9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


Download 147.96 Kb.
bet7/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

* Kibri havoli shaxs. Bular:

  • o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar;

  • o‘zgalarning fikri bilan hisoblashmaydilar;

  • o‘zlarining hatti harakatiga tanqidiy nuqtai nazardan qaramaydilar;

  • jizzaki, terisi yupqa, salga xafa bo‘ladilar;

  • atrofdagilarga yovuzlikni qovushtirib tarqatadilar.

* Jilovsiz shaxs. Bular:

  • o‘z o‘zini juda ham sust nazorat qiladilar

  • beixtiyor harkatlari bilan ajralib turadilar;

  • tajavuzkor bo‘ladilar;

  • hech ham tushunib bo‘lmaydigan kishilardir.

* O‘taaniq shaxs. Bular:

  • ortiqcha talabchan bo‘ladilar;

  • hardoim shubhada bo‘ladilar;

  • vahimachi bo‘ladilar;

  • ikr-chikirga beriluvchan bo‘ladilar.

* Maqsadga yo‘naltirilgan shaxs. Bular:

  • nizoni o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini amalga oshirishda qurol sifatida ko‘radilar;

  • o‘z manfaati yo‘lida atrofdagilarga qalloblik qiladilar, nayrang ishlatadilar.

* Nizosiz shaxslar. Bular o‘zlarining harakatlari bilan ko‘nglini topishi bilanoq yangi nizolarni ijod etadilar.

Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar
Nizoning kelib chiqishi va to‘qnashishning sodir bo‘lishi bir butun jarayon bo‘lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

  1. Nizoli vaziyat.

  2. Nizo sabablari.

  3. Nizoning kengayib ketish mumkinligi.

  4. Vaziyatni o‘z vaqtida sezish-nizo kelib chiqmaydi.

  5. Nizo kelib chiqadi.

  6. Nizoni boshqarish.

  7. Funktsional va disfunktsional oqibatlar.

Bu jarayonining birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug‘iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi obyektiv ravishda namoyon bo‘ladi. Ammo ochiqdan ochiq to‘qnashuv sodir bo‘lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki “merosdan” qolgan nizoning ta’sir ostida vujudga kelishi mumkin.
Nizoli vaziyatni obyektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama qarshi turuvchi tomonlarning o‘zlari yoki ularning muxoliflari sababchi bo‘lishi mumkin. Ular turlicha daraja(rang)ga ega bo‘lgan tomonlardir. Masalan:

  • darajali muxoliflar- bu shaxslar;

  • darajali muxoliflar- bu guruhlar;

  • darajali muxoliflar- bu tashkilotlar;

  • darajali muxoliflar- bu dialog chog‘ida o‘z-o‘zidan qaror qabul qiluvchi shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo‘lishida ularning ta’siri deyarli bo‘lmaydi.

Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri- bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi obyektdir. Ko‘pincha shu obyektni “bo‘lishaolmaslik” yoki uni “bo‘lishdagi” adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar o‘zlarining manfaatlari yo‘lida hal qiluvchi mavqeni egallashga urinadilar.
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir:

  • haddan tashqari hissiyotga berilish;

  • fikrini aniq izhor eta olmaslik;

  • bir-birini tushunishini xohlamaslik;

  • asosga ega bo‘lmagan noshukurlik va hokazo.

Nizo sabablari (2 bosqich) va uning kengayish ehtimoli (3-bosqich)ni o‘z vqtida sezish (4-bosqich)nizoning yuzaga chiqmaslikka olib keladi. Agar jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraladigan bo‘lsa, u holda nizoning kelib chiqishi tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug‘iladi. Boshqarishning samaradorligiga qarab nizoning oqibatlari funktsional va disfunktsional ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin (7-bosqich).
Nizoning ettita funktsional oqibati ma’lum. Bu oqibatlar nizoni boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat:

  • nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma’qul qaror qabul qilinishida namoyon bo‘ladi. Qarama qarshi tomonlar nizo yechimiga teng manfaat nuqtai nazaridan yondoshilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o‘z navbatida nizo yechimi bo‘yicha qabul qilinadigan qaror to‘siqlarini, ya’ni qarama-qarshi tomonlarning bir biriga bo‘lgan:

  • adovatni;

  • xusumatni;

  • dushmanlikni;

  • adolatsizlik kabi g‘arazli to‘siqlarni yumshatishga yoki butunlay yo‘qotishga imkon beradi.

Funktsional oqibatning boshqa ko‘rinishida qarama-qarshi tomonlarning ko‘proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‘rtada nizo chiqarmaslikka bo‘lgan moyilliklari namoyon bo‘ladi.
Funktsional oqibat qarama-qarshi tomonlarning o‘zaro sir saqlashlari, go‘yo “aytiladigan fikr ular manfaatlariga zid keladi”, degan gumon bilan aytilmayin qolgan firklarda ham o‘z aksini topishi mumkin. Aslini olganda bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga undaydi, chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizo sabablari va obyektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga “tashxis” qo‘yish2ga undaydi.
Funktsional oqibat ochiqdan-ochiq ko‘rinishdagi noroziliklarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ular turli nuqtai nazarlar mohiyatini ochishda, qo‘shimcha axborotlarni olishda, muqobil yechimlarni topishda tomonlar uchun imkon beradi.
Agar nizolarni boshqarishning samarali yo‘llari topilmasa, u holda maqsadga erishishga xalaqit beruvchi qo‘yidagi ko‘rinishdagi disfunktsional oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni:

  • qoniqmaganlik, mamnun bo‘lmaslik, norozilik;

  • yomon ruhiy holat;

  • qo‘nimsizlikning oshishi;

  • mehnat unumdorligining pasayishi;

  • kelajakda hamkorlikning susayishi;

  • o‘zining guruhiga ko‘proq sadoqat va boshqa guruhlar bilan raqobatni susaytirish;

  • qarshi tomonni faqat “dushman” deb gumonsirash, o‘zining maqsadini ijobiy, qarshi tomonning maqsadini esa faqat salbiy deb o‘ylash;

  • hamkorlikka chek qo‘yish va qarama-qarshi tomonlar bilan nizoga chiqish;

  • o‘zaro munosabat va hamkorlikni susaytirib, adovatni, xusumatni kuchaytirish;

  • urg‘uni o‘zgartirish: diqqat e’tiborni ko‘proq real muammoni yechishga emas, balki nizo jarayonida “g‘olib” chiqishga qaratish.

Bu oqibatlar faqat salbiy tomonga ishlaydi va nizo etilmagan bo‘lsa etiltirishga, to‘xtab to’rgan bo‘lsa qo‘zg‘atishga, jiddiy bo‘lmasa jiddiylashtirishga, to‘qnashish ehtimol bo‘lib to’rgan bo‘lsa uni realga aylanishiga xizmat qiladi. Qisqasi, adovat tegirmoniga suv qo‘yadi.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling