9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf qilish yo‘llari
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli.
Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf qilish yo‘llari
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni qo‘yidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. 1. Tarkibiy-tashkiliy usullarga: ishga bo‘lgan talabni tushuntirish. muvofiqlashtirish va integratsiyalash. umumtashkiliy kompleks maqsadlar. mukofatlashtirishning tarkibiy tizimini takomillashtirish. 2. Strategik usullar: uzoqlashash. silliqlashish. majburlash. kelishuv. Muammoni hal qilish. Ta’kidlaganimizdek, rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta bu ham qandaydir aniq holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi faktorlarning faqat bittasidir. SHu sababli rahbar eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so‘ngra esa u yoki bu usulni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. Tarkibiy-tashkiliy usullarga qo‘yidagilar kiradi. Ishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunktsional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir xodim va bo‘limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu erda ularga qo‘yidagilar eslatiladi: erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami; kim axborotni topshiradi va kim uni qabul qiladi; mas’uliyat, javobgarlik va vakolat tizimi; aniq siyosat, tartib qoidalar va h.k. Rahbar bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda har bir xodim va bo‘lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog‘i lozim. Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi. Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko‘ra darama-daraja bevosita itoat qilish, bo‘ysinish tartibini o‘rnatish kishilarning o‘zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi. Agar ikki yoki undan ko‘proq bo‘ysinuvchilar o‘rtasida u yoki bu masala yuzasidan qarama-qarshilik kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday ixtilofni ularning tegishli boshliqlariga ayttirib hal qilish mumkin. Bu erda yakka hokimlik printsipi juda ham qo‘l keladi. Nizoli vaziyatlarni boshqarishda: boshqarish ierarxiyalarini; funksiyalar aro aloqani ta’minlovchi xizmat bo‘limlarni. funksiyalar aro guruhlarni; maqsadli guruhlar va bo‘limlar aro majlislarni integratsiyalash ham juda katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘zaro bir biri bilan uzviy bog‘langan sotish va ishlab chiqarish bo‘limi o‘rtasida nizoli vaziyat etilganligi payqab qolinsa, shu zamonoq uning oldini olish yoki bartaraf etish uchun buyurtma va sotishni muvofiqlashtiruvchi oraliq xizmat organi tuziladi. Aynan shu organ sotish bo‘limi bilan ishlab chiqarish bo‘limiga qo‘yilgan talab, aytaylik, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq bandligi, baho, mahsulotlarni etkazib berish grafigi va hakazo aloqalar aniqlanadi va shu tarzda qaysi bo‘lim haq, qaysi biri nohaqligi o‘rnatilib, nizo chiqish oldi olinadi. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling