9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


BAXT VA HALOVATGA ERISHISHNING ETTI QOIDASI


Download 147.96 Kb.
bet18/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

BAXT VA HALOVATGA ERISHISHNING ETTI QOIDASI
1.Qoida. “Bizning fikrimiz qanday bo‘lsa, hayotimiz shundaydir!”
SHuning uchun ham fikringizni tinchlik, jasurlik, salomatlik, umid haqidagi o‘y-xayollar bilan to‘ldiring.
2.Qoida. Dushmaningizdan qasd olishga urinmang, aks holda Siz o‘zingizga unga qaragandayam ko‘proq ziyon etkazasiz. General Eyzenxauerdek o‘zingiz suymagan odamlar haqida bir daqiqa ham o‘ylamang.
3.Qoida. a) Kimnidir minnatdor bo‘lmaganligidan ranjimasdan, buni oddiy hol deb hisoblaylik. Iisus Xristos o‘n nafar moxovni davolaganda ulardan faqatgina bittasi tashakkur aytganini eslaylik. b) Baxtga, shodlikka erishishning yagona yo‘li minnatdorchilikni kutmay, qilgan yaxshiligingizdan qoniqish hosil qilishdir.
4.Qoida. Baxtsizligingizni emas balki barokatingizni, rohatingizni hisoblang.
5. Qoida. Boshqalarga tahlid qilmang. O‘zingiz bilan bo‘ling, chunki “hasad-bu johillik”, “tahlid-bu o‘zini o‘zi o‘ldirishdir”.
6. Qoida. Agar taqdir Siga limon ato etsa, Siz undan limonad qiling.
7. Qoida. Og‘riq joylaringizni unutish uchun, ozgini bo‘lsa ham boshqalarga sevinch keltiring. Kimgaki yaxshilik qilar ekansiz, bilingki bu bilan Siz eng avvalo o‘zingizga yaxshilik olib kelgan bo‘lasiz.

6. Donolar asabiylik haqida
Rizouddin ibn Faxriddin xotirjamlikka chorlovchi 11ta nasihatni qoldirgan. U mashhur Rizouddin ibn Faxriddin

***
Birinchi nasihat: odamlarning ko‘ngillarini og‘ritmang. Nodon va xiyonatchilarga siringizni aytmang, ular bilan kengashmang. Olim va fozillarga ergashing. Muruvvat ahllaridan qarzdor bo‘lsangiz, va’da qilgan kuningizda topshiring. Qo‘lingizdan kelgan xizmatni hech kimdan ayamang. Har kuni boshingizni yostiqqa qo‘ygan vaqtingizda kun bo‘yi qilgan ishlaringizni birma-bir ko‘zdan kechiring, yaxshi ish qilgan bo‘lsangiz, sevining, ma’nosiz ishlaringiz bo‘lsa qayg‘uring, tavba qiling. Ertasi kuni nima ishlar qilishinigizni yaxshilab o‘ylab bir qarorga keling, shu qaroringiz bo‘yicha ish olib boring.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling