9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formal guruh xodimlarning
Shaxslar o‘rtasidagi nizo ko‘p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo‘lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o‘rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo‘yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo‘ladi.
Shaxslar to‘qnashuvi ham shaxslar aro nizo tufayli bo‘lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birini tushunavermaydi. Garchi bir ko‘rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslar aro nizolarning 75-80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo‘ladi. Shaxs bilan guruh o‘rtasidagi nizolar odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo‘lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, u yoki bu dotsentning o‘zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2-3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umum kafedra manfaatiga zid keladi. Chunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotiraolmay, o‘lda-jo‘lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o‘rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday holat rahbarning biror bir bo‘lim xodimlariga nisbatan qo‘llagan no o‘rin jazosi rahbar bilan guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvga olib kelishi mumkin. Aholida shaxsning guruh bilan to‘qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida bo‘ladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘llaridan biri uning narxini nisbatan pasaytirish yo‘lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama qilish jarayoida bir guruh xodimlar bunday yo‘l korxona zimmasiga yuklatilgan rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo‘l mahsulot sifatining pasayishiga, uning ustiga ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgn aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligiga shama qilib, bu yo‘lning noto‘g‘riligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Bu erda bir guruh xodimlarning fikri a’lohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bo‘ladi. Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o‘zaro munosabati ikki tarkibiy doirada: formal (yoki rasmiy) va noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi. Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko‘rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o‘zaro munosabatlariga ko‘ra beligalanadi. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling