1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


Download 67.5 Kb.
bet15/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umuka temir

30§. Materiallarni tejash
Cho‘yanni domnali eritish
Temirning asosiy talafotlari boyitishga to‘g‘ri keladi (ajratib olish darajasi 88% teng qabul qilingan). Temirning 99,5-99,8 % cho‘yanga o‘tishini hisobga olib, temir ajratib olishning umumiy koeffitsienti 88 % tashkil etadi. Yo‘ldosh elementlarni ajratib olish ko‘rsatkichlari turli elementlar uchun turlicha va asosan, tayyorlov operatsiyalariga bog‘liqdir.
Birlamchi metallni qattiq fazali olish
Bu sxemada temirning talafoti boyitish bosqichlaridagi (80-90 %, qabul qilingan 85 %) va metallanishning shaxta pechidagi (metallanish darajasi 90 % yaqin, shunga ko‘ra, 10 % temir eritishda shlakka o‘tadi) talafotlaridan kelib chiqadi. Temir ajratib olishning umumiy darajasi 0,85∙ 0,9 = 0,77.
Birlamchi metallni faqat yo‘ldosh elementlardan xoli bo‘lgan rudalardan olish uchun metallanishning shaxta pechidan foydalanishni hisobga olib, ularni tejash muhokama qilinmaydi.
Tiklash-eritish” usuli bilan metall olish
Temirning harakati, asosan, domnali eritish bilan mos keladi, shuning uchun ajratib olish koeffitsienti 0,88 teng deb qabul qilinishi mumkin. Yo‘ldosh elementlar harakatiga tegishli bo‘lgan, chop etilgan ma'lumotlar yetarlicha ishonchli emas. Qator natijalar qarama-qarshi xususiyatga ega. Masalan, marganetsning 0,6 teng bo‘lgan cho‘yanga o‘tish koeffitsienti tasdiqlanmaydi, masalan, fosfor harakati ko‘rsatkichlari bilan (o‘tish koeffitsienti 0,8). Shuning uchun shartli ravishda qabul qilish mumkinki, asosiy elementlarning cho‘yanga o‘tish koeffitsientlari yaqinroq, lekin domnali eritish uchun tegishli bo‘lgan ko‘rsatkichlardan ancha kichik.
Eritish-tiklash” usuli bilan metall olish
Tayyorlangan shixtada eritishda va shlakda FeO ning 3 % dan oshmagan miqdorida temirning cho‘yanga o‘tish koeffitsienti 0,99 va undan ortiqni tashkil etadi. Bu holatda temirning harakati domna pechdan foydalanish sxemasi uchun tegishli bo‘lgan ko‘rsatkichlardan deyarli farq qilmaydi.
Domnada eritishdan farqli ravishda, yo‘ldosh elementlar harakati shunga olib keladiki, bunda ularning asosiy miqdori shlakka o‘tadi, uning yuqori bo‘lmagan chiqishi esa yo‘ldosh elementlarni keyinchalik ajratib olishni tejamli qiladi. Bundan tashqari, eritishda gazli muhitga o‘tgan elementlar (rux, ishqorlar va b.) tutib qolinishi va keyinchalik ulardan foydalanish mumkin.
Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling