9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


O‘ch olishga urinish qimmatga tushadi


Download 147.96 Kb.
bet16/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

2. O‘ch olishga urinish qimmatga tushadi.
Gipertoniya bo‘lgan bemorlarning aksariyati xafaqonlikdan og‘rib qoladi. Ularning doimiy aziyat chekishi tufayli qon bosimi ko‘tariladi. Yuragida og‘riq paydo bo‘ladi.
Qadimdan bir maqol bor: “Kimki xafa bo‘lishni bilmasa tentak, kimki o‘zini xafa bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa u donishmanddir”.
Muxoliflardan qasd olishga urinish-bu kishining o‘ziga qimmatga tushadi. Keling, yaxshisi, general Eyzenxauer qilgandek, o‘zimiz yoqtirmaydigan kiщilarga vaqt sarflamaylik.

3. Qanday qilsangiz minnatdan aziyat chekmaysiz?
Inson tabiati shunday, u tashakkur bildirishni unutib qo‘yishi mumkin. SHuning uchun, biz agar har safar tashakkur eshitishga o‘zimizni tayyorlab tursak, bosh og‘riqni ko‘prok orttirib olgan bo‘lamiz. Biz quvnoq va baxtli bo‘lishni istadikmi, keling, kimningdir raxmatini yoki minnatini o‘ylamaylik. Kimgadir nimadir berganimizdan o‘zimiz xursand bo‘laveraylik.
Minnat xuddi yovvoyi o‘t bo‘lsa, minnatdorchilik atirguldir. Uni avaylash, sug‘orish, sevib o‘stirish lozim. Agar bizning bolalarimiz minnatdor bo‘lishmasa, bunda kimni ayblash kerak deb o‘ylaysiz. Menimcha faqat o‘zimizni.

4. Siz o‘zingizda borini million dollarga alishtirgan bo‘larmidingiz?
Ikkala ko‘zingizni million dollarga tuhfa qilarmidingiz? Oyoqlaringizni necha pulga sotardingiz? Qo‘llaringizni-chi? Bolalaringizni, oilangizni-chi? Hisoblab chiqsangiz, o‘zingiz nimalarga ega ekanligingizni tushunib etasiz. Bu boyliklaringizni Rokfeller, Fordov, Morganovlarning oltinlarini hammasini to‘plasa ham alishtirmas edingiz, to‘g‘rimi?
Biz esa mana shuning qadriga etamizmi? SHopengauer aytganidek: “Biz o‘zimizda borini juda kam o‘ylaymiz. Nuqul etishmayotgan narsalar haqida qayg‘uramiz. Siz ham, biz ham o‘zimizdan uyalishimiz kerak. Har kuni ertakdagidek go‘zallik qo‘ynida yashaymiz-u biroq bularni sezmaymiz. Agar g‘am-tashvishsiz, to‘laqonli hayotda yashashni boshlamoqchi bo‘lsak, baxtsizligimizni emas, omadimizni xudoning marhamati deb, hisoblaylik.

5. O‘zligingizni toping va o‘z-o‘zingiz bilan bo‘ling. Unutmang, er yuzida xuddi Sizdek ikkinchi odam yo‘q.
Dunyo, insonning hayot tarzi eskicha bo‘lganidek, istak ham o‘z-o‘zidan eskicha bo‘lishi mumkin. Istamaslik esa asab tolalari va kompleksining qaysar jarayonidir. O‘z aqli, tanasi qanday bo‘lsa shunday bo‘lishini emas, qandaydir boshqa kishi bo‘lishga tashna baxtsiz odam yo‘q. Tashvishlardan xotirjam bo‘lishni istasangiz quyidagi gapga amal qiling: “Boshqalarga taqlid qilmang. O‘zligingizni toping, yarating. O‘z-o‘zingiz bilan bo‘ling”.


Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling