6. Qipiqni arralashga urinmang Qipiqni arralash mumkin emas, chunki uning o‘zi arralangan. O‘tgan voqea ham xuddi shundaydir. Bo‘lib o‘tgan iztirobli xodisani eslab qayg‘rurishingiz qipiqni arralashga o‘xshaydi.
...Podshohning butun boshli otliq qo‘shiniyu, askarlari ham o‘tmishni qaytarolmaydi. SHuning uchun qipiqni arralashga urinmang.
SHunday qilib, bezovtalik Sizni har doim tamom qilmasidan burun undan qutulish yo‘llari
1-qoida. Ish bilan doim band bo‘lish bezovtalikni siqib chiqaradi. Faol harakat bu eng yaxshi davo vositalaridan biridir.
2-qoida. Arzimas narsalarga kaygurmang. Mayda-chuydalarni deb baxtingizning buzilishiga yo‘l qo‘ymang.
3-qoida. Sizning ahvolingizdan qayg‘urayotganlarga nisbatan ehtimollar nazariyasi qonunini qo‘llang. Ehtimol, bundan battar nimadir ro‘y berishi mumkin edi-ku?
4-qoida. Buni oldini olib bulmaydigan voqea bilan solishtiring. Agar ahvol Sizning ixtiyoringizda emasligini, uni o‘zgartirish qo‘lingizdan kelmasligini bilsangiz, o‘zingizga shunday deb taskin bering: “Ha, bu shunday bo‘ldi, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi”.
5-qoida. O‘zingizni vaqtida tuxtatishni uddalang. Bezovtalikka yoki boshqa holatga nisbatan ko‘proq “tovon to‘lamaslik”ning qaysi chorasini kurishni o‘zingiz uchuy hal qiling.
6-qoida. O‘tgan hodisa o‘z-o‘zini go‘rga tiqaversin. Qipiqni arralamang.
D.Karnegin tinchlik va baxt yaratishning ettita yo‘li to‘g‘risida o‘z fikrini bildirgan. Ular quyidagilardan iborat:
1. Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan sakkizta so‘z
Bizning qanday bo‘lishimiz fikrimiz qanday bo‘lishiga bog‘liq. Tafakkurimiz taqdirimizni belgilaydi. “Insonning o‘zligi, kun bo‘yi nima haqida o‘ylaganidadir”, degandi Emerson.
Bizning asosiy muammomiz fikrning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlashdir. Rim faylasufi Mark Avreliy aytgan taqdirimizni o‘zgartiradigan quyidagi iboralarda jon bor. O‘qib oling:
“Bizning xayotimiz — fikrimiz qanday bo‘lishiga bog‘liq. Siz o‘zingiz o‘ylaganingizday emas, balki Siz nima haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz shunday kishisiz”.
Agar Siz qalbingiz xotirjam va baxtli bo‘lishni istasangiz yorug‘ kunlar haqida o‘ylang, bardam bo‘ling. SHunda Siz o‘zingizni quvnoq va tetik his qilib yurasiz.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |