1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar
Download 67.5 Kb.
|
umuka temir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22 § . Ekologik muammolar
- 23 § . “Tiklash-eritish” jarayonini o‘tkazish sharoitlari va asosiy tavsiflari
21§. Materiallarni tejash.
Koreks jarayonini ishlab chiqqanlar JARda sanoatli qurilma ishining aniq natijalarini juda to‘liq bo‘lmagan ravishda bayon etadilar. Keltirilgan ma'lumotlar bir-biriga ziddir. Masalan, avval foydalanishga kiritilgan yarim sanoatli qurilma ishlashi ma'lumotlari bo‘yicha temirning cho‘yanga o‘tish darajasi 99,5 % (shlakda FeO miqdori 1%, marganets 60%), biroq, domnali eritishdan farqli ravishda shlakda 20 % fosfor yo‘qotiladi. Oxirgi tafovut vanadiy, xrom, titan, NEM (RZM) va boshqa qimmatbaho yo‘ldosh elementlarning bo‘lishini ishonch bilan ma'lum qilish imkonini bermaydi. Ruxning va boshqa ishlab chiqarish chiqindilarini tashkil etuvchilar qandayligi noaniqdir. 22§. Ekologik muammolar Atrof-muhitga chiqindilar chiqarilishi, asosan, ko‘mirning uchuvchan moddalari bilan bog‘liq. Oxirgilar eritish agregatining 1100 ºC haroratli yuqori qismiga yo‘naladi. Jarayon mualliflarining fikricha, furmali zona ustidagi hajmida bo‘lishning cheklangan vaqti davomida ko‘mirning kokslanish jarayonlari va СO,СO2,Н2, СOS oddiy birikmalarga murakkab uglevodorodlar parchalanishi tugashga ulguradi. Metallanish shaxta pechidan chiqadigan gazlar tarkibini tajribada aniqlamasdan muhokama qilish jiddiy ikkilanishlarni keltirib chiqaradi. Tiklagich-gazning tez sovushi esa, aksincha, keyingi taqdiri nima bo‘lishi kuzatilmaydigan kokslashning ajralib chiqadigan mahsulotlari barqarorlashishiga yordam beradi. Qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, СOSС kabi xavfli moddaning ozgina otqini ham ma'lum darajada xavotirlanishga sabab bo‘ladi. Har qanday holatda ham ko‘mirni kokslash mahsulotlari kabi juda qimmatbaho kimyoviy xom ashyodan foydalanish mexanizmi yo‘qligi ushbu jarayonning resurslarni tejash darajasini pasaytiradi, shunga ko‘ra, uning rivojlanish istiqbollariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 23§. “Tiklash-eritish” jarayonini o‘tkazish sharoitlari va asosiy tavsiflari Amaldagi Koreks qurilmasining tajribasi tiklash-eritish yo‘nalishi rivojlanishining ayrim sharoitlarini va istiqbollarini aniqlash imkonini beradi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 1. Ko‘mirdan va gorn gazlari kimyoviy imkoniyatini foydalanishga tiklashning yuqori darajasidan foydalanish bilan suyuq metall olish jarayoni iqtisodiy va texnologik qo‘llanilishi aniq sharoitlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2. Suyuq fazali tiklanishdan farqli ravishda “tiklash-eritish” jarayoni qayta ishlangan hamda quyma cho‘yan, shuningdek, yuqori darajada marganets miqdorli cho‘yan olinishini ta'minlaydi. 3. 1t cho‘yanga ko‘mir sarfi, aniqki, 800-900 kg dan past bo‘lmaydi, bunda shaxta pechida temirni tiklash sharoitlari limitlovchi (belgilovchi) hisoblanadi. 4. Jarayon uchun 600-700 m3/t miqdorda texnik kislorod bilan majburiy ta'minlash talab etiladi. 5. Jarayon faqat bo‘laklangan temir rudali xom ashyo mavjudligida amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, bo‘laklash fabrikasi bo‘lishi majburiydir. 6. Ikkita agregatning mavjudligi va ular ishlashini bir-biriga moslash (sinxronlash) talablari cho‘yan olish qurilmasining me'yoriy faoliyat yuritishi uchun qiyinchiliklar tug‘diradi. 7. PJV agregati bilan taqqoslaganda, Koreks qurilmasi juda past solishtirma unumdorligi bilan farq qiladi. 8. Jarayonni boshqarish usullarini yaqqol ko‘rib bo‘lmaydi (cho‘yan tarkibini tartibga solish, eritish agregatidagi harorat va b.) 9. Asosiy resurs-ekologik xususiyatlar noaniq. Cho‘yan, shlak va gaz o‘rtasida elementlar taqsimlanishi koeffitsientlari noma'lum. Shuning uchun bu jarayonda kompleks polimetall rudalarni qayta eritish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmaydi. Jarayonning atrof-muhitga ta'sirini tahlil qilishda jiddiy muammolar yuzaga kelishini taxmin qilish mumkin. Shubhasizki, shuning uchun sanoati rivojlangan davlatlarda shunga o‘xshash zavodlarni qurish loyihalari haqida ma'lumotlar mavjud emas. 10. Global retsiklingni amalga oshirishda bu jarayonning roli ko‘rib chiqilmaydi. Tiklash-eritish yo‘nalishini rivojlantirishning istiqbollari, shubhasiz, juda cheklangan. 2000 yilgi ma'lumot – jahondagi ishlab chiqarishda yiliga 5 mln. t cho‘yan amalda isbotini topmadi. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling