mulkni bo`lish to`g`risidagi arizasi bo`lmasligi yoxud mehnatga layoqatsiz er va xotinning muxtoj bo`lganligi sababli ta`minot to`lanishi to`g`risida nizo bo`lmasligi talab qilinadi.
Er va xotinning nikohni qayd qilish organlariga birgalikda yozma ariza berishlari va bu arizada nikohni bekor qilish to`g`risida har ikki tarafning iltimosi bayon etilishi kerak bo`ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga taalluqli bo`lgan nikohdan ajratish to`g`risidagi ishlar bu idoralarda ko`rib hal etishning iloji bo`lmaganligi haqida dalillar (bu organga ajraluvchilardan birini kelmasligi yoki ariza berishdan bosh tortganligi va hokazo to`g`risida shu idoralardan tegishli ma`lumotlar) bo`lsa, sud bunday ishlarni da`vo qo`zg`atish tartibida ko`rishga haqli. O`zbekiston Respublikasi 1969 yilgi «Nikoh va oila» kodeksida nikohdan ajratish ishlarini fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organlariga arizani qabul qilganidan so`ng uch oy o`tganidan keyin ajralish qayd qilingan. Bunda uch oylik muddat er va xotinning o`zaro yarashib ketishlari extimolini nazarda tutib belgilangan. Agar ko`rsatilgan uch oylik muddat davomida er va xotindan biri ajralishni istamasligini bildirsa, ajralish to`g`risidagi ish nizoli bo`lganligi tufayli sudda ko`rilgan edi. Amaldagi «Oila» kodeksida bunday huquqiy me`yor kiritilmagan. Bunday qoidani kiritilmaganligi bunday turkumdagi ishlarni ko`rishda shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilishiga asos bo`lishi mumkin degan fikrdamiz.
Agar er va xotinning ajralish to`g`risidagi niyatlari qat`iy bo`lsa, uch oy o`tgandan so`ng fuqarolik holati aktlarini yozish organi nikohni bekor qilinganligini qayd qilishga va ajralish to`g`risidagi er va xotinga guvohnoma berish lozim bo`lgan.

Er va xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo`lmagan holda o`zaro ajralishlikka rozi bo`lganlarida fuqarolik holati aktlarini yozish organi ajralishni qayd qilishda qonunda belgilangan miqdorida davlat boji undiriladi.


Bedarak yo`qolgan yoki ruhiy kasallik yoxud aqli zaiflik tufayli qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bilan yoinki jinoyat qilganligi uchun kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan bo`lgan nikohni bekor qilishni qayd qilishda boj belgilangan eng kam ish haqining ikki foizi miqdorida olinadi.1
Oila kodeksining 39-moddasida belgilanganidek, xotinning xomiladorlik vaqtida va bola tug`ilganidan keyin bir yil mobaynida er nikohdan ajralish to`g`risidagi ishni xotinning roziligisiz qo`zg`atishga haqli emas.nikohdan ajralish to`g`risidagi ishni qo`zg`atish uchun xotinning roziligi bo`lmasa, sud erdan da`vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar qabul qilingan bo`lsa, ish yuritishni tugatadi. Bulardan tashqari agar xotinning xomiladorligi va nikohdan ajralishga roziligi yo`qligi ishni kassatsiya va nazorat bosqichida ko`rish vaqtida ma`lum bo`lsa, ish rad etish asoslarini kengaytiradi.
Hududiy sudlovlik to`g`risidagi umumiy qoidalarga binoan nikohni bekor qilish to`g`risidagi nizoli ishlar javobgarning turar joyidagi sudga tegishli bo`ladi.
FPKning 241-moddasida da`vogarning tanlashi bo`yicha sudlovlik to`g`risidagi qoidalar berilgan. Bu moddada da`vogarga uning tarbiyasida voyaga yetmagan bolalari bo`lganida yoki salomatligi tufayli javobgarning turgan joyiga borish imkoniyati qiyinlashganida ajralish to`g`risidagi da`voni o`zining turgan joyida qo`zg`atishi mumkinligi to`g`risida amaldagi Fuqarolik Protsessual kodeksida yangi huquqiy me`yorni berilishi ona va bolalarni manfaatini ko`zlab ularga berilgan imtiyozlardan hisoblanadi. Sudlovlikni bu ko`rinishi bunday turkumdagi ishlarni o`ziga xos protsessual xususiyatiga ega ekanligini ham anglatadi.
FPKning 243-moddasiga ko`ra ajralish to`g`risidagi ish er va xotinning o`zaro kelishuvi bo`yicha har qaysilarning turar joyidagi sudda ko`rilishi mumkin.
Nikohdan ajralish haqidagi beriladigan arizaning ham xususiyatiga e`tibor berish lozim.
O`zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan nikohdan ajratish haqidagi ishlarni ko`rishda qonunlarni qo`llash amaliyoti to`g`risidagi 11 sentabr 1998 yil Plenum qarorida sudlovlik tushunchasiga yanada aniqlik kiritilib, bunga ko`ra agar Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga kirgan davlatlarga ketgan va manzilgoxi ma`lum bo`lgan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da`vo, da`vogarning xohishiga qarab (javobgarning oxirgi yashash joyi yoki uning yangi yashash joyida), Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tarkibiga kirmaydigan boshqa davlatlarga ketgan shaxslar bilan nikohdan ajratish haqidagi da`volar esa da`vogarning yashash joyidagi sudda qo`zg`atilishi mumkinligi ko`rsatilgan.1
Nikohni bekor qilish to`g`risidagi ariza protsessual hujjat bo`lib, uning bilan nikohni bekor qilish to`g`risidagi protsess (ish) qo`zg`atiladi. Arizada ajralish to`g`risidagi talab, ya`ni nikohni bekor qilish to`g`risidagi huquqning tan olinishi va himoya qilinishi to`g`risidagi talab bayon etiladi. Shu tartibda ajralish to`g`risidagi ariza o`zining mazmuni bo`yicha da`vo ishi bo`lib ko`riladi, binobarin har qanday da`vo arizaga nisbatan tadbiq etiladigan FPKning 148-149-moddalarining talablari to`la ravishda bu arizaga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Nikohni bekor qilish to`g`risidagi ariza faqat er-xotinning har ikkisi tomonidan yoinki ularning biri tomonidangina berilishi mumkin. Bu holat nikoh munosabatlarining birinchi navbatda shaxsiy munosabat bo`lishligidan va ajralishga bo`lgan huquqning shaxsiy ekanligidan kelib chiqadi.
Ajralish to`g`risidagi ariza sudya tomonidan qabul qilinishi paytidan e`tiboran, ajrashuvchi er va xotin fuqarolik protsessual taraflar bo`lib hisoblanadilar va qonun bilan belgilangan hamma protsessual huquqlarni oladilar.
Nikohni bekor qilish to`g`risidagi ariza yozma shaklda bayon etilishi lozim. Arizaning mazmunida er yoki xotinning ajralishni xohlashlarigina ko`rsatilmasdan, balki ajralish sabablari ham, shuningdek ajraluvchilarning familiyalari, ismlari, otalarining ismlari, tug`ilgan yillari va turar joylari ham ko`rsatilishi lozim. Arizada bu ma`lumotlarning ko`rsatilishi ishning taalluqli bo`lishligini to`g`ri belgilash va taraflarni sudga chaqirish uchun zarur.
Ajralish sababining arizada ko`rsatilishi ikkinchi tarafning sud majlisiga qadar bu sabablar (vajlar) bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishligi uchun va ajralishlikka rozi bo`lmaganida yoki ajralish sabablari bilan kelishmaganida ularni rad qiladigan dalillarni sudga keltirish mumkin bo`lishi kerak.
Bunday talablarga rioya qilingandagina sud o`ziga qonun bilan belgilangan vazifalarni, chunonchi ajralish sabablarini avvaldan aniqlash, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo`lgan guvohlarni belgilash, shuningdek taraflarni yarashtirish uchun choralar ko`rish vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Ajraluvchilarning farzandlari bo`lganida arizada ularning nomlari, yoshlari, shuningdek kim tarbiyasida bo`lishlari, er-xotindan qaysi biri bolalarni o`z qaramog`i va tarbiyasiga olishligi ko`rsatiladi. Bundan tashqari, bolalarni kelgusida boqish va tarbiyalash tartibi to`g`risidagi masala yuzasidan takliflarni ko`rsatadilar.
Agar oilaviy mulkni bo`lish to`g`risida talab bo`lsa, er va xotinning mulkiy ahvoli to`g`risida ma`lumotlar va mulkni bo`lish to`g`risidagi takliflar ko`rsatiladi.
Agar ariza beruvchi o`zining nikohga qadar bo`lgan familiyasini saqlashni xohlasa, u o`zining bu to`g`ridagi iltimosini arizada bayon etishi mumkin.
Ariza ajralish to`g`risida murojaat qilgan er yoki xotin tomonidan imzolanishi kerak. Arizaga bolalar to`g`risidagi va ularning ajralishi to`g`risidagi masalani hal qilish uchun zarur bo`lgan hujjatlar: fuqarolar holati dalolatnomalarini yozish organlaridan olingan guvohnomalar bolalarni tug`ilishi tug`isidagi hujjatlar, bolalarning kim bilan yashashlari va haqiqatda kimning boqimida bo`lishlari to`g`risida uylar boshqarmasining bergan ma`lumotlari, bolalarning ota-onalari oladigan ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar va boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Oilaviy mulkni bo`lish talab qilinganida-mulkning qiymati baholari da`vogarning arizasida ko`rsatiladi.

Ajralish to`g`risidagi ariza tuman (shahar) sudga berilishida eng kam ish haqining 50 foiz miqdorida davlat boji olinadi.1


Ishni sudda ko`rishga tayyorlash. Ajralish to`g`risidagi ishni sudda ko`rish uchun tayyorlash ham hamma fuqarolik ishlari kabi fuqarolik protsessining majburiy bosqichi bo`lib ko`riladi.nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash alohida muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, sudlar tomonidan bunday ishning tayyorlanishi yuzasidan qonunda belgilangan hamma talablar qat`iyan bajarilishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarini sudda ko`rishga puxta tayyorlash zarurligiga e`tibor berish lozimligi haqida yuqorida qayd qilingan 11 sentabr 1998 yilgi Plenum qarorining 12-bandida ta`kidlangan.1
12.Ishni sudda ko`rishga puxta tayyorlash zarurligiga sudlarning e`tibori qaratilsin. Sudya tomonidan FPKning 161-moddasiga muvofiq olib borilgan barcha tayyorgarlik harakatlari ajrimda o`z aksini topishi shart.
Sudya nikohdan ajratish haqidagi arizani qabul qilib, odatda javobgarni chaqirishi, uning ushbu arizaga munosabatini aniqlashi, er-xotinni yarashtirish choralarini ko`rishi shart. qolaversa sudya taraflarning har biri bilan alohida, shuningdek, ularning har ikkalasi bilan birgalikda oilani saqlab qolish masalasida suhbat o`tkazishi lozim.
Ishni sudda ko`rishga tayyorlash jarayonida sudya er-xotin o`rtasida sud tomonidan hal etiladigan boshqa nizoli masalalar bor-yo`qligini aniqlaydi, qanday talablar nikohdan ajralish haqidagi da`vo bilan birgalikda ko`rilishi mumkinligini tushuntiradi, taraflar o`rtasida muqaddam nikohdan ajralish haqidagi ish bo`lgan-bo`lmaganini aniqlaydi, agar bunday ish bo`lsa, uni taraflarning haqiqiy munosabatlarini aniqlash maqsadida, sud majlisiga ko`zdan kechirish uchun chaqiradi.
13.nikohdan ajratish haqidagi ishni ko`rishda sud er-xotinni yarashtirish va oilaviy vaziyyatni soglomlashtirish choralarini ko`rishga majbur.
Er-xotinni yarashtirish choralarini ko`rishda sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud o`z tashabbusiga ko`ra
ishni ko`rilishini boshqa vaqtga qoldirishiga va er-xotinga yarashishlari uchun «Oila» kodeksida ko`rsatilgan doirada, lekin uch oydan kam bo`lmagan muxlat belgilashga haqli.
Sudya yarashtirish uchun berilgan muddatda er-xotinni yarashtirish maqsadida, zarur hollarda ajrim nusxalarini ular yashaydigan joydagi xotin-kizlar qumitalariga va o`zini-o`zi boshqarish organlariga muhokama qilish va yarashtirish uchun yuborishi mumkin.
Nikohdan ajralish to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlashning o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa fuqarolik ishlarini sudda ko`rishga tayyorlashdan farqlanadi. Bunday ishlarda er va xotinning nikohdan ajralishga qaratilgan, uylamasdan shoshilishlik bilan qilingan harakatlarning oldini olish choralarini belgilash ham ko`zlanadi.
Sudya ajralish uchun murojaat qilgan er va xotinni ishning sudda ko`rilishiga qadar yarashtirishlik uchun choralar ko`rishi bu ishlarning muhim xususiyatlaridandir.
Musulmon huquqida oila huquqiy masalalarini naqadar muhimligiga e`tibor bergan holda oiladagi nizolar nikohdan ajralish darajasiga kelib qolgan taqdirda ham er-xotinni yarashtirishga qaratilgan choralarni qo`llash lozimligini uktiradi. Bunga ko`ra Kur`oni Karimda «Agar er-xotinning oralari buzilib ketishidan kurksangizlar, er tomonidan bir hakam, xotin tomonidan bir hakam chaqiringiz. Agar ular islox qilishni istasalar Ollox er-xotin orasiga ittifoklikni solur...1. Bu qoida oila kodeksida ham (40-modda) qandaydir shaklda o`z ifodasini (tayyorlov bosqichida ishni mazmunan ko`rishda ham) topgan.
Nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlarni sudda ko`rishga tayyorlash FPKning 158-160-moddalariga muvofiq o`tkaziladi.
Agar er va xotin bir shaharda, bir aholi yashaydigan hududda tursalar, sudya tubandagicha protsessual harakatlarni amalga oshiradi:
1. talab arizasini bergan tarafdan ajralishning sabablarini aniqlaydi, umuman ajralish to`g`risida berilgan arizaning mazmuni bo`yicha so`roq qiladi, ajralish vajlarini asoslash uchun va ajralish to`g`risida kuygan talablarning qanday asoslanganligi to`g`risida qanday dalillar borligini aniqlaydi va da`vogarga uning protsessual huquq va burchlarini tushuntiradi.
2. agar ajraluvchilarning voyaga yetmagan bolalari bo`lsa, ajralish to`g`risida ariza bergan er yoki xotinning bolalarni o`zida qoldirishi yoki o`ziga topshirilishi to`g`risida talabi bo`lish-bo`lmasligini yoki bu masala yuzasidan ular o`rtasida o`zaro kelishuv bo`lganligini va bunday kelishuvning nimadan iborat bo`lishligini belgilaydi.
3. da`vogardan alimentlar undirish to`g`risidagi talablari nimadan iborat bo`lishligi va o`rtada orttirilgan mulkni bo`lish to`g`risida qanday talablari bo`lishligi to`g`risida so`roq oladi.

4. da`vogardan uning arizasida ko`rsatgan talablari yuzasidan javobgarning qanday e`tirozlari bo`lishligini va sudga da`vogar tomonidan chaqirilishi lozim bo`lgan guvohlarni aniqlaydi.


5. da`vogardan tegishli hujjatlari, bolalarning tug`ilishi to`g`risidagi guvohnomalarni, bolalarning er va xotinning qaysi biri boqimida bo`lishligi to`g`risida fuqarolarning o`zini-o`zi boshqaruv idoralaridan ma`lumotnomani er va xotinning har qaysilari oladigan ish haqi miqdori to`g`risidagi ma`lumotni, er va xotinning turmush davomida orttirgan mulklari ro`yxatini, har qaysi buyumning qiymatini va hamma mulkning umumiy qiymatini ko`rsatib, topshirishini talab qiladi. Mulkning qiymati (bahosi) to`g`risida er va xotin o`rtasida kelishmovchilik bo`lgani holda sudya tovarlarni tekshirish ekspertizisini tayinlaydi.
6. Sudya javobgar tarafni ajralish to`g`risida berilgan ariza bilan tanishtirish va arz qilingan da`voga munosabatini aniqlash maqsadida so`roq qilish uchun chaqiradi. Javobgarning ajralish vajlari yuzasidan e`tirozlari bo`lish-bo`lmasligini, bolalarning taqdiri to`g`risidagi masalalar bo`yicha qanday e`tirozlari borligini, aliment talablari, mulkni taqsimlash masalalari yuzasidan qanday e`tirozlar nimalar bilan isbotlanishini so`raydi. Sudya javobgarga uning qanday protsessual huquq va burchlarga ega bo`lishligini tushuntiradi.
7. sudga javobgar tomonidan chiqarilishi lozim bo`lgan guvohlarni aniqlaydi va javobgardan uning e`tirozlarini tasdiqlaydigan boshqa zarur dalillarni talab qiladi.

8. ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilaydi, protsessga vasiylik va xomiylik organlari prokurori, jamoatchilik vakillari jalb qilish to`g`risidagi masalalarni hal qiladi.


Sudya odatda ishning sudda ko`rilishidan avval suhbatlashish uchun er va xotinning har ikkisini bir vaqtga chaqiradi.nikohdan ajratish bilan bog`liq nizoli ishlarning xususiyatlari umumiy qoidaga ko`ra er-xotinning bevosita o`zlari ishtirokida ko`rilishidir. Biroq qayd qilib o`tilgan Oliy sudning Plenum qarorida alohida hollarda bunday turkumdagi ishlarni ham vakillar orqali yuritishni mumkinligini ta`kidlaydi. Bularga taraflardan birini og`ir kasalligi uzoq muddat bo`lmaslik va boshqa holatlar nazarda tutilgan (qarorni 32-bandi). Agar er va xotin har qaysilari boshqa-boshqa tumanlarda yashasalar, ajralish to`g`risidagi ish esa da`vogar tarafning turar joydagi sudning ish yuritishiga qabul qilingan bo`lsa, javobgarni ajralish to`g`risida berilgan ariza bilan tanishtirish, javobgarni so`roq qilish va undan e`tirozlarni tasdiqlaydigan dalillarni talab qilish yuzasidan ishni sudda ko`rishga tayyorlash bo`yicha qilinadigan hamma harakatlar javobgar turgan sudya tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun ishni qabul qilgan sudi boshqa tuman (shahar) sudiga alohida topshiriq beradi.
Ishni sudda mazmunan ko`rish jarayoni.nikohdan ajralish to`g`risidagi ishning sudda ko`rilishida taraflarning ishtirok etishi zarur shart bo`lib, busiz sud o`zida oilani mustahkamlash bo`yicha yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi.
Sud majlisiga chaqirilgan taraflarning kelmasliklari tubandagicha oqibatlarni tug`diradi: birinchidan, taraflardan biri kelmaganida ishning ko`rilishi boshqa vaqtga qoldiriladi, taraflar qaytadan chaqiriladilar: ikkinchidan, agar javobgar ikkinchi marotaba chaqirilishda ham, uzrsiz sabablar bilan kelmasa, agar unga chaqiruv xatining topshirilganligi to`g`risida sudda ma`lumotlar bo`lsa, ish uning ishtirokisiz ko`riladi.
Ajralish to`g`risida ariza bergan er yoki xotin uzrsiz sabablar bo`yicha ikkinchi marotaba chaqirilishda ham sud majlisida hozir bo`lmasa, agar ish uning ishtirokisiz ko`rilishi mumkinligi to`g`risida undan ariza tushmagan bo`lsa, sud ko`rmasdan qoldiradi (FPKning 97-moddasi 5-bandi).
Ajralish to`g`risidagi ishni sudya ochiq sud majlisida ko`radi. Er va xotinning iltimosiga ko`ra hamda sud ajrimi bo`yicha zarur hollarda ajralish to`g`risidagi ish yopiq sud majlisida ko`rilishi mumkin.
Nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlar bo`yicha sud majlisida boshqa fuqarolik ishlari bo`yicha o`tkaziladigan sud majlisidan o`zining maqsadi, uni olib borish tartibi, usuli jihatdan ham farqlanishiga ahamiyat berish lozim. Bunday turkumdagi ishlarda sud ishning holatlarini uni mazmunan hal qilish uchungina emas, balki er va xotinni yarashtirish uchun choralar ko`rishi lozim.
Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlardan nikohdan ajralishga oid nizolarni sud amaliyotini umumlashtirishda yuqorida berilgan 1998 yil 11 sentabrdagi Oliy sud Plenum qarori o`zbekona urf-odatlar va milliy an`analarni hisobga olgan holda oilani mustahkamlash maqsadida zarur hollarda ajrim nusxalarini er-xotin yashaydigan joydagi xotin-kizlar qumitalariga: mahalla kengashlariga va uz-uzini boshqarish organlariga muhokama qilish va yarashtirish uchun yuborishi masalasini nazarda tutishi bunday ishlarni kelib chiqishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar ekanligini nazarda tutmok lozim.

Oilani mustahkamlash masalasining muhimligini e`tiborga olib qonunlarimiz sudlarga zarur hollarda ajralish to`g`risidagi ishning ko`rilishini boshqa vaqtga qoldirish hamda er va xotinga yarashish uchun muxlat tayinlash huquqini berdi. Bu muddat da`vo ishining holatlariga qarab sud tomonidan belgilanadi, ammo Oila kodeksining 40-moddasida ko`rsatilganidek, olti oydan oshmasligi kerak.


Agar sud nikohdan ajratish haqidagi da`vo talablarini rad etgan hollarda nikohdan ajratish bilan bog`liq bo`lgan boshqa talablar ham ko`rilmaydi. Masalan, mol-mulkni bo`lish, uy-joydan ko`chirish va hokazo.
Ajralish to`g`risidagi ish mazmunan faqat er va xotin o`rtasida yarashishlikka erishilmagan holdagina hal qilinishi mumkin. Sud har bir holda ham er va xotin o`rtasida bo`lgan munosabatlarni diqqat bilan tekshirishga, ishning barcha holatlarini diqqat bilan tekshirishga, ishning barcha holatlarini aniqlashga majbur.
Agar sud ajralishi to`g`risidagi ishning qo`zg`atilishi chukur uylanilgan va asoslantirilgan vajlar bo`yicha bo`lganligini va nikohni kelgusida saqlash axlok prinsiplariga zid keladi deb-bilsa va er-xotinning kelgusida birga yashashlari uchun lozim darajadagi sharoitlar yaratilishi mumkin emasligiga va bolalarni tarbiyalash uchun kerakli sharoitlar bo`lmasligiga ishonsa, nikohdan ajralish to`g`risida qaror chiqarishi lozim.
Nikohdan ajralinishi oilani buzilishiga ham olib kelishligini e`tiborga olib, mustaqil respublikamizning fuqarolarini oilani mustahkamlash masalalariga jiddiy e`tibor bermoklari lozimligi masalalariga qator imkoniyatlar yaratib berayotganligi shu nizolarni oldini olishga qaratilgandir.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlar bo`yicha chiqargan qarorlarida er va xotin o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni jiddiy va diqqat bilan urganishga, har safar bolalarning manfaatlarini e`tiborga olib, oilani saqlash uchun mavjud bo`lgan imkoniyatlardan foydalanish zarurligiga e`tiborni jalb qiladi. Bulardan tashqari sud taraflarga yarashish uchun muxlat berishda ham, shuningdek ishni mazmunan ko`rishda ham, oilani saqlab qolish manfaati uchun extiyoj yuzaga kelgan hollarda jamiyat vakillarini ishga jalb qilish masalasini hal qilishi mumkin.


Nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlarning ko`rilishi juda murakkab va muhim protsess bo`lib, suddan ko`p narsalarni, jumladan, ishni ko`rishga alohida e`tibor berishni, turmush tajribalariga ega bo`lishni, qonunlarni bilib tadbiq etishni talab qiladi. Sudga ajralish to`g`risida murojaat qiluvchi er-xotinlar o`rtasida mavjud bo`lgan munosabatlarni aniqlash, tekshirish yuzasidan ancha qiyin masalalarni hal qilishga, ularni yarashtirish uchun choralar qidirishga to`g`ri keladi.
Ajralish to`g`risidagi ishning sudda ko`rilishi shunday tarzda o`tkazilishi kerakki, u o`zining asosiy maqsadiga erishishi, ya`ni chukur uylamasdan nikohdan ajralishning oldini olish, oilani saqlab qolish yoki agar, darhaqiqat zarur bo`lsa, ajralish to`g`risidagi iltimosni kanoanlantirish lozim bo`ladi.
Ajralish to`g`risidagi ishning uylab har tomonlama mulohaza qilib o`tkazilishi, ajraluvchi er va xotinda, shuningdek sud majlisi zalida bo`lgan barcha fuqarolarda chukur ta`sir qoldiradi. Sud majlisi qonunga, istiklol axlok normalariga hurmatda bo`lishga tarbiyalashi, er va xotinni o`z oilalarini mustahkamlash zarurligini anglashga majbur qilishi, ularni chukur uylamasdan nikohdan ajralishga bo`lgan niyatlaridan bosh tortish zarurligiga ishontirish kerak.
Sudning hal qilish qarori va uning mohiyati.nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlar yuzasidan chiqariladigan sudning hal qiluv qarori katta huquqiy ahamiyatga ega bo`lib, er va xotin uchun nihoyatda jiddiy oqibatlar tug`diradi, ularning kelgusida hayotlari, turmushlarining qanday bo`lishligi to`g`risida chukur uylashga, mulohaza qilishga majbur bo`ladi. Oliy sud bunday turkumdagi ishlar yuzasidan chiqariladigan hal qiluv qarorlarni chiqarishda uning mazmuniga e`tibor berish lozimligi haqida sudlarga rahbariy tushuntirishlar berib, bunga ko`ra: hal qiluv qarorining asoslantirish qismida sud tomonidan aniqlangan er-xotin o`rtasidagi kelishmovchiliklarning sabablari sudning oilani saqlash imkoniyati borligi yoxud uni batamom barbod bo`lganligi haqidagi xulosaga kelishi uchun asos bo`lgan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni inobatga olmasligi uchun asos qilib olgan vajlari,1 sud qo`llagan qonunlar ko`rsatiladi.
Nikohdan ajratish haqidagi da`voni qanoatlantirish to`g`risidagi hal qiluv qarorining xulosa qismi taraflarning barcha talablari bo`yicha, shu jumladan, birgalikda ko`rish uchun birlashtirilgan talablari bo`yicha ham sudning xulosalarini o`z ichiga olishi lozim. hal qiluv qarorining bu qismida nikohdan ajratilganlikni fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish kitobida ro`yxatdan o`tkazish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar (nikoh qayd qilingan vaqt, akt yozuvining soni, nikohni qayd qilgan organning nomi, 18 yoshgacha bo`lgan bolalarning soni) ham ko`rsatilishi lozim.
Er-xotinning familiyalari hal qiluv qarorida nikoh qayd etilganlik haqidagi guvohnoma asosida yoziladi.nikohga kirgan vaqtda familiya o`zgargan bo`lsa, hal qiluv qarorining kirish qismida nikohgacha bo`lgan familiya ham ko`rsatiladi. hal qiluv qarorida er-xotindan qaysi biridan va qaysi miqdorda davlat boji undirilishi va er-xotindan qaysi biri uni to`lashdan ozod qilinganligi haqida to`liq va aniq ma`lumotlar ko`rsatilishi shart.
Nikohdan ajratilgan holda er-xotindan undirilishi lozim bo`lgan davlat bojining miqdorini belgilashda sud ularning har birini moddiy ahvolini, oilani barbod bo`lishidagi aybi darajasini va boshqa muayyan holatlarni, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning er-xotindan qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi.
Sudning nikohdan ajralish to`g`risidagi talabni qanoatlantiradigan qarori qonuniy kuchga kirganidan boshlab, ajralishni qayd qilish uchun ZAGS organiga murojaat qilganda bunday ajralish qayd qilingan vaqtdan e`tiboran er va xotin bir-birlariga nisbatan bo`lgan huquq va burchlari tugatilgan bo`ladi.
Sudning ajralish qarorida undirilishi lozim bo`lgan davlat bojining er va xotinning qaysi biridan va qancha miqdorda olinishi kerakligi, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish tartibi ko`rsatiladi va qaror sud (sudya) tomonidan imzolanadi.
Sudning nikohdan ajratish to`g`risidagi qarori faqat ajralishga bo`lgan huquqning tan olinganligini bildiradi.nikohdan ajralish to`g`risida hal qiluv qarori chiqarilgandan so`ng ham er va xotinlarga o`zlarining harakatlari oqibatlari to`g`risida yana bir marotaba qaror qonuniy kuchga kirgunga qadar uylash, mulohaza qilish uchun fursat beriladi.

Nikohdan ajratish to`g`risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan sudning hal qiluv qarori FPKning 310-323-moddalariga muvofiq umumiy asoslarda shikoyat qilinishi mumkin.


Bu turkumdagi ishlarni kassatsiya va nazorat tartbida ko`rishda quyi sudlar tomonidan ko`rilgan ishlar bo`yicha yo`l qo`yilgan moddiy va protsessual huquq normalarini jiddiy buzilganligini aniqlash zarur bo`ladi.
1944 yil 8 iyulda chiqarilgan Farmon, chukur uylamasdan ajralish natijasida oilaning buzilishidan saqlash maqsadlarida nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlar yuzasidan boshqa fuqarolik ishlari bo`yicha olinadigan davlat bojini miqdoriga nisbatan oshiqrok summada boji olinishini belgilagan edi. Amaldagi qonunlarda esa, sud nikohdan ajralish to`g`risidagi arizaning berilishida to`lanishi lozim bo`lgan eng kam ish haqining 50 foiz miqdoridan tashqari sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarish paytida nikohdan ajratish to`g`risidagi hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda er-xotindan har ikkalasi yoki ulardan biri to`laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, ularning har biri to`laydigan boj miqdorini belgilaydi (Oila kodeksining 45-moddasi). Bunday ishlar bo`yicha undiriladigan davlat boji boshqa fuqarolik ishlari bo`yicha olinadigan oddiy davlat bojidan o`zining maqsadi va tayinlanishi jihatidan farq qiladi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha olinadigan davlat boji ishni yuritish bo`yicha sud xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida belgilanadi.nikohdan ajrash to`g`risidagi ishlar bo`yicha olinadigan davlat boji esa boshqa asosiy maqsadni chukur uylamasdan ajralishning oldini olish maqsadini ko`zlaydi va chukur uylamasdan ajraluvchi er va xotinlarga iktisodiy, moddiy ta`sir etish chorasi bo`lib ko`riladi.
Boshqa fuqarolik ishlarida olinadigan davlat bojining summasi qonun bilan belgilanadi va da`vo talablarining miqdoriga yoki da`voning bahosiga bog`liq bo`ladi hamda da`vogar tomonidan da`vo arizasi berilishida to`lanadi.nikohdan ajralish to`g`risidagi talab qanoatlantirilgan hollardagina, undiriladigan boj sud tomonidan yuqoridagi ko`rsatilganidek belgilanadi va shu bilan birga bu boj faqat da`vogardan yoki javobgardan yoxud taraflarning har ikkalasidan undirilishi mumkin bo`ladi (Oila kodeksining 45-moddasi).
Boj summalarining miqdorini belgilashda sud taraflarning moddiy ahvolini, ishning haqiqiy holatini, ajraluvchilarning aybli bo`lish darajalarini e`tiborga oladi. Sud taraflarning ahvoliga qarab, er-xotindan birini yoki har ikkisini bojni to`lashdan ozod qilish huquqiga ham egadir.

Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi ishlarni ko`rish.


Nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni ko`rishda hal qilish tartibi nikohdan ajralish to`g`risidagi da`volar va ularning ko`rilishining protsessual tartibidan farq qiladi.


Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi da`volar ham sudga taalluqli qilingan. Bunday turkumdagi ishlar nizoli ishlar bo`lganligi sababli umumiy da`vo ishlarini ko`rish tartibida hal qilinadi (Oila kodeksining 40-moddasi, FPKning 239-moddasi).
qonunda belgilangan nikoh tuzish shartlarini buzib qayd qilingan nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, jumladan, nikoh tuzish uchun nikohlanuvchilarning o`zaro roziliklari bo`lmasa, boshqa bekor qilinmagan nikoh mavjud bo`lsa, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb tanilgan shaxs bilan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikohga kirilgan bo`lsa.
Taraflarning yoki ulardan birining oila ko`rish maqsadini ko`zlamay qayd qilingan (soxta nikoh) nikohlari ham haqiqiy emas deb topiladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi ishlarni ko`rishda sudning vazifalari ham nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlarni ko`rishdan boshqacha. Bunday ishlarni ko`rishda qonun sudlarga er va xotinni yarashtirish va oilani saqlash majburiyatini yuklamaydi, chunki davlat ham, jamiyat ham qonunni buzib tuzilgan nikohni himoya qilmaydi.
Nikohdan ajralish to`g`risidagi ishlarning ko`rishning protsessual xususiyatlari nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi ishlarga joriy qilinmaydi.nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi da`volar nikohdan ajralish to`g`risidagi da`volardan: da`voning asoslari, ishning predmeti jihatidan ham, bunday da`volarni qanoatlantiradigan hal qiluv qarorlarining huquqiy oqibatlari jihatidan ham farq qiladi.nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi da`voning asoslari Oila kodeksining 49-56-moddalarida ko`rsatilgan. Bunday da`volarning predmeti nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi talab, ya`ni ish bo`yicha da`vogar va javobgar o`rtasida huquqiy munosabat (nikoh)ning bo`lmaganligini belgilash to`g`risidagi talab bo`ladi.

Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi da`voni qanoatlantirib chiqarilgan sudning hal qiluv qarori mazkur nikohning qayd qilinishi fakti-huquqiy munosabatning (nikohning) vujudga keltirilmaganligini, er va xotin uchun o`zaro huquq va majburiyatlar tug`dirmaganligini tasdiqlaydi. Ammo nikohning haqiqiy emas deb topilishi bunday nikohda bo`lgan davrda tug`ilgan bolalarning huquqlariga ta`sir etmaydi (Oila kodeksining 56-moddasining 3-qismi). Haqiqiy emas deb topilgan nikohda bo`lgan shaxslardan tug`ilgan bolalar bilan teng huquqga ega bo`ladilar.


Ajralish to`g`risidagi da`voni qanoatlantirish to`g`risida chiqarilgan sudning qarori ajralish uchun huquqning bo`lishligini tasdiqlaydi. Sudning bunday qarori kuchga kirishi paytidan e`tiboran nikoh tugatilgan hisoblanadi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o`n kun muddat ichida undan ko`chirma nikoh tuzilganligi ro`yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborilishi lozim (Oila kodeksining 50-moddasi).
Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling