1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar
§.Cho‘yan metallurgiyasi va temir metallurgiyasi jarayonlarining
Download 67.5 Kb.
|
umuka temir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 §. XXI asrda metallurgiya rivojlanishining yangi sharoitlari
2§.Cho‘yan metallurgiyasi va temir metallurgiyasi jarayonlarining
ayrim xususiyatlarini taqqoslash. Temir metallurgiyasi rivojlanishi sabablari Kambag’al temir rudalarini qayta ishlash imkoniyatlari Domnali jarayon temirning har qanday miqdorli temir rudalaridan konditsion cho‘yan olishni ta'minlaydi, bunda temir miqdori faqat jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta'sir etadi. Kambag’al rudalarni metallanish (bu maqsadda temir metallurgiyasini qo‘llash) faqat kritsali temirni va suyuq metallni olish uchun samaralidir. Kambag’al rudalardan qisman metallangan materiallarni va g‘ovak temirni olish samarasizdir. Kambag’al rudalardan qisman metallangan materiallarni olishda bo‘sh jinslarni qizdirishga issiqlikning katta miqdorini sarflash va temir oksidlarini tiklashda diffuziyali qiyinchiliklar sabab tiklagich sarfini oshirish lozim bo‘ladi. 2,5-3,0 % miqdorli bo‘sh jinslardan iborat rudalardan g‘ovak temir ishlab chiqarish elektrli po‘lat eritish pechlarida metall bilan qoplangan okatishni eritish jarayonida, shlak miqdorining keskin ko‘payishi sababli, elektroenergiya sarfining keskin darajada oshishiga olib keladi. 3§. XXI asrda metallurgiya rivojlanishining yangi sharoitlari XXI asrda metallurgiya jahon xo‘jaligi mavjudligining mutlaqo yangi tashqi sharoitlari bilan to‘qnashadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 1. Temir rudalari aralashmalardan toza bo‘lgan konlarning keskin qisqarishi va ayrim mintaqalar uchun to‘liq yo‘qolishi. Bizning hisoblarimizcha, Rossiya Federatsiyasida Kursk magnit anomaliyasining faqat ayrim uchastkalarida, asosan yo‘ldosh elementlardan xoli bo‘lgan temir rudalarining ayrim zahiralari saqlanib qoladi. “Toza ruda” tushunchasining o‘zi ham o‘zgaradi. XXI asrda elementlarning 0,001 % va undan ortiq miqdoriga e'tibor ham berib bo‘lmaydi. Shunday qilib, qazib olishga tushadigan temir rudalari kompleks rudalar sinfiga kiradi, faqatgina bitta element (temir) ajratib olishga asoslangan texnologiya esa XXI asrda mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun u yoki bu jarayonning istiqbolini xom ashyodan kompleks foydalanish imkoniyatlarini va komponentlarning qaytmaydigan talafotlari jarayonida joiz bo‘lgan miqdorlarni hisobga olib baholash lozim. 2. Energiyaning tiklab bo‘lmaydigan manbalari sarflanishiga qat'iy talab qo‘yish. Neft va tabiiy gazdan foydalanishdagi ustunlikni har doimgidek transport, kimyoviy va farmatsevtika sanoati, energetika va kommunal-maishiy xo‘jalik saqlab kelmoqda. Metallurgiya uchun yoqilg‘ining bu turlaridan foydalanish limitlari uzluksiz pasayadi, chunki neft va tabiiy gazning ko‘p sarflanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar eng istiqbolli bo‘ladi. 3.XX asrda xom ashyo va metallarning dunyo bozori butunlay shakllanib bo‘ldi. Bugungi kunda Rossiyaning ko‘pgina metallurgik korxonalari uchun xorij davlatlaridan keltiriladigan xom ashyo materiallari va yoqilg‘idan foydalanish ancha maqbul sanalmoqda. XXI asrda bu yo‘nalish o‘sib boradi. 4. Bo‘laklangan xom ashyo va qora metallar sifatiga talablar keskin oshadi. Bugunda Rossiyaga qaraganda xorijda mahsulotlarga bo‘lgan talablar barcha o‘lchamlar bo‘yicha ancha qat'iydir. Shuning uchun mahsulotning eng yuqori sifatini ta'minlovchi jarayonlar ustun turadi, - bu yangi hodisa Rossiyadagi soha uchun cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishdir. 5. Global retsikling dunyo xo‘jaligining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. O‘z ishlab chiqarishini “begona” sohalar chiqindilarini (energetikaning kul shlakli qoldiqlari, moyli metall kuyindisi, xromat sanoati va b.) qayta ishlash imkoniyatlari yo‘nalishiga o‘zgartirgan korxonalar sezilarli iqtisodiy afzalliklarga ega bo‘ladilar. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling