9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


*** Ikkinchi nasihat


Download 147.96 Kb.
bet19/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

***

Ikkinchi nasihat: do‘st, dushman orasida yuz qizartiradigan narsalarni ishlashdan hazar qiling, go‘zal hulqli bo‘lish bilan sharaf kasb eting. To‘g‘ri yo‘ldan bir qarich ham ayrilmang. Adabsiz tarbiyasiz bilan oshna bo‘lsangiz, ular sizni o‘z yo‘llariga tortadilar, darajangizdan tushiradilar. Omonatlaringizga xiyonat qiladilar, sirlaringizni fosh etadilar.
***

Uchinchi nasihat: boshqalarning ayblarini ko‘rgan vaqtingizda o‘z ayblaringizni ham tushining, o‘z aybini ko‘rgan kishi boshqalarning aybi bilan shug‘ullanmaydi. g‘lg‘onchilik bilan shuhratlanmang, hammaning nazaridan qolasiz. Har kimning darajasini biling. Bilmagan narsangizni bilmayman deyishdan uyalmang. O‘zingizga kerak bo‘lmagan so‘zlarga aralashmang.
***

To‘rtinchi nasihat: istagan narsangiz bo‘lmay qolsa, qayg‘urib, betoqat bo‘lmang, sabr qiling. Kelgusi kunlaringizni o‘ylang. Xoh to‘g‘ri, xoh noto‘g‘ri bo‘lgan narsa uchun sira ham qasam ichmang. Ochiq joyda qilish uyat bo‘ladigan ishlarni yashirin joyda ham qilmang.
***

Beshinchi nasihat: bir kishi uchun ikkinchi bir kishi bilan orangizni buzmang. ular mabodo do‘stlashib qolsalar, siz uyalib qolasiz. Go‘zal ishlarni ko‘rib turuvchi ko‘zlar va yozib turuvchi qalamlar bordir. Aqlingiz - eng to‘g‘ri nasihatgo‘y. Nodonlikdan boshqa dushmandan qo‘rqmang. Ilm nurini buzuqlik suvi bilan o‘chirmang. Odob-ahloq kiymidan boshqa go‘zal kiyim topilmaydi, buni unutmang.
***

Oltinchi nasihat: orangizda adovat, ginajo‘ylik davom etayotgan bo‘lsa ularni bartaraf qilib do‘stlashing.
***

Ettinchi nasihat: odamlardan ayb axtarib yuruvchi bo‘lmang, o‘zaro kelisha olmay bir-biringizdan uzoqlashib ketmang, balki do‘stlashing, bir oila a’zolari kabi bir-biringizga mehr-muxabbatli bo‘ling. Zarurat bo‘lmasa, birovdan hech narsa so‘ramang, uning minnatini ko‘tarib yurmang.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling