9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


Agar Sizga limon tegib qolsa, limonad qiling


Download 147.96 Kb.
bet17/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

6. Agar Sizga limon tegib qolsa, limonad qiling
Mabodo Sizga limon tegib qolsa, bezovtalikni yo‘qotish uchun undan limonad qilishingiz kerak. Agar limon tentakka tegib qolsa, u buni rad etadi va shunday deya noliydi: “Men tolei past odamman. Taqdirim o‘zi shunday. Bundan qutulishimning hech qanday iloji yo‘q”. Mabodo limon dono kishiga tegib qolsachi? U quyidagicha fikr yuritadi: “Bu limonni qanday qilib limonadga aylantirsam bo‘ladi?” Inson va uning yashirin imkoniyatlarini o‘rganishga butun umrini baxshida etgan buyuk pedagog Adler Alfred, odamning eng g‘aroyib qobiliyatlaridan biri, manfiyni musbatga aylantirish sanaladi, deb aytgandi.
Aytaylik, biz shunday holatga tushib qoldikki, limonad yasolmaymiz. Lekin ikkita sabab borki, nima bo‘lmasin biz buni qilishga urinib ko‘rishimiz kerak. Birinchidan, biz g‘alabaga erishishimiz mumkin. Ikkinchidan, g‘alabaga erishmagan taqdirimizda ham, manfiyni musbatga aylantirishga shunchaki urinishimiz orqaga emas, oldinga qarashimizga majbur etadi, salbiy hissiyotlarni ijobiysiga alishtiradi. Bu esa ijodni shunday tomonga yo‘naltiradiki, o‘tgan hodisaga aza tutib o‘tirishga vaqtimiz qolmaydi.

7. Qanday qilib ikki xaftada tushkunlikdan forig‘ bo‘linadi.
Mashhur psixiatr Adler Alfred tushkunlikdan aziyat chekkan bemorlariga oddiygina qilib shunday der edi: “Siz o‘zingiz davolanishingiz mumkin. Buning uchun har kuni kimnidir, nima bilandir shod qilishingiz mumkinligini o‘ylashga harakat qilishingiz va bu maslaxatga rioya etishingiz darkor”. U har kuni yaxshilik qilishni tavsiya etardi.
“Yaxshilik kimningdir chehrasida tabassum yoritishdir”, deydi Muhammad payg‘ambar. Nima uchun yaxshilik qilgan kishilar kayfiyatida ajoyib o‘zgarish yuz beradi? Chunki kimnidir xursand qilish ishtiyoqi o‘zi haqidagi doimiy fikrlarini — eng asosiy sabab bo‘lgan xavotir, qo‘rquv, tushkunlik tuyg‘ularini haydaydi. Agar Siz tushkunlik kayfiyatini yo‘qotaman, xotirjamlik va shodlik qo‘ynida yashayman desangiz, o‘zingiz haqingizda o‘ylamang, boshqa kishilarga qiziqish bilan qarang, har kuni boshqalarga shodlik keltiradigan qandaydir yaxshilik qilishga harakat qiling.



Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling