9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish


Umumtashkiliy kompleksi maqsadlar


Download 147.96 Kb.
bet9/22
Sana30.04.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1414714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)

Umumtashkiliy kompleksi maqsadlar. Bu usulning mohiyati - barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadining amalga oshishiga safarbar qilish. Masalan, ishlab chiqarish bo‘limining uchala smenasi o‘rtasida nizom vaziyat sodir bo‘ladigan bo‘lsa uning oldini olish uchun darov smenalar maqsadlari asosida bo‘limning umumiy maqsadi aniqlab olinadi. Endi har bir smenaning rahbari bevosita smena manfati nuqtai nazardan emas, balki bo‘limning umumiy maqsadi nuqtai nazardan qaror qabul qiladi.
Mukofatlanishning tarkibiy tizimi. Disfunktsional oqibatlardan xoli bo‘lish hamda kishilarning xatti harakatlariga ijobiy tasir o‘tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofatlash tizimini keng qo‘llaniladi. Umumtashkilot, umumkorxonaning kompleks maqsadlariga erishishda jonbozlik ko‘rsatgan, muammoning yechimiga komplek yondoshib yon tarafdagilarga yordam ko‘rsatishga harakat qilganlar albatta:

  • tashakkurnoma;

  • mukofot;

  • xizmat lovozimini ko‘tarish kabilar bilan taqdirlanishlari lozim.

Bu o‘rinda faqat mukofotlash emas, balki g‘ayri qonuniy ish tutgan, yoki umum korxona manfaatiga zid hatti - harakat qilgan hodim va bo‘limlarga tegishli jazolarni belgilash ham kelib chiqish mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishda hal qiluvchi rol o‘ynashini ta’kidlamoq joizdir.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum.
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning echilishiga manfattdor bo‘lmagan va o‘zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tomonidan qo‘llaniladi. Bunday voqelik ziddiyat ham etilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning lavozim darajalari yaqin bo‘lgan hollarda kuzatiladi.
Agar ziddiyat subyektiv sabablar tufayli bo‘lgan bo‘lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyatni yana bir bor fahmlab olishga, anglamoqga, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo‘q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat obyektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag‘buliyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho‘ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi yara gazak oladi.

Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling