9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
Stress va uni boshqarish
Stress – inglizcha (stress) so‘zidan olingan bo‘lib, asabiylik, keskinlik degan ma’nolarni anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug‘ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo‘lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashda” deb aytishadi. SHu ma’noda asabiy tushunchasi: salga asabiylanaveradigan, bo‘lar-bo‘lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi; asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik; asablarning ko‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat (janjal, baqiriq, chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi. Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sels asabiylashishni odam yoki hayvon organizmining harqanday ta’sirga o‘ziga xos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo‘linadi: 1. Boshlang‘ich ta’sirichanlik (emotsnonal) tuyg‘usi(g‘alayon); a’zoyi badandagi kuchlarni safarbarlikka tortilishi; 2. Qarshilik ko‘rsatish bosqichi. 3. Toliqish bosqichi. Stress-bu oddiy va ko‘p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo‘lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo‘lmasligi mumkin, ammo favqulodda stresslar insonga tashvish keltirishi mumkin. SHuning uchun har bir rahbar yoki xodim: yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog‘i lozim. Nol holatdagi asabiylashish bo‘lishi mumkin emas. Ya’ni asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo‘q. Tanida joni bor ekanmi, har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi. Ammo: Haddan tashqari asabiylashishdan qochish kerak. Uning oqibati kutilmagan noxushlikka olib keladi. Stressga duchor bo‘lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindosh-urug‘, ishda ijodiy ishlarni ko‘proq qilish kerak. Sabr-qanoatli bo‘lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo‘lish, o‘zini chalg‘itish lozim. Mashaqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech bo‘lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe’l, tavozelik bo‘lish, o‘zaro hurmat, komil inson bo‘lish kerak. Sterssning sodir bo‘lishiga asosan ikki yo‘nalishdagi omillar sabab bo‘ladi. Tashkiliy sabablar: ish faoliyatidagi noaniqlik. haddan tashqari ko‘p ish yoki kam ish bilan band bo‘lish. qiziqmagan ish bilan band bo‘lish. ish sharoitining yomonligi. demokratlishtirishning ustivorligi va hokazo. SHaxsiy, ichki sabablar: fiziologik sabablar. ruhiy sabablar. oiladagi noxushliklar. mansabga intilishdagi omadsizliklar. tahlika tug‘diruvchi sabablar va hokazo. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling