9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
*** Sakkizinchi nasihat
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
SHarqning mashhur hakimi va tabibi Abu Bakr Roziy aloma tabiblar, donolar va shogirdlari huzurida inson salomatligining sirlari haqida bahslashishni sevardi. Ana shunday bahslarning birida zukko bir tabib so‘z olib, bunday dedi: insondagi hamma kasalliklarni sababi shamollashdir. SHamollashdan saqlangan odam hech qachon dard ko‘rmaydi. Bir-ikki tabiblar ham uning fikr-zikrini ma’qullab: “To‘g‘ri, to‘g‘ri” deb qo‘yishdi. Lekin Abu Bakr Roziy bu gapga e’tiroz bildirdi. men bu fikrga qo‘shilmayman,-dedi u boshini sarak qilib, -tumov bo‘lish, shamollash, tomoq og‘rig‘i kabi dardlar hamma xastaliklarga sabab bo‘lavermaydi. Zero, tumovni shamollashni, tomoq og‘rig‘ini davolasa bo‘ladi. Insondagi ko‘p xastaliklarga asab, ruhiyat, kayfiyat sabab bo‘ladi. Asab emirildimi, asab hujayrasi o‘ldimi, uni tiklab bo‘lmaydi. Asab a’zo-tanimizda nimalar bilan bog‘liq?-so‘radi doyaga zukko tabib: Abu Bakr aytdi: Inson asabi juda ham yuzaki, lekin qudrati juda ham zo‘r. Asab tomirlarni bo‘g‘adi, ichki a’zolarni emirilishiga olib keladi. SHuning uchun odamlar “Kuch quvvatdan ketdim, asablarim tamom bo‘ldi”,-deyishadi. Yana bir hakimu-hoziq so‘radi: Asabni qanday qilib asrasa bo‘ladi? Abu Bakr Roziy bunday deb javob berdi: Asabni saqlaydigan asosiy omil- tinchlik, xotirjamlik. Emirilayotgan asabni yaxshi hordiq, shirin uyqu va samimiy kulgu saqlab qoladi. Tajang, jahldor va ko‘inchak odamning asabi tez emiriladi. Bunday odamlar o‘zining ham, boshqalarning ham etini eydi. Sabr toqatli, mehr-muhabbatli, zo‘r irodali odamlar, har qanday nafsini tiya olishga qudrati etgan odamlarning asabi mustahkam bo‘ladi. Asabning qimmatini hech bir xazinaga tenglashtirib bo‘lmaydi. Davrada o‘tirgan aqli donish tabibu hakimlar Abu Bakr Roziyning mulohazasiga, tabiblikdagi aqliy muhofazasiga tasannolar aytishdi. Asab haqida ayrim mutafakir, donolar quyidagi dil so‘zlarini aytishgan.
Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling