9-mavzu. Nizo va stresslarni boshqarish
Download 147.96 Kb.
|
курилишда менежмент маруза 9 (2) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq nizolar
Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidagi norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligini, xarakterlarning o‘xshashligini, o‘zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi.
Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi. Guruhlararo nizolarga: bo‘limlar bilan bo‘limlar o‘rtasidagi; ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi; bo‘limlar bilan ma’muriyat o‘rtasidagi; * bo‘limlar bilan kasaba uyushmasi o‘rtasidagi nizolar misol bo‘laoladi. Bu turdagi nizolar ayniqsa chiziqli boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o‘rtasida sodir bo‘ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko‘rinadi. SHtabli boshqaruv guruhlarida band bo‘lganlar odatda chiziqli boshqaruv guruhlarida band bo‘lganlarga qaraganda yosh va iqtidorli kishilar bo‘ladi. Ular ko‘pincha ko‘cha so‘zlari bilan muomala qilishni xush ko‘radilar. Bu esa guruhlar o‘rtasidagi muomalani jiddiylashtiradi. Chiziqli rahbarlar axborotlarni olish nuqtai nazardan shtabli rahbarlarga tob’e ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin. Ekstremal sharoitda chiziqli rahbarlar shtabli rahbarlar tomonidan qilinadigan tavsiyalarning shunday variantini ataylab tanlaydilarki, bu variant pirovard natijada mazkur ishning barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu harakat mutaxassislarni “o‘z o‘rniga qo‘yish”, yoki o‘ch olish maqsadida qilingan harakat bo‘ladi. Bundan g‘azablangan shtabli rahbarlar chiziqli rahbarlarni axborotga kirib borishini yanada qiynlashtirib ularni o‘zlariga tob’eligini kuchaytiradi. Bunday hollarda nizoli vaziyatga sharoit tug‘iladi va bora-bora u pishib to‘qnashish sodir bo‘ladi. Bir korxona doirasida uning bo‘limlarining maqsadlari bir biriga mos tushmasligi sababli ham nizolar tez-tez chiqib turadi. Masalan: korxonaning muayyan bo‘limi o‘zining mahsulotlarini chetga sotib yuqori foyda olishni, shu korxona doirasidagi bo‘limlarga past narxda sotib foyda olishdan afzal ko‘radi; kunduzgi smenada band bo‘lgan tibbiy xodimlar ishchilarga xizmat ko‘rsatish darajasi past bo‘lagnligidan kechki smenadagi band bo‘lgan tibbiy xodimlar ustidan shikoyat qilishlari mumkin va aksincha; tovarlarni sotish bo‘limi iste’molchilarning talabini qondirish uchun har doim omborda ko‘proq tovar g‘amlamasining etarli bo‘lishini xohlasa, ishlab chiqarish bo‘limi esa bundan manfaatdor emas, chunki bunday ish tutish ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga, bu esa o‘z navbatida mahsulot bahosining oshishiga olib keladi. Guruhlar aro nizolar o‘z tabiatiga binoan aralash nizolardir. Chunki ularning vujudga kelishi barcha yuqoridagi nizo turlarining ta’siri ostida bo‘ladi. Mavhumligiga qarab nizolar ochiq yoki yopiq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ochiq nizolar odatda qarama qarshi tomonlarning ko‘z oldida, to‘g‘ridan to‘g‘ri vujudga keladi. Ular to‘qnashish sodir bo‘lgunga qadr to‘liq etilgan bo‘ladi. Bunday nizolar rahbariyat nazorati ostida to’rganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug‘dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi. Download 147.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling