1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar
Download 67.5 Kb.
|
umuka temir
1§.Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar. Domnasiz pechlar temir rudali materiallarining tiklanishi turli maqsadlarda o‘tkaziladi. Ba'zan, bu jarayon oldindan tiklanish deyiladi, bunday tarzda olingan material esa oldindan tiklangan material deyiladi. Bu atamalar uncha aniq emas. Ushbu materiallardan kelgusida foydalanish (har qanday metallurgik agregatlarda) ruda tiklanishida qancha metall hosil bo‘lganligi muhim ahamiyatga ega. Shunga bog‘liq holda, tiklangan rudalarni metallanish (yoki agar tiklash darajasi uncha yuqori bo‘lmasa, qisman metallanish deb atash to‘g‘riroqdir, ularning sifatini esa maxsus kattalik (miqdor) bilan – metallanish darajasi bilan baholash lozim, bu materialdagi metalli temir miqdorining undagi umumiy temir miqdoriga (ya'ni, oksidlangan va metalli temir yig‘indisiga) nisbatidan iborat, %: Umumiy temirni va metallanish darajasini bilib, agregatga tushadigan metalli temirning miqdorini (massasi bo‘yicha) aniqlash mumkin. Ba'zida metallanishning samarali darajasi tushunchasidan foydalaniladi: bunda, [S] – metall bilan qoplangan materialdagi uglerod miqdori, %. formula – empirik formula, lekin uning ma'nosi juda aniq. Metall bilan qoplangan materialda ishtirok etuvchi uglerod qayta eritish davomida temir oksidlarining qolgan kislorodini olishi mumkin: FeO+S=Fe+SO, bunda 1 kg temirga 12/56 = 0,214 kg uglerod talab etiladi. Metall bilan qoplangan materialda umumiy temir miqdorini 100 % ga yaqin deb hisoblab (kichikroq xatoliklar bilan), uglerodning har bir besh qismi metallanishning bitta qo‘shimcha foizini beradi, deb qabul qilish mumkin. Endi “ruda” atamasida har qanday temir rudali materialni: ruda, aglomerat, okatish, konsentratni va b.larni tushunish lozim. Metallanish jarayoni tugashini tiklash jarayonida chiqarib yuborilgan temir bilan bog‘langan kislorodning nisbiy miqdorini tavsiflovchi “rudaning tiklanish jarayoni” atamasi yordamida ham aniqlash mumkin: bunda, Rk– tiklanish darajasi; Oud – tiklanishda chiqarib yuborilgan kislorod massasi;OFe (bosh) va OFe (kon) - mos ravishda dastlabki va oxirgi holatda temir bilan bog‘langan kislorod. Tiklanishning yuqori darajalarida mahsulotda qolgan temir oksidi FeO dan ifodalangan, deb aniq hisoblash mumkin. Bu holatda gematitli xom ashyo uchun magnetitli xom ashyo uchun Metall ishlab chiqarishning yangi usullarini tavsiflovchi qator atamalardan foydalanishga e'tibor berish lozim. Maxsus adabiyotlarda xom ashyoni metallanish, temirni bevosita olish, temirning domnasiz (domnadan tashqari) metallurgiyasi kabi nomlanishlar uchraydi. Bizning nazarimizda, bulardan birontasi texnologiya va jarayonlar mavjudligini to‘liq qamrab ola olmaydi, u shuning uchun aniq ustunlikka ega emas. Ayniqsa, “temirni bevosita olish” atamasi noaniq atamadir, chunki bu ma'nosi bo‘yicha bitta agregatda dastlabki rudadan oxirgi po‘latni olish degandan boshqa narsa emas. Metallurgiyaning 200 yildan ortiq tarixida bunday jarayon yaratilgan emas, faqat ma'lum bo‘lgan metallurgik agregatlardan eng samaralisi - xom puflashli (sirodutniy) gorn bundan istisno. Hatto kritsali gornda eng eski, katta talafotlar bilan tutashtiriladigan temirni cho‘yanga aylantirish usuli ham xom puflashli (sirodutniy) gorn jarayonidan maqbuldir. Hozirgi vaqtda sanoatda qo‘llaniladigan barcha jarayonlar yoki sanoatli tekshiruvdan o‘tgan jarayonlar ikki bosqichli hisoblanadi (birlamchi materialni yoki yarim mahsulotni olish va uni po‘lat eritish pechlarida qayta eritish). Aftidan, cho‘yan metallurgiyasi va po‘lat metallurgiyasi tushunchalariga o‘xshashligi bo‘yicha yangi yo‘nalishni temir metallurgiyasi deb atash mumkin. Temir metallurgiyasi uchun tavsiya etilgan usullarning ko‘pchiligi uni tasniflash lozimligiga olib keladi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, olinadigan mahsulot turi bo‘yicha tasniflash eng afzal hisoblanadi: • domna pechlari uchun qisman metall bilan qoplangan (metallanish darajasi 30-50%) materiallarni olish; • po‘lat olish bilan po‘lat eritish agregatlarida qayta eritish uchun qattiq holatda (g‘ovak temir) metall bilan yuqori darajada qoplangan (metallanish darajasi 85-95%) mahsulotni olish; • turli maqsadlar uchun, shu jumladan, qiyin boyitiladigan, Kambag’alva kompleks rudalarni pirometallurgik boyitishning varianti sifatida plastik holatdagi (kritsali temir) metallangan mahsulotni olish; • po‘lat eritish pechlarida qayta eritish uchun suyuq metallni (cho‘yan yoki yarim mahsulot) olish. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling