1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


§. Koreks jarayoniga energiya xarajatlari


Download 67.5 Kb.
bet10/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umuka temir

20§. Koreks jarayoniga energiya xarajatlari.
Temir oksidlarini tiklash: 

1 kg temirga 67,2/112= 0,6 m3 tiklovchi gaz sarflanadi, bunda (0,35)- 0,6/0,35 = 1,7 m3/kg undan foydalanish darajasi hisobga olinadi.


Bilvosita tiklash darajasini 1 ga teng deb olamiz. Bunda eritish agregatida FeO tiklashgacha hisobga olinmaganligi hisobiga xatolik FeO bevosita tiklash reaksiyasining endotermik samarasini hisobga olmaslik bilan kompensatsiyalanadi.
Unda cho‘yanning tarkibini 94% FeO, 5% С, 1% Si deb qabul qilib, 1 t cho‘yanga tiklagich-gaz sarfini hisoblaymiz: 940:1,7= 1600m3/t.
Koreks sanoat qurilmasida 60 % Сnel, 30% uchuvchan moddalar va 10% kul tarkibli ko‘mirdan foydalaniladi. С3Н8 birikmasiga mos keluvchi uchuvchanlarni shartli qabul qilib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
С+1/2O2=СO; 22,4/12=1,87m3/kg;
С3Н8 +1,5O2=3СO+4Н2; (7∙22,4)/44= 3,6m3/kg;
0,6∙ 1,87+ 0,3∙ 3,6 = 2,2 m3/kg yoki m3/t.
1600m3olish uchun to‘liq bo‘lmagan yonish reaksiyasi bo‘yicha 1600/2200=0,728 t ko‘mirni yoqish lozim.
Cho‘yanni uglerodlash. Cho‘yanda 5% С bo‘lganda, 50 kg С/t yoki 50/0,6 kg ko‘mir/t zarur bo‘ladi.
Jami jarayonning kimyoviy ehtiyojiga kamida 728+83 = 811 kg ko‘mir/t zarur bo‘ladi.
Uchuvchanlar miqdorini kamaytirganda jarayonning kimyoviy ehtiyojiga ko‘mir sarfi oshib boradi. Masalan, ko‘mirning 85% С , 5% uchuvchanlar, 10% kul tarkibida tiklashga ko‘mir sarfi quyidagicha:
1 kg ko‘mirdan 1,87 ∙ 0,9 = 1,682 m3, yoki 1680 m3/t tiklagich-gaz olinadi;
tiklash jarayonlarini ta'minlash uchun ko‘mir sarfi 1600/1680=0,952t.
Tiklashga va uglerodlashga ko‘mirning umumiy sarfi 952+83=1035 kg/t tashkil etadi.
Jarayonning issiqlik talablarini qondirishga yoqilg‘i sarfi. Oddiy hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘mirning ko‘rsatilgan miqdori to‘liq talafotlarni hisobga olgan holda, jarayonning issiqlik ehtiyojlarini qondirishga etadi. Jarayonga kislorod sarfi 600-700=m3/t; elektroenergiya sarfi 230 kVt∙s/t.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling